1-Лаборатория иши


Kataklastik metamorfizm jinslari. Ultrametamorfizm zonasining



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/65
tarix23.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#155355
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Umumiy geologiya (2)

Kataklastik metamorfizm jinslari. Ultrametamorfizm zonasining
jinslari va granitizatsiya
Kataklastik metamorfizm bir tomonlama bosim va past harorat ta'sirida 
sodir bo‘ladi. Tektonik jarayonlar ta'sirida jinslar maydalanadi va 
uqalanadi. Bu metamorfizm mahsulotlariga kataklazirlangan jinslar, 
kataklazit, milonit va tektonik brekchiyalar kiradi.
K ataklazirlangan jinslar. Bu jinslarda birlamchi struktura saqlanib 
qoladi. Jinsda mo‘rt minerallar (kvars, dala shpatlari) maydalanadi, plastik 
minerallar (slyudalar) eziladi. Kvars to‘lqinsimon va mozaikali so‘nadi.
74


Kataklazirlangan jinslar tarkibi bo‘yicha granitga, gabbro va boshqa 
jinslarga to‘g‘ri kelishi mumkin. Jins strukturasi- kataklastik.
Kataklazitlar. 
U oldingi jinsdan ko‘proq maydalanganligi bilan farq 
qiladi. Kataklazitlarda ko‘proq 
porfiroqlastik va blastosementli 
strukturalar uchraydi. Qoldiq minerallarga qarab 
birlamchi jinslarni 
aniqlash mumkin. Kukunlangan minerallar hisobiga xlorit, seritsit va 
boshqa minerallar rivojlanishi mumkin.
Milonitlar juda mayda kukunlangan jinsdir. Tog‘jinsi mayin va 
changsimon materiallardan tashkil topgan bo‘lib, uning orasida birlamchi 
minerallar qoldiqlari saqlanib qoladi. Kukunlangan materiallar hisobiga 
xlorit, seritsit va boshqa minerallar rivojlanadi.
Tektonik brekchiya burmachanlik hududlarida va tektonik yoriqlar 
atrofida rivojlanadi. 
Tog‘jinsi har xil 
katta-kichiklikdagi 
qirrali 
bo‘laklardan tashkil topgan bo‘lib, mayda zarrachalar bilan sementlanadi.
Ultrametamorfizm zonasining jinslari va granitizatsiya. Burmachanlik 
hududlarida birlamchi jinslar 8-10 km. dan ko‘proq chuqurlikka tushib 
qolsa va harorat oshsa eriydi. Birinchi galda yengil eriydigan (650-700° 
C) komponentlar - kvars, dala shpatlari eriydi (selektiv erish- anateksis).
Yana ham chuqurroqqa tushganda va harorat 800-9000C ga yetganda 
jinslar to‘liq eriydi (palingenez). 
Substrat boshlang‘ich jinslarini 
(gneys, metamorfik jinslar) qisman erishi natijasida migmatitlar hosil 
bo‘ladi, unda substart (boshlang‘ich) jinslari kvars, dala shpatli agregatlar 
bilan ket-ket keladi.
Ineksion gneyslar migmatitlarning turidir. Magmatik eritmaning 
substrat qatlamlar orasida va qatlamni kesuvchi tomirlarda kristallanishi 
natijasida hosil bo‘ladi. Tomir jinslari sekin-asta boshlang‘ ich jinsga o‘tib 
boradi. Bu inyeksion 
gneyslarning metasomatik usul bilan hosil 
bo‘lganligini bildiradi. Ular granitizatsiya jarayonining mahsulidir. 
Granitizatsiya bu granitlarning har qanday boshlang‘ich jinslar hisobiga 
hosil bo‘lish jarayonidir. D.S. Korjinskiy fikricha granitlarning metamorfik 
jinslar hisobiga hosil bo‘lishi, ulardan magmatik eritmalar o‘tishi bilan 
bog‘liq. Granitizatsiya jarayonida ishqor va kremnezyomlar olib kelinadi, 
magniy va temir substratdan olib chiqiladi.
Nazorat savollari:
1. Kataklastik metamorfizm qanday ro‘y beradi?
2. Kataklastik metamorfizm jinslariga misollar keltiring.
3. Ultrametamorfizm va granitizatsiya jarayonini tushuntirib bering.
4. Inyeksion gneyslar qanday hosil bo‘ladi?
75



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə