1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə20/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Massaning saqlanish qonuniga ko‘ra resirkulatsiya zonasiga kirib kelgan va ma’lum vaqt davomida undan chiqarib tashlangan zararli moddalar o‘rtasidagi tafovut shu vaqt mobaynida resirku­ latsiya zonasidagi zararli moddalar miqdori o‘zgarishiga teng bo‘ladi, ya’ni
GP Gy = ΔG,
bunda GP – ma’lum vaqt oralig‘ida resirkulatsiya zonasiga kirib kelgan zararli moddalar miqdori; Gy – shu vaqt oralig‘ida resirku­ latsiya zonasidan chiqarib tashlangan zararli moddalar miqdori; ΔG – shu vaqt oralig‘ida resirkulatsiya zonasidagi zararli moddalar miqdorining o‘zgarishi.

7.6- rasm. Karyerni resirkulatsion – to‘g‘ri oqim sxemada shamollatish.
0 D


7.7- rasm. Karyerni to‘g‘ri oqim – resirkulatsion sxemada shamollatish.

Karyerning amaldagi geometrik shakllarining ayrim hollarida karyer maydonining bir qismi to‘g‘ri oqimli, ikkinchi qismi esa re­ sirkulatsion oqimli sxemalarda, ya’ni har ikkala sxemaning kom­ binatsiyasi yordamida shamollatilishi mumkin. Masalan, shamol yo‘nalishi bo‘yicha karyer o‘lchamlari katta bo‘lsa, karyerni resir­ kulatsion – to‘g‘ri oqimli sxemalar kombinatsiyasi bilan shamol­ latish amalga oshiriladi (7.6­ rasm). Bu sxemada I tip oqimining pastki chegarasi karyer tubini qandaydir B nuqtasida kesib o‘tadi. Nuqtaning o‘ng tomoni (BCD uchastkasi) to‘g‘ri oqimli sxema­ da shamollatiladi. Karyerning AB kesimidan chap tomoni resir­ kulatsion sxemada shamollatiladi.


Karyerning shamolga teskari borti burchagi o‘zgaruvchan bo‘l­ sa, karyer maydoni to‘g‘ri – resirkulatsion oqimli sxemalar kom­ binatsiyasida shamollatiladi (7.7­ rasm).
Yer yuzidagi shamol tezligi 2 m/s ga teng bo‘lganda termik kuchlar karyerni shamollatishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Sha­ molning tezligi kichik bo‘lib, karyerdagi harorat gradiyenti o‘zgarishi natijasida havoning konvektiv yoki inversion harakat­
lanishi tufayli karyerni shamollatishning konvektiv yoki inversion sxemalari hosil bo‘ladi.
Yer yuzidagi shamol oqimi kichik bo‘lib, karyer bortlari qizi­ gan bo‘lsa, shamollatishning konvektiv sxemasi vujudga keladi. Qizigan karyer bortlari ular ustidagi havoni isitishi natijasida isigan havo karyer tubidan yuqoriga ko‘tariladi, uning o‘rniga yuqoridagi sovuq havo massasi kirib keladi.
Karyer bortlarining umumiy qizishi butun karyer bo‘ylab havoning harakatlanishiga sabab bo‘ladi. Shamol tezligi 0,7–0,8 m/s gacha bo‘lganda konvektiv sxema shamollana boshlaydi. Bu esa yer yuzida shamol oqimi hosil qiladigan, miqdori taxminan 0,4 J/m3 teng bo‘lgan solishtirma energiyaga mos keladi. Shamol oqimi energiyasi tezligi pasayib borgani sari karyerdagi havoning konvektiv harakatlanishi kuchayib boradi. Karyer ichi bo‘shlig‘ining barcha nuqtalari bir tekis isiganda nuqtalardagi havo haroratining o‘zgarishi ham bir xil bo‘ladi. Shamol energiyasi kamayganda oqimning turbulentlik darajasi ham kamayadi, oqibatda karyerda havo almashuvi ham sustlashadi. Natijada issiqlik manbalariga (karyer yuzasiga) yaqin turgan havo qatlamlari ulardan uzoqda turgan havo qatlamlariga nisbatan kuchliroq (ko‘proq) qiziygi. Bu esa karyer atmosferasining vertikal bo‘yicha qizishi 100 m da 1° dan ko‘proq bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan issiqlik almashishi qonuniga to‘liq mos keladi. Vertikal o‘q yo‘nalishidagi issiqlik oqimi q quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.

dr
q CP Aq dt ,
bunda CP – bosim o‘zgarmas bo‘lganda havo sig‘imdorligi; Aq – turbulent issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti; t – havo harorati. Ifodaga ko‘ra q = const bo‘lsa, shamol oqimi energiyasi ko‘payishi hisobiga Aq o‘sishi harorat gradiyenti dt/dr ning kamayishiga olib keladi.
Karyerni konvektiv sxemada shamollatishda (7.8­ rasm) issiq havo massasi vertikal bo‘yicha ko‘tarilmasdan pastga tushayotgan sovuq havoning ezishi tufayli pog‘ona bo‘ylab harakatlanadi. Nati­ jada karyerdan ko‘tarilayotgan issiq havo hajmi balandlik bo‘yicha




Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə