1-Лаборатория иши



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/65
tarix23.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#155355
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Umumiy geologiya (2)

9 - AMALIY MASHG‘ULOT
FOYDALI QAZILMA KONLARI
Maqsad: 
Foydali qazilma konlarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida 
qisqacha ma'lumot berish.
Foydali qazilma konlari bir biriga o‘xshash fizik-ximik belgilari va 
xosil bo‘lish yo‘llariga qarab tafsiflanadi:
Fizik va ximik xususiyati bo‘yicha. Kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligi 
xom ashyolari; osh tuzi, kaliy tuzi, fosforit, apatit, oltingugurt, barit, 
flyuorit va boshqalar.Qurilish materiallari va ularning xom ashyolari: 
magmatik va metomorfik tog‘ 
jinslari, ohaktosh, mergel, gips, qum,
qumtosh, shag‘al, loytuproq va boshqalar. Abraziv materiallar va 
ularning xom ashyolari: olmos, korund,granat, boksit. Izolyatsion 
materiallar: asbest, slyuda, marmar, island shpati. Keramik, olovga va 
kislotaga chidamli materiallar va ularning xom ashyolari: tuproq kaolin, 
dala shpati, kvarts va boshqalar. Qimmat baho va rangli toshlar: olmos, 
rubin, zumrat, feruza, topaz, lal, nefrit, malaxit va boshqalar. Bo‘yoqlar: 
ta lk , barit, kaolin, grafit, ohak, loytuproq.
Geologiya foydali qazilmalar asosan genetik klasifikatsiya asosida 
o‘rganiladi; seriyalar-endogen, ekzogen va metomorfogen: bularning xar- 
biri bir nechta guruxlardan iborat.
Endogen konlar.
Endogen konlar: magmatik, pegmatit, skarn, karbonatit, gidrotermal'.
Bu konlar yer bag‘ 
rida sodir bo‘ladigan geologik jarayonlar 
mahsuli bo‘lib, magma deb ataluvchi suyuq xamirsimon moddaning 
shakllanishi differentsiyalanishi bilan bog‘ 
liq. Bu jarayonlar oqibatida 
hosil bo‘lgan o‘ta asosiy, asosiy va ishqoriy qotishmalardan hosil bo‘lgan 
konlar magmatik konlar deyiladi. 
Magmatik konlar 8000-15000 
haroratda, yuzlab atmosfera bosimi ostida sezilarli chuqurlikda shakllanib 
yuqorida qayt qilingan tog‘ 
jinslari orasida joylashadi. Bu tipdagi 
konlarda titan, platina, olmos, xrom, mis, nikel', vanadiy, siyrak yer 
elementlari, grafit kabi foydali qazilma konlari hosil bo‘ladi. Magmatik 
jarayonning oxirgi etaplarida uchuvchi komponentlarga boy bo‘lgan 
qoldiq qotishmalarining shakllanishidan hosil bo‘ladigan birikmalar 
pegmatit deb yuritiladi. Pegmatitlar yuqori temperaturalarda 700o-900oS, 
bir-necha ming atmosfera bosim ostida va sezilarli chuqurlikda (2-7 km) 
bo‘lib o‘tadigan magmatik jarayonning mahsulidir. Konlarda nodir
76


metallar - berilliy, litiy, niobiy, tantal', sirkoniy, qalay, siyrak elementlar -
rubidiy, seziy, qimmatbaho xom-ashyolar muskovit, dala shpati, kvarts, 
korundlarning zapasi hosil bo‘ladi.
Skarn konlar: Pnevmatolit suyuqliklarni tarkibi har xil bo‘lgan 
karbonat (ohaktosh) va silikat (granit) jinslari bilan bo‘lgan munosabatlari 
(reaktsiyalari) natijasida skarn konlari hosil bo‘ladi. Rudali minerallardan 
vol'framit, sheelit, molibdenit, xal kopirit, magnetit, gematit, galenit, 
sfaleritlar hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari skarnlar bilan oltin, vismut, 
platina rudalari bo‘lishi mumkin.
Karbonatitlar. O‘ta asosiy-ishqoriy sostavli murakkab intruziyalar 
bilan fazoviy va genetik bog‘langan, kal'tsit, dolomit kabi karbonatlarning 
endogen to‘plami karbonatitlar deb ataladi.
Ularda niobiy, tantal, sirkoniy kabi nodir metallar, siyrak yer 
elementlari, temir, titan, fosfor, flogopit, vermikulitlarining yirik zapaslari 
to‘plangan. Keyingi yilarda esa karbonatitli konlarda uran, toriy, mis, 
molibden, flyuorit, asbestlarining yirik to‘plamlari aniqlangan. Ba’zan 
karbonatitlar ohak olish uchun ham ishlatiladi.
“Gidrotermal” tushunchasi ikki grekcha so‘zdan (gidro- suv; termos -
harorat; temperatura) olingan bo‘lib, “Issiq suv” ma'nosiga ega bo‘lishiga 
qaramay, geologiyada issiq ximiyaviy eritmalar” tushunchasini beradi. 
(400oS - geologiyada qabul qilingan kritik temperatura) 400oS 
chegarasidan o ‘tayotganlarida, gaz holatlarini yo‘qotib eritma xolatiga 
o‘tadi va o‘z harakatlarini davom ettiradi. Ana shunday suyuqliklarni 
gidrotermal eritmalar deyiladi. Gidrotermal konlar eng ko‘p tarqalgan. 
Ulardan hozirgi vaqtda qora va legirlovchi - temir, marganets, kobal t, 
nikel', vol'fram, molibden, rangli - mis, galenit, sfalerit, qalay, mish'yak, 
vismut, simob, sur'ma, asl - oltin, kumush, radioaktiv - uran, siyrak 
elementlar - selen, tellur, ruda emas foydali qazilmalar - flyuorit, barit, 
optik kvarts, magnezit, asbest qazib olinmoqda.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə