1-Лаборатория иши


M inerallarning shaffofligi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/65
tarix23.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#155355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Umumiy geologiya (2)

M inerallarning shaffofligi. 
Moddalarning o ‘zidan nur o ‘tkazish 
qobiliyati ularning shaffofligi deb ataladi. Bu xususiyatga qarab tabiatdagi 
minerallar quyidagi turlarga b o ‘linadi:
1. Shaffof minerallar - tog‘ 
xrustali, island shpati, topaz va boshqalar . 
2 .Yarim shaffof - zumrad, sfalerit, kinovar va boshqa minerallar.
3. Shaffof b o ‘lmagan minerallar - pirit, magnetit, grafit va boshqalar .
M inerallarning rangi. 
Tabiiy birikmalarning rangi kelib chiqishiga 
qarab uch xil b o ‘ladi:
1. Idioxromatik (doimiy)
2. Alloxromatik (o‘zgaruvchan)
3. Psevdoxromatik (qalbaki).
4


K o‘pgina minerallarning nomi uning rangiga qarab berilgan. 
Masalan: xlorit (grekcha xloros - yashil), rubin (lotincha "ruber" - qizil ), 
rodonit (grekcha "rodon" - pushti), gematit ( grekcha, gematikos -qondek), 
albit (lotincha "albus" - oq). K o‘pgina minerallar tabiiy holatida doimiy 
rangga ega b o ‘ladilar. Buning sababi shundaki, bunday minerallarning 
tarkibida rang beruvchi kimyoviy elementlar doimo mavjud. Bunday rang 
beruvchi kimyoviy elementlarga (xromoforlarga) Ti, V, Mn, Co, Ni 
b a’zan W, Mo, N, Cu elementlari kiradi. Masalan: mineral tarkibidagi 
xrom unga quyuq rang - qizil (pirop, rubin), och-yashil (uvarovit, zumrad, 
fuksit) binafsha rang (rodoxrom) beradi. Minerallarning o ‘ziga xos rangi 
idioxromatik rang deb yuritiladi.
Doimiy rangli minerallarga magnetit (FeFe
2
O4) doimo qora rang
pirit (FeS2) jezsim on sariq rang, kinovar' (HgS) to ‘q qizil rang, malaxit 
yashil rang, azurit k o ‘k rangli minerallar kiradi.
Lazurit minerali
Alloxrom atik 
(o‘zgaruvchan) 
Bulardan tashkari aksariyat bir 
mineral bir necha rangda ham uchrashi mumkin. Masalan, odatda rangsiz
k o ‘pincha butunlay shaffof kristallar sifatida topiladigan kvars (tog‘ 
xrustali), k o ‘rkam binafsha rangli (ametist), pushti, sarg‘ish qo‘n g ‘ir 
(temir oksidlari b o ‘lgani uchun), tilla rang ( sitrin), kulrang yoki tutun 
rang (rauxtopaz), to ‘q qora (morion), nixoyat sutdek oq ham b o ‘lishi 
mumkin. Xuddi shunga o ‘xshash osh tuzi galit - oq, kulrang, qo‘n g ‘ir, 
pushti va b a’zan k o ‘k rangli b o ‘lishi mumkin. Minerallarning bunday
5


xilma-xil rangliligi, tarkibidagi mayin zarrachalar b o ‘lib tarqalgan 
mexanik aralashmalar biror rangga 
b o ‘yalgan xromoforlar (rang 
beruvchilar) bilan bog‘liq. Bu rang beruvchi moddalar ham anorganik va 
organik moddalardan iborat b o ‘lishi mumkin. Ular oz miqdorda 
b o ‘lganda ham rangsiz minerallarni to ‘q rangga b o ‘yash uchun kifoya 
qiladi. Minerallarning rangi faqat xromofor moddalarning miqdorigagina 
bog‘liq b o ‘lmay, balki ularning disperslik (maydalanganlik) darajasiga 
ham bog‘liqdir.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə