1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja


MAVZU KARYERLARNI SHAMOL ENERGIYASI BILAN SHAMOLLATISH



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə18/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

11 MAVZU KARYERLARNI SHAMOL ENERGIYASI BILAN SHAMOLLATISH


Karyerlarda havoning harakatlanishi shamol energiyasi, termik kuchlar energiyasi, statik bosim o‘zgarishi va ayrim texnologik omillar ta’sirida vujudga kelishi mumkin.
Karyerlarda tabiiy havo almashishi yil davomida tinch, shamol­ siz (sokin–shtil) kunlar kam bo‘ladi (10–15 %) va ta’sirchan sha­ mol oqimi mavjudligi tufayli sodir bo‘ladi. Shamolning yillik o‘rtacha tezligi 3–4 m/s ga teng. Shamollatish samaradorligi karyer chuqurligi, bortlarining qiyalik burchagi, texnologik omillar va shamolning yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lib, karyerni shamol yordamida shamollatish quyidagi sxemalarda amalga oshiriladi.
To‘g‘ri oqim sxemasi. Bu sxema bort qiyaligi 15° dan kichik bo‘lgan karyerlarni shamollatishda qo‘llanadi. Bu sxemada karyer yer yuzidagi shamol oqimi to‘g‘ridan to‘g‘ri karyer pog‘onalariga (kichik turbuzatsiyalangan holda) oqib keladi. To‘g‘ri oqim sxemasi samaradorligi resirkulatsion sxemaga nisbatan 2–3 marta katta.
Resirkulatsion sxema. Bu sxema bort qiyalik burchagi 15° dan katta bo‘lgan karyerlarni shamollatishda qo‘llanadi (7.1­ rasm). Bu sxemada to‘g‘ri chiziqli shamol oqimlari karyer atmosferasining yuqori qatlamlarida bo‘ladi, pastki qatlamlarda esa teskari yo‘na­ lishli yoki resirkulatsion oqimlar pog‘onalar usti bo‘ylab harakat­ lanadi.
Pog‘onalarda resirkulatsion oqimlar ta’sirida havoning turbulent harakati hosil bo‘ladi. Bu sxemada karyerdan gazni chiqarib tash­ lash jarayoni to‘g‘ri oqimli sxemadagiga nisbatan sezilarli darajada sekinlashadi. Chunki atmosfera yuqori qatlamlaridagi resirkulat­ siya zonalaridan chiqib keladigan shamol oqimi tezligi gazlarning chiqib ketish yo‘liga teskari ta’sir ko‘rsatadi.

7.1- rasm. Shamol energiyasi yordamida karyerni shamollatishning resirku­ latsiyalanishi: 1 – kavjoyda havo oqimining resirkulatsiyalanishi; 2 – shamolla­ tilmaydigan zona.
Ko‘pchilik karyerlarning bort qiyalik burchagi 15° dan katta bo‘lishi tufayli chuqur karyerlar tubida shamollatish mumkin bo‘l­ magan zonalar hosil bo‘ladi. Bunday zonalarning hajmi karyer hajmining 50 % ini tashkil qilishi mumkin.
Karyerlarni tabiiy tortish kuchi hisobiga shamollatishda quyida­ gi sxemalardan foydalaniladi.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə