1. bo'Lim. Psixologiyaga kirish 1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари reja



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/22
tarix07.10.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#126136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
1-мавзу

Chap yarim shar 
O'ng yarim shar 
1. 
Xronologik tarkib 
O'tayotgan vaqt 
2. 
Xarita va chizmalarni o'qish 
Aniq makon 


3. 
Nomlarni, izlarni belgilarni yodda 
saqlab qolish 
Tasavvurlar, aniq voqealarni yodda 
saqlab qolish 
4. 
Nutq faoliyati mohiyatini his etish 
Emosional holatni idrok etish 
5. 
Olamni xursandchilikda osoyishta 
ko’rish 
Olamni g'amgin holda ko'rish 
6. 
Batafsil idrok qilish 
Yaxlit idrok qilish 
Odamning har bir psixik jarayoni holati va xususiyati butun 
markaziy nerv tizimining faoliyati bilan bog’liqdir. 
Ong haqida tushuncha 
Ong
-psixikaning eng yuksak darajasi bo’lib u faqat insongagina 
xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib 
topishida til yordamida boshqa kishilar bilan doimiy munosabatda bo’lish 
natijasidir. Bu ma'noda ong mutafakkirlar ta'kidlab o’tganlaridek, ijtimoiy 
mahsulotdir.
Ongning birinchi xossasi
- bu anglash demakdir. Inson ongi tevarak 
atrofdagi tashqi olamga doir bilimlar yig’indisidan iboratdir. Anglash 
tashqi olamdagi narsalarni tushunish bo’lib, uning tarkibiga muhim bilish 
jarayonlari kiradi. 
Ongning ikkinchi xossasiga
binoan, ongda ob'ekt bilan sub'ekt 
o’rtasidagi aniq farq o’z ifodasini topadi, ya'ni odam "men" degan 
tushunchani "men emas" tushunchasidan farqini ajratadi. Odam o’zini 
bilish qobiliyatiga ega bo’lgan, ya'ni psixik faoliyatda o’z-o’zini tekshira 
oladigan yagona mavjudotdir. 
Ongning uchinchi xossasiga
asosan ong yordami bilan odamning 
maqsadni ko’zlash faoliyati ta'minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish 
ongning vazifasiga kiradi. Bunday faoliyat motivlari yuzaga keladi va 
chamalab ko’riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish 
yo’llari hisobga olinadi. 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə