1. bo'Lim. Psixologiyaga kirish 1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари reja



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix07.10.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#126136
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
1-мавзу

Sosiologiya fani
ham yangicha munosabatlar sharoitida o’z 
taraqqiyotining muhim bosqichiga erishar ekan, psixologiya ushbu fan 
tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlardan foydalanadi hamda ularning 
qo’llanilishiga, ommalashishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, 
psixologiyadan mustaqil ravishda rivojlanib, ajralib chiqqan bugungi 
taraqqiyot 
davrimizda 
alohida 
ahamiyat 
kasb 
etgan 
ijtimoiy 
psixologiyaning sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda 
ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta'minlash ishiga xizmat qiladi. 
qolaversa, huquqiy-demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan 
amalga oshirayotgan O’zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va 
demokratik o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda 
ta'minlash bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr, insonlar fikr va 
qarashlaridagi o’zgarishlarni o’rganish, bashorat qilish va taraqqiyot 


mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fan metodologiyasi va metodlarini 
birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika
bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi 
an'anaviy va azaliy bo’lib, ularni yosh avlod tarbiyasining zamon talablari 
ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuziga xosdir. O’z-o’zidan 
ravshanki, bunday aloqa hamisha ham mavjud bo’lib kelgan va buni 
ilg’or psixologlar va pedagoglar tushuntirib berishga harakat qilishgan. 
Rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy pedagogika uchun o’z 
ahamiyatiga ko’ra psixologiya barcha fanlar ichida birinchi o’rinda 
turadi, deb ta'kidlagan edi. Kishini har jihatdan tarbiyalamoq uchun, - deb 
qayd etgan edi K.D.Ushinskiy, uni har jihatdan o’rganmoq darkor. 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi "Ta'lim to’g’risida"gi 
qonun hamda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ni amalga oshirilishi 
ham ikki fan hamkorligi va o’zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb 
qilib qo’ydi. Milliy dasturda e'tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni 
kamol toptirish, uni chuqur bilimlar sohibi bo’lib yetishishi, 
barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik 
texnologiyalarni ta'lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda 
pedagogikaning o’z uslub va qoidalari yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun 
ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta'lim olish 
davrlaridagi rivojlanish an'analaridan tortib, toki yangicha o’qitish 
texnologiyalarini bola tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy 
qobiliyatlarga nechog’li ta'sir ko’rsatayotganligini o’rganish, shu asosda 
ishni tashkil etish, psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan 
uyg’unlashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa, ma'naviy barkamollik 
tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta'lim muassasalarida joriy etish 
ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o’qitishning eng ilg’or va 
zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə