0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Sug'urta risklar transferi (transforniatsiya)ning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

2.2. Sug'urta risklar transferi (transforniatsiya)ning rivojlanish bosqichlari
Risklar transferi va transformatsiyasining tadrijiy rivojlanish bosqichlari tadqiqi 
shuni ko’rsatmoqdaki, tabiiy va texnogen risklardan ko'rilishi ehtimol bo'lgan 
zarar(lar)dan ommaviy tarzda himoyalanish birmuncha samarali bo'lganligi bois. 
insoniyat tomonidan an’anaviy tarzda keng foydalanilib kelingan.
Risklar transferi rivojlanishning ilk bosqichi antik davrdan o'rta asrlarga qadar 
bo'lgan davmi qamrab oldi. Risklar transferi muammosini hal etishning dastlabki 
usullaridan biri bu o'z-o'zini sug'urtalash hisoblangan. Bu jarayonda sug'urta 
hodisasi yuz berishi oqibatida ko'rilishi ehtimol bo'lgan zarami bartaraf etish 
xarajatlarini 
oldindan 
moliyalashtirish. har bir ishlab chiqaruvchi 
(xizmat 
ko'rsatuvchi, ish bajaruvchi) subyektining o"z z&xirasi evaziga amalga oshirilgan.
Xususan. eramizdan avvalgi 1792-1750 yillarda qadimgi Bobil davlatini 
boshqargan shoh Xamurappi davrida savdo karvoni a'zolari yo'lga chiqishdan avval 
ko'rilishi ehtimol bo'lgan zarami qoplash yuzasidan o'zaro kelishuvga ega 
bo'lishgan.7
Ushbu kelishuvga asosan savdo karvonidagi sheriklardan birining mol-ntulki 
yo'qolgan, o'g'irlangan yoki qaroqchilar tomonidan talangan bo'lsa, bu ko'rilgan 
zarar karvon a ’zolari tomonidan yopiq taqsimotga ko'ra. o'zaro qoplab berilgan.
Remaning halokatga uchrashi va dengizda yuz berishi ehtimol bo'lgan boshqa 
risklar oqibatida yetkazilgan zararlar savdogarlar o'rtasida o'zaro taqsimlash orqali 
qoplash yuzasidan kelishuv shartnomasi ilk bor qadimgi Yaqin Sharq davlati, hozirgi 
Suriya va Li van hududlarida joylashgan - Finikivada amalga oshirilgan.
Insoniyat tomonidan yaratilgan vositalar vordamida tabiiy ofatlar yuz berishi 
oqibatida ko'rilishi mumkin bo'lgan zarardan himovalanishning vagona usuli
ulaming oqibatlarini engillashtirish hisoblangan. O 'sha davming asosiy faoliyat 
jabhalari savdo va agrar soha hisoblanganligi bois. ulaming subyektlari o 'z (xususiy)
6 O 'zaro sug'urtalash m unosabatlarida faoliyat foyda olishga yo'naltirilm agan b o 'lib , asosiy m aqsad iamiyat 
a ’zolarining zararlarini kam aytinsh hisoblanadi.

HBaHOB M. TeopernnecKiie a c n e ia u CTpaxoBamw. // TKypHan “CrpaxoBoe peBio”, JVs 7, 2004, c. 20.
13


yoki qarz (kredit) mablag'lari evaziga faoliyat yuritishgan.8 Bu jarayonda ulaming 
faoliyatlari asosan tabiiv risklar ta’sirida kechgan. Shu bois. tabiiy ofatlar yuz berishi 
natijasida mol-mulkka vetkazilgan zararlami qoplash mexanizmi - risklar transfcri 
yuzaga kelgan.
Sug‘urta sohasida tadqiqotlami olib boruvchi iqtisodchi olimlarning ilmiy 
ishlanmalarda ikki xil talqin ko'zga tashlanadi: ularning ayrimlarida jamoaviy tarzda 
o'zaro vordam shakllari sug'urtalashning ma'lum shakli deb qayd ctilgan boisa, 
boshqalarida esa. sug'urta fondi tashkil etilmaganligi sababli bu munosabatlar 
sug‘urtalashning ilk shakli sifatida qaraladi. Keyinchalik pulli munosabatlaming 
rivojlanishi bilan sug'urta fondi asosan sug'urta mukofotlaridan shakllantirildi.
Sug'urta fondini shakllantirish sug'urta munosabatlarining o'ziga xos 
xususiyatlarini namoyon etadi. Mazkur fond shakllantirilishi manfaatdorlaming 
oldindan toiangan mukofotlari hisobidan emas, balki kelgusida yuz berishi ehtimol 
bo'lgan zararlami o'zaro taqsimlash orqali ulaming zimmasiga yuklatilgan 
majburiyat(lar) yuzasidan to'lov shaklida amalga oshirilgan. Subyektlaming 
faoliyatlari davomida ko'rishlari ehtimol bo'lgan zararlarini taqsimotga ko'ra qoplash 
yoki bartaraf etish tartibi sug'urtaning azaliy shakllaridan biri hisoblanadi.
X-XII asrlarga kelib, Yevropada savdoning jadal rivojlanishi savdogarlaming 
raqobat muhitida faoliyat olib borishlari va bu jarayonda o'zaro vordam ko'rsatish 
uchun gildiyalarga birlashishiga sabab bo'ldi. Shu o'rinda keltirib o'tish lozimki, 
gildiyalar va sug'urta funksiyalari o'zaro yaqin bo'lib, ularda tasodifiv hodisalar 
oqibatida ko'rilgan zararlami bartaraf etishda o'zaro yordam ko'rsatish nazarda 
tutilgan.
1310 yilga kelib Bryuggeda (Germaniya) turli savdo va hunamiandchilik 
gildiyalarining manfaatlarini himoya qiluvchi hamda sug'urta operatsiyalarini amalga 
oshiruvchi “Sug'urta palatasi” tashkil etildi.9 Birinchi sug'urta shartnomasi 1347 yilda 
Genuyada tuzilganligi qayd etilgan.10
Shunday qilib o'rta asrlarda G'arbiv Yevropada sug'urta tasodifiv hodisalar yuz 
berganda o'zaro yordam berish to'g'risidagi oddiy shartnomalardan to mol-mulk va 
shaxsiy sug'urta tarmoqlari qaror topguniga qadar rivojlandi. Buyuk geografik 
kashfivotlar davrida kemasozlikning jadal rivojlanishi va xalqaro savdo bozorlarining 
vujudga kelishi mulkiy manfaatlami himoyalashga bo'lgan talabni oshirdi.
Risklar transferi va transformatsiyasi jarayonida sug'urta munosabatlarining 
o'ziga xos xususiyatlari tadqiqi shuni ko'rsatmoqdak, qadimda dastlab sug'urtaning 
fondsiz shakli vujudga kelgan va rivojlangan (2.2-rasm).
8 CtrneB A.tO.HcropHji ynpaBaeraiH pHCKaMH./OKypHaa “ynpaB nerae 
phckemh
", N° 4, 2003, c.
9 BacaKOB 
M.H. 
«CTpaxoBaHne: 
100 
araajieHaaHOHHux 
otbctob
», tbaarejiBCKHii u eirrp
«M apr», 
Mocrasa, 
2003
10
Fyoapt O. Bo
3
HHKHOBenne 
h
3
Bo.nomis HHCTHTyia cTapxoBaHna.//)KypHaa «CTpaxoBoe fleao». H
3
aaTeabCTBo 
«A
hkhh
», 
8

2001
.c.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə