1. bo'Lim. Psixologiyaga kirish 1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари reja



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/22
tarix07.10.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#126136
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
1-мавзу

Ongning to’rtinchi xossasiga
asosan turli munosabatlardan ongli 
ravishda turli his-tuyg’ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining 
yig’indisidir. 
Ong yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi tildir. Psixikaning eng 
quyi darajasi ongsizlikdir. 
Ongsizlik
- bu shunday psixik jarayonlar va 
hodisalar yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, 
anglamaydi. Bunga tush ko’rish, ba'zi patologik hodisalar, alaxlash, 
gallyusinasiya kabilar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, psixologiya 
hayot faoliyatining o’ziga xos shakli bo’lib, psixik rivojlanishning 
qonuniyat va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. Psixologiya fanining 
asosiy vazifasi psixik hodisalarni o’rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik 
hodisalar ma'lum qonuniyatlarga bo’ysunadi. Psixologiya shunday 
qonuniyatlarni mohiyatini ochishga, ularni tarkib topishi va 
rivojlanishini o’rganishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, 
ularni boshqarish, tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonini to’g’ri olib 
borishga yordam beradi. 
5. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni 
Psixologiya ko’plab fanlar bilan uzviy bog’liq holda rivojlanib 
bormoqda. Fanlar orasidagi bog’liqliklar psixologiyaning fanlar 
tizimidagi o’rnini belgilab beradi. Bizga ma'lumki, mavjud fanlar 
gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga bo’linadi. Bir qator bir-biri bilan 
yondosh bo’lgan fanlar mazkur tasniflashga kiritiladi, lekin psixologiya 
mustaqil fan sifatida namoyon bo’ladi. U inson ruhiy faoliyatining tabiiy, 
tarixiy va ijtimoiy tomonini o’rganadi. Psixologiya barcha turdagi fanlar 
orasida 
muhim 
o’rinni egallaydi. Psixologiya falsafa, tarix, 
san'atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog’liq. Shunga 
muvofiq psixologiyani fanlar orasidagi bog’liqligini tahlil qilsak. Ayniqsa 
psixologiya fanining fanlar tizimida tutgan o’rni xususida quyidagi 
jadvalda ma'lumotlar keltiriladi: 


Psixologiya 
falsafa
fani bilan chambarchas bog’langan. Bu bog’liqlik 
ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va 
rivojlantirish an'analarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib 
chiqadi.
Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy 
qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va 
shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi 
yutuqlar bilan falsafani boy ma'lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi. 
Shuni alohida ta'kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongni 
shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu 
ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. 
Bu bog’liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish 
muammosi ko’ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol qoyalarini 
yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb 
vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə