1. bo'Lim. Psixologiyaga kirish 1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари reja


Nerv sistemasining tuzilishi, nerv to’qimasi, uning elementlari va



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/22
tarix07.10.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#126136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1-мавзу

Nerv sistemasining tuzilishi, nerv to’qimasi, uning elementlari va 
xossalari.
Nerv sistemasi nerv to’qimasidan iborat, bu to’qima esa nerv 
hujayralaridan tuzilgan.
Nerv hujayrasi protoplazmadan tuzilgan tana bo’lib, ikki turli 
o’simtalari bor, bu o’simtalarning bir xillari 
kalta, boshqa bir xillari uzun bo’ladi. Kalta 
o’simtalari sertarmoq bo’lib, 
dendrit
lar deb 
ataladi. Uzun o’simtalari 
akson
lar 
yoki 
neyrit
lar deb ataladi. Har bir hujayrada bu 
o’simtalar ikkitadan ortiq bo’lmaydi. 
Neyrit
ikkita parda bilan o’ralgan. Neyritga yopishib 
turadigan birinchi pardasi yoysimon parda 
bo’lib, uni et parda yoki 
mielin 
pardasi deb 
ataladi. Ikkinchi pardasini 
shvain
pardasi deyiladi. Bu pardalar toladan 
o’tuvchi nerv qo’zg’alishini ajratib turuvchi 
izolyasiya
dek bir vazifani 
o’taydi. Neyrit, odatda, 
nerv tolasi
deb ataladi. 
Nerv hujayrasi, uning o’simtalari va ularni qoplovchi pardalar 
birgalikda 
neyron
deb ataladi. Nerv sistemasi juda ko’p neyronlardan 
tuzilgan. Nerv tolalari miyadan tutam-tutam bo’lib chiqib nerv stvolini 
yoki, oddiy so’z bilan aytganda, nervni hosil qiladi.
Nerv hujayralari va mielinsiz tolalar to’plami miyaning kul rang 
moddasini, mielinli nerv tolalarining to’plami esa miyaning oq moddasini 
tashkil etadi. 


Hujayralar ularning yadrolari va tolalari sinapslar degani mahsus 
mayda tolachalar yordami bilan bevosita bog’lanadi (sinaps grekcha so’z 
bo’lib, «ilgak» degan ma’noni bildiradi). 
Nerv sistemasining mahsus xossalari bor, bu xossalardan asosiylari 
qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlikdir. Bu xossalar shundan iborat. 
Agar nerv tolasining joyiga tegilsa, issiq, sovuq, elektr toki, ximiyaviy 
moddalar va boshqa shu kabilar bilan ta’sir etilsa, yoki o’zgartirilsa, nerv 
tolasining qo’zg’atilgan joyida mahsus fiziologik jarayonlar ro’y beradi, 
buni qo’zg’alishdeyiladi. 
Agar nerv tolasi yetarli darajada qo’zg’atilsa, bu qo’zg’alish sodir 
bo’lgan joyidagina qolmay, balki nerv tolasi bo’ylab tarqaladi va bir nerv 
hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga o’tadi, nihoyat, qo’zg’atish kuchi 
muayyan darajaga yetganda qo’zg’alish butun nerv sistemasiga yoyilishi 
mumkin. 
Nerv to’qimasida qo’zg’alish jarayoni yuz berganda bir qancha 
hodisalar: elektr, ximik, issiqlik hodisalari paydo bo’ladi. Yonma-yon 
turgan bir nerv hujayrasining aksoni bilan ikkinchi nerv hujayrasining 
tutashadigan joyi sinapslar borligi tufayli, qo’zg’alish nerv tolalarida bir 
tomonga tarqaladi. Mielin pardasi borligidan, qo’zg’alish nerv tolasida 
ayrim-ayrim tarqaladi. Odamning nerv sistemasi hayvonot olamining 
uzoq, evolyusiyasi jarayonida va odamning tarixiy taraqqiyoti davomida 
vujudga kelgan. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə