1. bo'Lim. Psixologiyaga kirish 1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари reja



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/22
tarix07.10.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#126136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1-мавзу

Arastu (Aristotel
eramizdan oldingi IV 
asr 384-322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. 
Aristotelning 
"Jon haqida"
asari o’sha davrdayoq psixologiya maxsus 
fan sifatida maydonga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli 
psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan va hozirgi kunda 
psixologiya fani o’z mazmunini batamom o’zgartirgan. 
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh va jonli tananing 
ajralmasligini isbotlab berdi. Unga ko’ra, jon qismlarga bo’linmaydi, 
lekin u faoliyatimiz davomida oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, 


aql-idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo’lishi mumkin. 
Birinchi qobiliyatlar o’simlik uchun, ikkinchisi va uchinchisi 
hayvonlarga, to’rtinchisi esa insonlar uchun xosdir. O’simliklar, 
hayvonlar ruhi va aql idrok odam ruhi ta'limoti bilan Arastu oliy 
qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo’lishini bildiradigan rivojlanish 
tamoyilini joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni 
faqat o’zining xususiy faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan 
holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari 
surdi. 
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta'limotlari keyingi asrlarda 
psixologik g’oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo’lib hisoblanadi. 
Miya va psixika 
Psixika 
yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi 
bo’lib, u ob'ektiv olamni alohida bir tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada 
tashkil topgan materiya deganda biz miyani tushunamiz. Demak inson va 
hayvonlar psixikasining moddiy asosini markaziy nerv sistemasining eng 
yuksak qismi bo’lmish bosh miya tashkil etadi. Ammo insonlar miyasi 
hayvonlar miyasiga qaraganda qancha murakkabroq tuzilgan bo’ladi. 
Odam miyasi hajmi jihatidan ham katta. Agar maymun miyasining 
og’irligi 400-500 g bo’lsa, odam miyasining og’irligi o’rta hisobda 1400 
g dir.
Miya funksiyasi organizm hayotida shunchalik murakkabki, buni biz 
miya butun gavda og’irligining 2 foizini tashkil qilishidan va organizmga 
kiradigan kislorodning 18 foizidan ortiqrog’ini ishlashidan ham 
ko’rishimiz mumkin. Hayvon taraqqiyotining qanchalik yuqoriroq 
bosqichida tursa, uning tanasiga nisbatan miyasi shunchalik og’irroq 
bo’lib boraveradi.
Bosh miya orqa miya bilan markaziy nerv tuzilmasini tashkil qilib
odam organizmidagi barcha organlarning o’zaro faoliyati va bir-biri bilan 


bog’lanishini hamda uning tashqi muhit bilan bo’ladigan aloqasini 
ta'minlaydi. Psixik faoliyatlarning ko’pgina qismi bir necha qator bo’lib, 
joylashgan nihoyatda ko’p nerv hujayralaridan (15 milliarddan ko’p) 
tashkil topgan, kulrang modda qatlamidan iborat bo’lgan bosh miya katta 
yarim sharlari qobiq ining faoliyati bilan bog’liqdir.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə