1-Лаборатория иши


M inerallarning solishtirma og‘irligi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/65
tarix23.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#155355
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
Umumiy geologiya (2)

M inerallarning solishtirma og‘irligi 
(zichligi). 
Minerallarning 
solishtirma og‘irligi asosan quyidagicha ikki usul bilan: 1. Mineral siqib 
chiqargan suyuqlikning hajmini o ‘lchash usuli, ya'ni mineral namunasi 
og ‘irligi 
bilan o ‘sha mineral siqib chiqargan suv hajmini o ‘lchash usuli 
bilan.
2. 
Suvga tushirilgan mineralning y o ‘qotgan og ‘irligini 
aniqlash y o ‘li 
bilan (mineral namunasining mutlaq og ‘irligini, o ‘sha mineralning suvga 
tushirilishi 
bilan 
y o ‘qotgan 
og ‘irligiga 
b o ‘linadi) 
aniqlanadi. 
Minerallarning solishtirma og‘irligi 
minerallarni aniqlashda katta 
ahamiyatga ega b o ‘lgan o ‘lchamdir. Minerallarning solishtirma og‘irligi
1 dan kichik qiymatdan (tabiiy gazlar, suyuq bitum) 2-3 oralig‘ida 
o ‘zgaradi. M endeleyev davriy jadvalida joylashgan yengil metallarning 
tabiiy oksidlari va tuzlarining solishtirma og ‘irligi 1 dan 3,5 gachadir.
M ineralning solishtirma og‘irligi 
gidrostatik tarozida va boshqa 
asboblar yordam ida aniqlanadi. Uni amalda tezgina taxminan aniqlash 
uchun mineral qo‘lda salmoqlab k o ‘riladi va solishtirma og‘irligi 
jihatidan yengil (2,5 gacha), o ‘rtacha (4 gacha) va og‘ir 
(4 dan yuqori) 
ekanligi topiladi.
Minerallarning magnitlik xususiyati. 
M agnitlik xususiyatiga 
ega b o ‘lgan minerallar soni ju d a oz. Paramagnitlik xususiyati kuchsiz 
b o ‘lgan minerallarni (masalan - pirrotin) magnit o ‘ziga osonlikcha tortadi. 
Jumladan, faqat magnitdan iborat minerallar ham bor, ya'ni ular 
ferromagnitli b o ‘lib temir qirindilari, mix va boshqa temir buyumlarni 
o ‘ziga tortadi. Masalan: magnetit, nikelli temir, ferroplatinaning ba'zi 
turlari ana shunday xususiyatga ega. Shuningdek, magnitdan qochuvchi 
(sof-tug‘ma vismut) diamagnit minerallar ham bor. M ineralning magnitlik
9


xususiyati erkin aylanadigan magnit strelkasi yordamida tekshiriladi. 
Agar magnitli xususiyat kuchli b o ‘lsa, bu mineral srtelka tepasida 
aylantirilganda, magnit srtelkasi ham shu mineral ketidan aylanadi.
M agnit strelkasi yordamida bilib b o ‘lmaydigan kuchsiz magnitlik 
xususiyatiga ega b o ‘lgan minerallarning soni ancha k o ‘p.
M inerallarning 
boshqa 
xususiyatlariga 
radiofaolligi, 
xlorid 
kislotasining ta ’siridagi 
reaksiyasi, (qaynash), ta'mi, hidi kiradi. Bu 
xususiyatlar ham minerallarni aniqlashda diagnostik belgi sifatida 
o ‘rganuvchiga yordam beradi.
1. Qanday kimyoviy elementlar yer qobig‘ida keng tarqalgan?
2. Minerallarning qattiqligi deb nimaga aytiladi?
3. Mineralning yaltiroqligi deganda nimani tushunasiz?
4. Minerallarning yaltiroqligi necha turga b o ‘linadi?
5. M etalldek yaltiramaydigan minerallarga misollar keltiring
6
.Minerallarning solishtirma og‘irligi qanday qiymatlarda o ‘zgaradi?
7. Minerallarning rangi necha turga b o ‘linadi?
8
. Mineral chizig‘ining rangi deganda nimani tushunasiz?

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə