1-Лаборатория иши


M inerallarning yaltiroqligi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/65
tarix23.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#155355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Umumiy geologiya (2)

M inerallarning yaltiroqligi. 
M inerallardagi bu xususiyat uning 
yuzasiga tushgan nurning qaytarilishi bilan bog‘liq. Yaltirashning 
kuchliligi, ya'ni qaytgan nur miqdori shu nurning kristallangan muhitga 
o ‘tish paytidagi tezligi yoki sindirish k o ‘rsatkichi orasidagi farq qanchalik 
keskin b o ‘lsa, shunchalik ortiq b o ‘ladi. M inerallar yaltiroqliklariga qarab 
ikki guruhga b o ‘linadilar. Birinchi guruhga metallsimon va metallga 
o ‘xshab yaltiraydigan minerallar. Metallsimon yaltirash yangi singan 
metall yuzasining yaltirashini eslatadi. (pirit, galenit). M etallga o ‘xshab 
yaltirash metallning singan yuzasini xiralashib yaltirashini eslatadi (grafit). 
Ikkinchi guruhga nometall yaltiroqligiga ega bo‘lgan minerallar kiradi. 
Nometall yaltiroqlikning olmosdek yaltirash (olmos), sadafdek (slyuda) 
shishadek yaltirash (kalsit,galit), ipaksimon yaltirash (asbest), xira yoki 
yaltiramaydigan (kremen,limonit) va boshqa turlari b o ‘ladi.
M inerallning ulanish tekisligi va sinish yuzalari. 
Minerall 
kristallarining, ular sindirilganda ma'lum y o ‘nalish b o ‘yicha ajralib hosil 
qilgan tekis, yaltiroq yuzalariga ulanish tekisligi deb aytiladi. Bu xususiyat 
faqat kristallik minerallar uchun xos b o ‘lib uning faqat ichki tuzilishi bilan 
bog‘liq. Bunday xususiyat faqat shu mineralning o ‘zigagina xos 
b o ‘lganligi uchun muhim diagnostik belgi b o ‘lib xizmat qiladi. Masalan: 
ortoklaz singanda to ‘g ‘ri burchakli ulanish tekisligi hosil qiladi.
Ulanish tekisligining qay darajada namoyon b o ‘lishini k o ‘rsatish 
uchun besh darajali shkala qabul qilingan.
1. Ulanish tekisligi o‘ta mukammal 
(slyuda, xlorit) kristallar yupqa 
varaqachalarga ajralish qobiliyatiga ega. Ulanish tekisligidan boshqa 
y o ‘nalish b o ‘yicha sindirish juda qiyin.
2. Ulanish tekisligi mukammal 
(kalsit, galenit, galit). Bunday 
minerallar 3sindirilganda, ular ulanish tekisligi bo‘yicha ajralib, 
k o ‘rinishi birlamchi kristallni eslatuvchi b o ‘laklar hosil qiladi. 
Masalan: galenit sindirilganda mayda, kalsitni maydalaganda to ‘g ‘ri 
romboedrlar hosil b o ‘ladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə