1-Лаборатория иши



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/65
tarix23.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#155355
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Umumiy geologiya (2)

Ekzogen konlar
Ekzogen konlarning hosil bo‘lish jarayonlari Yer qobig‘ 
ining 
tashqi sferalari (atmosfera, gidrosfera, biosfera) bilan o‘zaro ta'siri 
natijasida hosil bo‘lgan konlar ekzogen (grekcha - ekzo - tashqi) konlar 
deb 
ataladi. 
Bunday 
konlar 
tog‘ 
jinslarining 
nurashi, 
nurash 
mahsulotlarining tarqalishi va yotqizilishi natijasida hosil bo‘ladi.
Ekzogen konlar: nurash, cho‘kindi. Quyosh nuri, havo, suv va tirik 
mavjudotning aktiv ishtirokida yer qobig‘ining ustki qismidagi tub jinslar
77


doim o‘zgarib, yemirilib turadi. Bu protsess nurash deb ataladi. Temir, 
marganets, boksit, nikel' rudalari hosil bo‘ladi.
Metamorfogen konlar
Metamorfogen konlarning hosil bo‘lishi. Ruda va tog‘ jinslarining 
termadinamik sharoitning keskin o‘zgarishi natijasida erish, nurash va 
sedimentatsiya protsesslaridan mustasno ravishda o‘z ko‘rinishini 
o‘zgartirishi metamorfizm deb ataladi. Metamorfizmning asosiy agentlari 
yuqori temperaturada, katta bosim, hamda eritma va flyuidlarning xilma -
xilligidir. Birlamchi konlarning yuqori temperatura va bosim oqibatida 
yangi konlar hosil bo‘ladi. Mana bunga metamorfiklashgan konlar 
deyiladi, ohaktosh marmarga aylanadi.
Minerallar va mineralogik tadqiqotlarning sanoatdagi ahamiyati
Sanoatning bironta ham sohasi yo‘qki, unda biron foydali qazilma bevosita 
xom holicha yoki qaytadan ishlangan mahsulot sifatida qo‘llanilmasin. 
Inson uchun temir rudalarini qazib, undan metallurgiya yo‘li bilan 
tayyorlangan turli navli cho‘yan va po‘latning muhim ahamiyatga ega 
ekanligi hammaga ma'lum. Temir-sanoatning asosiy asbob tomiridir. U 
metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, temir yo‘l, ko‘priklar, temir- 
beton inshootlari, kon asbob-uskunalari, keng iste'mol mollari va h.k. 
uchun asosdir. O‘z navbatida, faqat birgina temir metallurgiyasining o‘ zi 
qazib chiqarilayotgan qattiq mineral yoq ilg'ining -koksga aylantiriladigan 
toshko‘mirning 40% ga yaqinini talab qiladi. Sanoat taraqqiyotida suyuq 
mineral yoq ilg'i-neft va uning ishlangan mahsulotlari ham nihoyatda katta 
rol o‘ynaydi. Yonuvchi gazlarning ahamiyati ham kundan-kunga ortib 
bormoqda.
Rangli metallurgiya, elektr sanoati, kemasozlik, samolyotsozlik, 
mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoq larining rivojlanishida rangli 
metallar deb ataluvchi-mis, ruh, qo‘rg‘oshin, alyuminiy, nikel, kobalt 
rudalaridan ajratib olinadigan metallar muhim rol o‘ynaydi. Nodir 
metallar: volfram, molibden, shuningdek, titan, kobalt va boshqalar juda 
katta mudofaa ahamiyatiga egadir.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mineral o‘g‘itlar-kaliy minerallari 
(kaliy tuzlari), fosforli minerallar (apatit, fosforit), azotli minerallar 
(selitra) va boshqalardan keng foydalanishga bog‘liqdir. Kimyo sanoati 
ko‘p jihatdan mineral ashyolarga asoslanib ishlaydi. Masalan, sulfat kislota 
oltingugurtga boy kolchedandan (pirit) olinadi; juda ko‘p minerallar sof 
tug‘ma oltingugurt, selitra, plavik shpatlari va bor, kaliy, natriy, magniy, 
simob va boshqa elementlarning minerallari kimyoviy preparatlar
78


tayyorlashda ishlatiladi; rezina sanoatda-oltingugurt, talk, barit, kislotalar 
bilan o‘ta chidamli mahsulotlari ishlab chiqarishda-asbest, kvars, grafit va 
boshqalar; bo‘yoqchilik bilan emal va glazurlar (sir) tayyorlashda-galenit, 
sfalerit, barit va titan, mis, temir, margimush, simob, kobalt, bor 
minerallari, kriolit, ortoklaz sirkon; yozuv qog‘ozi ishlab chiqarishda-talk, 
kaolin, oltingugurt, achchiqtosh, magnezit va h.k. ishlatiladi.
Toshtuz bilan osh tuz inson ovqatning zarur tarkibiy qismidir. Bir 
qancha minerallar va ulardan qayta ishlab olingan mahsulotlar (mirabilit- 
glauber tuz; mineral suvlar-narzan, borjom va boshqalar, vismut, bariy, 
bor, yod tuzlari) dori darmon sifatida ishlatiladi. Mineral buloq lar 
(vodorod sulfidli karbon kislotali, temirli, sho‘r va boshqa buloq lar) va 
tabiiy balchiqlardan ham davolash maqsadlarida foydalaniladi. Medisina 
va sanoatning ayrim tarmoq larida, radioaktiv minerallardan olinadigan 
radioaktiv moddalar yoki kimyoviy elementlarning sun'iy yo‘l bilan 
olingan bir qancha izotoplari qo‘llaniladi.
Inson hayotida bezak toshlar ham katta rol o‘ynaydi. Ko‘pincha 
bezak va badiiy buyumlar ishlanadigan qimmatbaho toshlardan boshqa 
juda ko‘p rangdor toshlar ham bor, ular devorlarni bezash uchun 
ishlatiladi. Mamlakatimizdagi eng yaxshi inshootlar pushti rangli rodonit, 
rang-barang yashma, marmar, kvarsit bilan bezatiladi. Kvars, island shpati, 
slyuda, turmalin, fluoritlardan optik asboblar ishlanadi. Agat, korund, 
sirkon va boshqa qattiq minerallardan soatlar va boshqa aniq mexanizmlar 
uchun podshipniklar tayyorlanadi. Olmos korund, granat, kvarslar abraziv 
material sifatida buyumlarni yedirish va ularga ishlov berishda ishlatiladi. 
yumshoq 
va yog‘langandek unnaydigan minerallar (talk, grafit) 
to‘ldiruvchilar sifatida mexanizmlarning yediriluvchi qismlarini moylash 
uchun ishlatiladigan moylarga aralashtirib ishlatiladi.
Keyingi vaqtlarda urandan redaktor-qozonlarda olinadigan juda katta 
yadro ichki energiyasini ajratib olish masalasining hal etilishi bilan bog‘liq 
ravishda undan sanoatda tinchlik maqsadlarida foydalanish uchun juda 
qulay sharoit yaratildi. Nihoyat, hozirgi paytda shu jarayonlar davomida 
gigant energiya hosil qiluvchi og‘ir vodorod (deyteriy bilan tritiy) hisobiga 
geliy hosil bo‘lishiga olib keladigan, termoyadro reaksiyalaridan (shu 
maqsadda litiydan ham foydalanib) juda katta energiya olish kutilmoqda.
Minerallarning va ulardan qayta ishlash yo‘li bilan olinadigan 
mahsulotlarning 
ishlatilishi 
haqida yuqorida keltirilgan 
qisqacha 
ma’lumotlarga mineral xomashyolarning xalq xo‘jaligida qanchalik 
muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rinib turibdi.
79


Mineralogiyani 
bilish 
qidiruv ishlarini olib borishda muhim 
ahamiyatga ega. Shu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun avvalo, 
minerallarni batafsil aniqlay olish, ularning tabiatda topilish sharoitlarini
bir-biri bilan birga bo‘lish qonuniyatlarini bilish zarur. Shunday voqealar 
ham bo‘lganki, qidiruvchilar u yoki bu minerallarni to‘g‘ri aniqlay 
olmaganliklari tufayli sanoat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
konlarni topa olmasdan o‘tib ketganlar. Yer yuziga chiqib turgan konlarni 
qidirishda ruda konlarining oksidlanish zonasining mineralogiyasi 
xossalarini bilish va shularga qarab yer osti suvlari sathidan pastda yotgan 
birlamchi rudalar tarkibini aniqlashni o‘rganish ham muhim.
Bundan tashqari, minerallarning bir qator xususiyatlari (magnit 
tortuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi, solishtirma og‘irligi va boshqalar) 
foydali qazilma konlarni qidirish va razvedka qilishning geofizika 
usullarini (magnitometrik, elektrorazvedka, gravimetrik va boshqalar) 
ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega.
Qazib olinayotgan rudalarning sifat-xususiyatlarini o‘rganish kon 
geologlarining asosiy vazifalaridan biridir. Mineralogiyani bilmasdan 
turib, bu vazifani ham hal etib bo‘lmaydi. Kon geologi har kuni yangidan- 
yangi qazilgan joy devorlari bo‘ylab rudasi bor jinslar holatini kuzatar 
ekan, rudalar mineralogik tarkibning fazoviy o‘zgarishlari qonuniyatlarini 
boshqa birovdan ko‘ra yaxshiroq biladi. Bu esa qazib chiqarish ishlarini 
boshqarishda ham juda muhim ahamiyatga ega.
Qazib chiqarilgan rudalar ko‘p hollarda eritishdan avval yoki 
texnologik jihatdan ishlamasdan avval maxsus tarkiblarda mexanik yo‘l 
bilan boyitiladi, ya'ni bo‘sh jinslardan yoki rudalar har hil tarkibli 
konsentratlarga bo‘linadi. Rudalarni avval maydalab va yanchib boyitish 
maxsus joylarda, shu bilan birga ularning har hil xususiyatlarini: 
solishtirma og‘irligi, magnit tortuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi, 
plotatsiyalovchi reagentlarga munosabati 
va boshqa xususiyatlarini 
hisobga olgan holda olib boriladi.
Rudalarni tashkil etuvchi mineral donalarini katta-kichikligi bilan 
ularning bir-biri bilan yopishib o‘sish xarakteri ham katta ahamiyatga ega. 
Mana shu masalalarni hal qilishda foydali qazilmalarni boyitish ilmiy 
tekshirish 
institutlarining 
mineragrafiya 
laboratoriyalarida 
olib 
borilayotgan maxsus mineralogik tekshirishlar katta rol o‘ynaydi. Biroq 
mineralogik tekshirish usullarini birga har qaysi geolog rudalarning 
mineralogik tarkibi bilan tuzilishini maqsadga muvofiq ravishda tekshirib 
borar ekan, boyitish paytida qaysi rudalarning qanday holatda va qayerda 
bo‘lishi haqida to‘g‘ri xulosalar chiqara olishi va boyitishning qaysi
80


usulida qanday komponentlari qancha miqdorda yo‘qoladi va uning nima 
sababdan ekanligini oldindan aytishi mumkin.
Shunday qilib, foydali qazilma konlarini mineralogik tekshirish, 
ularni qidirish va razvedka qilish ishlaridagina emas, balki sanoatning 
konlarni qazib chiqarish va rudalarni ishlash bo‘yicha tarmoqlarida ham 
juda muhim ahamiyatga egadir.
81



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə