1-Лаборатория иши



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/65
tarix23.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#155355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Umumiy geologiya (2)

1-AMALIY M ASH G ‘ULOT
JINS YARATUVCHI MINERALLAR
JINS YARATUVCHI M INERALLARNING FIZIK
XUSUSIYATLARI.
Маqsаd: 
Mavzu b o ‘yicha umumiy tushuncha berish, jins hosil 
qiluvchi minerallarning 
kimyoviy tarkibi, 
yaltiroqligi, tiniqliligi, 
solishtirma o g ‘irligi, 
magnitlik xususiyati va tashqi k o ‘rinishi bilan 
tanishish, bilimlarni kengaytirish, mustahkamlash va k o ‘nikmalarni 
chuqurlashtirish.
Nazariy asoslar:
Kimyoviy elementlar yer p o ‘stida sof holatda deyarlik uchramaydi, 
ular doimiy tarkibga ega b o ‘lgan kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Tarkibi 
va tuzilishi bir xil bo‘lgan, yer p o ‘sti 
ichkarisida va yuzasida sodir 
b o ‘ladigan turli-tuman jarayonlar natijasida hosil b o ‘lgan kimyoviy 
birikmalar hosil qiladi.
Yer qobig‘ining ichida va uning sirtida b o ‘lib turadigan xima-xil 
fizik-kimyoviy va termodinamik jarayonlar natijasida vujudga kelgan 
tabiiy kimyoviy birikmalar yoki sof tu g ‘ma elementlar 
minerallar 
deb 
yuritiladi.
M inerallar sun'iy yol bilan ham olinishi mumkin. Yer po ‘stining 
turli qismlarida m a ’lu m fizik-kimyoviy sharoitlarda-bosim, harorat va 
turli miqdordagi eritmalar ta'sirida va ishtirokida hosil b o ‘lgan minerallar
faqat shu sharoit uchun o ‘zgarmas va barqaror hisoblanadi. K o ‘pgina 
hollarda sharoit o ‘zgarishi bilan ular o ‘zgaradi yoki yangi sharoitga xos 
b o ‘lgan yangi mineral birikmalarini hosil qiladi.
M inerallar yakka kimyoviy elementdan (oltingugurt, olmos, grafit, 
sof, tugma, mis) yoki qator elementlarning (kvars, slyuda, ortoklaz) 
kimyoviy birikmalaridan tashkil topishi mumkin.
Hozirgi vaqtda 5000 dona mineralning nomi m a ’lu m . Ulardan 
taxminan 2500 tasi mustaqil minerallar hisoblanadi, qolganlari esa 
ularning boshqa ko‘rinishlariga yoki sun'iy usul bilan olingan kimyoviy 
birikmalarga kiradi. Bu minerallarning k o ‘pgina qismi yer p o ‘stida 
kamdan-kam uchraydi va faqat 50ga yaqini keng tarqalgan va to g ‘ 
jinslarini hosil qiluvchi minerallar hisoblanadi. 
Tabiatdagi minerallar, 
asosan qattiq holatda uchraydi, lekin simob, suv va neft kabi suyuq 
minerallar ham bor. Gazsimon minerallardan esa karbonat angidridi, 
vodorod sulfidi, sulfid angidrid gazi va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish 
mumkin.
2


Qattiq minerallarning aksariyat k o ‘pchiligi kristall holatida, ozgina 
qismi esa am orf holatda uchraydi. Kristall va am orf holatlarining farqi 
shundan iboratki, kristallik minerallardagi ionlar shu jism uchun ma'lum 
aniq bir tartibda joylashadi va struktura panjarasini hosil qiladi. A m orf 
minerallarda esa ionlarning joylashishida qonuniy tartib b o ‘lmaydi. 
Kristallik va am orf jism larning ichki tuzilishidagi bunday farq ularning 
fizik xossalariga (issiqlik o ‘tkazuvchanligi, ulanishi, qattiqligi va 
boshqalarga) ta'sir o ‘tkazadi. Shuning uchun ularni anizotrop minerallar 
deyiladi. A m orf 
minerallarda esa ularning fizik xossalari hamma 
y o ‘nalishlar b o ‘yicha bir xil b o ‘ladi. Bu minerallar izotrop deyiladi.
M inerallar uch, to ‘rt, olti qirrali prizmalar yoki piramidalar, 
boshqalari kublar, oktaedrlar ko‘rinishiga ega b o ‘ladi. Kristallning 
chegaralanish yuzasi uning yonlari, yonlar kesishgan chiziqni uning 
qirrasi, qirralar kesishgan nuqtani uning uchi (cho‘qqisi) deyiladi.
Minerallarning muhim fizik xossalarini aniqlashda kimyoviy, termik 
va boshqa analizlar natijalaridan foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi:
M orfologik xossalari - kristalli shakllari, ularning tabiiy o ‘simtalari, 
agregatlarining tuzilishi, konkretsiyalar, jeodalar, oolitlar.
Optik xossalari - mineral b o ‘lagining rangi, izining rangi, tiniqligi, 
yaltiroqligi.
M exanik xossalari - mineralning qattiqligi (Moos shkalasi), ulanish 
tekisligi, sinishi va m o‘rtligi.
Kimyoviy xossalari - xlorid kislota bilan o ‘zaro reaksiyasi, erishi, 
mazasi va hidi.
Boshqa xossalari - solishtirma og‘irligi va magnitlik xususiyati.
Kimyoviy tarkibi va kristall strukturasiga bog‘liq ravishda, bunday 
xususiyatlar har xil minerallarda turlicha namoyon b o ‘ladi. Har qanday 
mineral o ‘ziga xos biron bir aloxida xususiyati bilan xarakterlanadiki, ana 
shu xususiyatga qarab uni doimo boshqa minerallardan ajratib olish 
mumkin. Quyida biz muhim diagnostik ahamiyatga ega b o ‘lgan 
xususiyatlar, minerallarning qiyofasi, shaffofligi, rangi, chizig‘ining rangi 
(kukunining rangi), yaltiroqligi, ulanish tekisligi, sinishi, qattiqligi, 
pachoqlanuvchanligi, qayishqoqligi, solishtirma og‘irligi, magnit tortishi, 
radiofaolligi va boshqa xususiyatlari to ‘grisida to ‘xtalib o ‘tamiz.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə