1-Лаборатория иши


Kontakt metamorfizm jinslari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/65
tarix23.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#155355
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Umumiy geologiya (2)

Kontakt metamorfizm jinslari 
ikki turga bo‘linadi: 1. Kontakt termal 
(soviyotgan Intruziv harorati ta'siri natijasida atrofdagi jinslarning 
o‘zgarishi); 2. Kontakt metasomatik. Kontakt termal metamorfizm 
jinslariga rogovik kiradi. Rogoviklarda quyidagi fatsiyalar uchraydi: 1. 
Kvars-albit rogovikli. 2. Amfibol rogovikli. 3. Piroksen rogovikli. 4. 
Sanidinitli.
Kvars-albit rogovik fatsiyasi. Rogoviklar zich jins bo‘lib, ko‘pincha 
chig‘ 
anoq simon sinadi, rangi har xil. Gil jinslari hisobiga hosil 
bo‘lgan rogoviklar kvars, albit, seritsit, biotit, kordierit, andalo‘zit, kamroq 
epidotdan tashkil topgan. Asos, o‘rta magmatik va ularning tufogen jinslari 
va mergellar hisobiga hosil bo‘lgan rogoviklar qora, yashil-kulrang bo‘lib, 
mayda donali albit-epidot-aktinolitdan tashkil topgan. Vulqon shishasi 
to‘liq mayda cheshuykali xlorit va slyudali minerallar bilan almashinadi.
Amfibol rogovik fatsiyasi. Bu fatsiyada barqaror minerallar oddiy 
rogovaya obmanka, o‘rta va asos plagioklaz va kamroq piroksendan 
iborat. Gilli jinslar qora, zich rogoviklarga aylanadi. Ularning tarkibida 
kvars, dala shpatlari, slyuda, andalo‘zit yoki kordierit uchraydi. Ohakli- 
silikatli rogoviklar (skarnoidlar) dolomit, kalsit, forsterit, kvarsdan tashkil 
topgan. Asos magmatik tog‘jinslari hisobiga hosil bo‘lgan rogoviklar 
amfibolli jinslarni tashkil qiladi. Ularning tarkibida rogovaya obmanka va 
plagioklaz uchraydi.
Piroksen rogovik fatsiyasi. Bu fatsiya jinslari kontaktga yaqin joyda 
rivojlanadi. Ular yuqori haroratli minerallardan tashkil topgan: piroksen, 
sillimonit, vollastonit, forsterit.
Sanidinit fatsiyasi magmatik jinsni ekzoqontaktida rivojlanadi.
Kontakt termal metamorfizm jinslariga yana marmar, kvarsit va 
boshqalar kiradi.
Marmarlar karbonat jinslari hisobiga hosil bo‘ladi. Ular o‘rta-yirik 
donali bo‘lib, rangi har xildir.
Kontakt metasomatik jinslar - skarnlar. Bu jinslar ko‘pincha 
nordon jinslar bilan 
ohaktoshlarni va dolomitlarni chegarasida 
postmagmatik eritmalarni va gazlarni ta'sirida hosil bo‘lgan jinsni skarn 
deyiladi. Ular karbonatlar va granitlardan mineral tarkibi bilan keskin farq 
qiladi. Skarnlarda piroksen, granat, epidot, amfibollar, vezuvian, skapolit, 
olivin guruhiga kiruvchi minerallar, flagopit va boshqa minerallar 
uchraydi. Skarnlarda magnetit, sheelit, kassiterit, molibdenit, arsenopirit 
va boshqa ma'danli minerallar uchraydi. Ularning kristallanish darajasi va 
rangi har xildir. Stukturasi ko‘proq granoblastli bo‘ladi.
73


Avtometasomatizm 
va 
gidrotermal 
metasomatizm 
jinslari. 
Avtometasomatik jinslar soviyotgan Intruziv jinsga, o‘sha magmatik 
o‘choqdan ajralib chiqayotgan eritma va gazlarni ta'sirida hosil bo‘lgan 
jinslardir. Avtometasomatizm jarayonida hosil bo‘lgan jinslar birlamchi 
jinslardan mineral tarkibi bilan keskin farq qiladi. Ular ichida keng 
tarqalgan jinslar quyidagilardir: greyzen, serpentinit, ikkilamchi kvarslar
propilitlar, berezitlar, listvenitlar va boshqalar.
Greyzenlar - metasomatozning mahsuli (eritmalar, gazlar, parlar) 
ko‘proq granit jinslar hisobiga bo‘ladi. Jins oq , kulrang, asosan kvars, 
muskovitdan tashkil topgan bo‘lib, kamroq 
turmalin, flyuorit, litiyli 
slyuda, topaz, apatit va boshqa minerallardan tashkil topgan. Ma'danli 
minerallardan kassiterit, volframit, vismutin, sulfidlar va boshqa minerallar 
uchrashi mumkin. Uning strukturasi granoblastli, lepidoblastli, teksturasi 
massiv. Greyzendan bo‘r, qalay, volfram, molibdenit, berill, vismutin va 
boshqa ma’danlar olinadi.
Serpentinitlar o‘ta asos magmatik jinslardan ajralib chiqayotgan 
eritmalar ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. Tog‘jinsi yashil, och-yashil rangli
mayda donali, tolasimon va petlyasimon strukturali. Uning tarkibida 
xrizotil, bastit, antigorit hamda xrizotil-asbestlar uchraydi. Qoldiq 
minerallardan olivin, piroksen va boshqalar uchraydi.
Serpentinit asbest olish manbaidir. U bilan xromit, titano-magnetit, 
kobalt, platina va boshqalar bog‘ 
langan.
Nazorat savollari:
1. Kontakt metamorfizm sabablari va fatsiyalarini ta'riflab bering.
2. Kontakt metamorfizmning qanday turlari bor?
3. Kontakt metamorfizmga misollar keltiring.
4. Kontakt metasomatizm jinsi - skarnni ta'riflab bering.
5. Avtometasomatizm jinslarini ta'riflab bering.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə