0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

1.2. Sug‘urtada risklarni boshqarish
Yuqorida bayon ctilgan risklaming nazariy-uslubiy asoslaridan kelib chiqib, 
shuni ta'kidlash lozimki, moliya risklarining hududlarga ko'ra. kengligi. davTiyligi. 
xilma-xilligi ajratiladi. Shuningdek. ulami oldini olish hamda qoplash sarf- 
xarajatlarining o‘sib borayotganligi ham sug'urtaning ahamiyatini yanada oshirib. 
unga bo‘lgan talabni orttiradi. Aynan shunday talabning mayjudligi sug'urta faolivati 
natijasi foydali bo'lishi va uning istiqboldagi rivoji uchun zaruriy shart-sharoitni 
yuzaga keltiradi.
Moliya risklarni sug'urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohivatidan kelib chiqib. quyidagi 
xulosalar chiqarildi:
- birinchidan, moliya sohasida sug'urta munosabatlar sug'urta fondini yaratish 
va undan foydalanish jarayoni ekanligi asoslandi:
- ikkinchidan. moliya sohasiga tegishli sug'urta faolivati va unga ilmiy-iqtisodiy 
adabiyotlarda berilgan vondashuvlar talqin etildi. Sug'urtaning funksiyalari majmuasi 
ishlab chiqildi:
- uchinchidan. moliya faoliyatini talab va taklif asosida sug'urta sohasi rivoj 
topishi, moliya risklaming sug'urta vuzasidan qaromi qabul qilish bosqichlari. 
sug'urta riski bo'yicha strategiyani tanlash kabi masalalar tadqiq etildi.
Mutaxassis ekspertlaming fikricha O'zbekiston sug'urta bozorining eng sust 
rivojlangan sohasi bu moliyaviy risklarni sug'urtalash bo'lib, uni tarkib jihatdan qayta 
ko'rib chiqishni taqozo etadi.
Bugungi kundagi mavjud sug'urtaga oid qonunchiliklarda moliyaviy risklarni 
aniq va to'la tasnifi berilmagan. shuning uchun huj jatlarda bu ta'rif olingan kreditlami 
qaytmasligidan tortib foyda ololntaslik tushunchalarini o'z ichiga olgan. Bu tushuncha 
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (52-bob) "Sug'urta” bobida ham 
mavjud entas. Fuqarolik kodeksi faqat "tadbirkorlik risklari” degan tushunchani o'z 
ichiga olib. biz uni to'laligicha "moliyaviy risk”ka mos holatlarda foydalana 
olmaymiz. Shuningdek bu tushuncha "Sug'urta faolivati to 'g ‘risida”gi O'zbekiston 
Respublikasi qonunida ham berilmagan. U faqat sug'urta nazorati bo'yicha Davlat 
inspeksiyasining sug'urta faoliyatining litsenziyalash bo'yicha ishlab chiqqan 
me'yoriy hujjatlarida aks ettirilgan xolos.
Moliyaviy resurslami himoya qilish mexanizmini qayta ishlash va rivojlantirish 
orqali, uni ustuvorliklarini aniqlab olish yo'li bilan iqtisodiyotni rivojlanishiga 
erishish mumkin. Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, investitsiyalami jalb qilishda 
iqtisodiyotni aynan xo'jalik yurituvchi subyektlami moliyaviy manfaatlari himoya 
qilingan sohasi doimo muhim vayyetakchi bo'lib qolmoqda.
Sug'urtani rivojlanishi iqtisodiyotning real sektoridagi investitsiya dasturini 
amalga oshirishning asosiy moliyaviy dastaklarini rivojlanishi bilan bevosita bog'liq, 
vani ulami mukammal harakati orqali sug'urta samarali rivojlanadi. Shuningdek 
O'zbekiston Respublikasi sug'urta kompanivalarini yiriklashuvi va rivojlanishi o'z 
navbatida moliya dastaklarini to'g'ri amal qilishini yo'lga soladi.
Moliya ishlab chiqarish guruhlari o'z tarkibida banklar, sug'urta kompaniyalari 
va boshqa ishlab chiqaruvchilami birlashtirib yirik kapital hosil qilishi mumkin. 
Moliyaviy risklar va investitsiyalami sug'urtasini rivojlanishi iqtisodiyotni real 
sektoriga mablag' yo'naltirishda kuchli ta'sir etuvchi vosita bo'lib xizmat qiladi.
9



Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə