1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə19/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Konveksion sxema. Havo harakatining bu sxemasi asosan kun­ duz kunlarida sodir bo‘ladi. Bunda karyer ichidagi havo tashqa­ ridagi havoga nisbatan tezroq isishi natijasida karyer bortlari bo‘y­ lab yuqoriga, ya’ni sovuq havo massasiga ko‘tariladi va havo alma­ shishini ta’minlaydi.
Inversion sxema. Bu sxemadan kechasi foydalaniladi, chunki kechasi karyer tashqarisidagi havo karyer ichidagi havoga nisbatan tezroq soviydi va bortlar bo‘ylab karyer ichiga oqib tushishi natija­ sida u yerdagi ishlatilgan issiq havoni karyerdan siqib chiqaradi (7.2­ rasm).

7.2- rasm. Tabiiy tortish hisobiga karyerni shamollatishning inversion sxemasi.


1/3 H

H
7.3- rasm. Karyerning ishlamaydigan bortida MSHVning joylashishi: 1 – ventilator; 2 – erkin struya.
Issiq havo karyer o‘rtasidan yuqoriga ko‘tarilishi tufayli havo harorati oshib boradi va havo inversiyasini hosil qiladi. Inversiya rejimida shamollatilganda karyer tubida yuqoridan oqib tushgan havo tarkibidagi gazlar to‘planib qolishi mumkin.
Agar karyerda tabiiy havo almashishi yetarli bo‘lmasa, u holda ish joylarini sun’iy shamollatish uchun ventilatorlardan foydalani­ ladi. Mahalliy shamollatuvchi ventilatorlar (MSHV) kuchli bosim­ ga ega bo‘lishi kerak. Havoni kavjoyga uzatish erkin oqimlar orqali amalga oshiriladi (7.3­ rasm).
Bu usulda shamollatish samaradorligi havoni haydash usuliga nisbatan 10–12 marta, havoni so‘rish usuliga nisbatan 20–25 marta yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, karyer havosining ko‘p ko‘rinishli harakatlanish qonunlari va ushbu harakatlanishlarni shakllanti­ ruvchi tabiiy kuchlar bir necha asosiy sxemalarda, ya’ni karyerni shamollatish sxemalarida namoyon bo‘ladi.


Karyerlarni shamol energiyasi yordamida shamollatishda to‘rt­ ta asosiy shamollatish sxemalaridan foydalanish mumkin: to‘g‘ri oqimli, resirkulatsion, konveksion va inversion shamollatish sxema­ lari. Bulardan birinchisi va ikkinchisi shamol energiyasi hisobiga, uchinchi va to‘rtinchisi esa termik kuchlar energiyasi hisobiga shakllanadi.
Shamolning energiyasi (tezligi) yuqori bo‘lganda to‘g‘ri yoki resirkulatsion oqimli karyerni shamollatish sxemalarining hosil bo‘lishi, asosan, karyerning geometriyasi (bortlarning qiyalik bur­ chagi)ga bog‘liq bo‘ladi.
Yer yuzidagi shamol tezligi 0,8–1,0 m/s dan katta bo‘lib, karyerning shamolga teskari borti qiyaligi α1 ≤ 15° bo‘lsa, karyerni shamollatishning to‘g‘ri oqimli sxemasi hosil bo‘ladi. Bu sxemada havo oqimi yer yuzidagi aa tekisligi bo‘ylab harakatlanib, O nuqta­ siga yetib keladi (7.4­ rasm) va karyer tubi yo‘nalishida kengayadi. Natijada havo harakati tezligi pasayishi hisobiga karyer tepasida OAO' «qalpog‘i » hosil bo‘ladi.
To‘g‘ri oqimli shamollatish sxemasida karyerda zararli moddalar to‘planib qoladigan, katta o‘lchamga ega bo‘lgan harakatsiz zonalar hosil bo‘lmaydi. Zararli moddalarni chiqarib tashlashda karyer­ ni to‘g‘ri oqimli shamollatish sxemasida shamollatish samarador­ ligi boshqa sxemalarga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Bu sxemada zararli moddalar faqat ularni chiqaruvchi manbalar oldidagi atmo­ sferani ifloslantirishi mumkin. Manbalar hududida atmosferaning umumiy ifloslanishi sodir bo‘lmaydi. Karyer borti qiyalik burchagi qancha kichik bo‘lsa, zararli moddalarni karyerdan chiqarib tash­ lash sharoitlari ham shuncha yaxshi bo‘ladi, chunki qiyalik burcha­ gining oshishi bilan havo oqimining kengayish darajasi ko‘payib, havo tezligi kamayadi.
Biroq ushbu shamollatish sxemasida karyerning shamol yo‘nali­ shiga teskari va unga to‘g‘ri bortlarni shamollatish bir xil bo‘lmaydi. To‘g‘ri oqimli shamollatish sxemasida karyerning shamolga teskari borti doimo yer yuzidan kirib keladigan toza havo bilan shamollatiladi, shamolga to‘g‘ri borti esa shamolga teskari bort va
karyer tubini yuvib o‘tgan havo bilan shamollatiladi.

a a

7.4- rasm. Shamol oqimining karyer tepasida kengayish sxemasi.
5— 65

H

hf
A

7.5- rasm. Karyerda havoning resirkulatsion harakatlanish sxemasi.

Shamol tezligi 0,8–1,0 m/s dan ko‘p, karyer shamolga teskari bortining qiyalik burchagi α1 > 15° bo‘lganda resirkulatsion shamol­ latish sxemasi hosil bo‘ladi (7.5­ rasm).


Karyerni resirkulatsion oqim sxemasida shamollatilganda havo tarkibidagi zararli moddalar doimiy massa yadrosi orqali karyer­ dan chiqarib tashalanadi. Bu yadroga zararli moddalar, uning boshlang‘ich uchastkasi O2OP1 zonasidan (7.5­ rasmga qarang) kirib keladi. Havo va zararli moddalar aralashmasiga kirib kelgan doimiy massa yadrosi O2P1B chegarasidan pastga resirkulatsiyasi harakatda bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə