1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə21/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

7.8- rasm. Konvektiv sxemada shamollatishda karyer havosining harakatlanishi.

ko‘payib boradi. Katta quvvatga ega bo‘lgan konvektiv oqimlar karyerning pog‘onalarida kuzatiladi.


Karyer bortlari bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilayotgan havo massasi ko‘payadigan bo‘lsa, uning tezligi ham balandlik bo‘yicha oshib boradi. Karyer bortining ustki qirrasida havo harakatining tezligi maksimal bo‘lishi kuzatiladi. Karyer chuqurligi 100–200 m bo‘l­ ganda konvektiv havo oqimi tezligi 1,5 m/s gacha yetishi mumkin.
Konvektiv havo oqimining gorizontal yo‘nalishidagi tezligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:


U  0, 55 K1
m/s,

bunda K1– pog‘onalar ta’siri ostida oqim sekinlashishini hisobga olish koeffitsiyenti; g – erkin tushish tezlanishi, m/s2; β karyer borti qiyalik burchagi, gradus; h – konvektiv oqim tezligi aniqlanadigan yuza chuqurligi, m; tn – bu h chuqurlikdagi karyer borti qiyalik yuzasining harorati, gradus; tB – yer yuzidagi havo harorati, gradus; Δt amaldagi harorat gradiyenti, gradus/m.


Karyerlarda konvektiv havo oqimi vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri uning bortlarini quyosh radiatsiyasi ta’sirida faqat quyoshli kunlarda qizishidir. Bunda karyerning shimoliy borti janubiy bortga nisbatan ko‘proq qiziydi. Natijada shimoliy bort bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilayotgan havo massasi hajmi va uning harakatlanish tezligi ham janubiy bort bo‘ylab harakatlanayotgan konvektiv oqimga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ladi.
Agar karyerda yong‘inlar, bortlarning ekzogen qizishlari kabi boshqa issiqlik manbalari mavjud bo‘lsa, u holda havoning kon­ vektiv harakati sutka davomida sodir bo‘ladi.

Konvektiv sxemada karyerni shamollatishda havo harakatining aerodinamik rejimi turg‘un bo‘lmaydi. Havo harakati tezligi kichik bo‘lganda rejim laminar, katta bo‘lganda esa oqimda kamgina turbulentlik hosil bo‘ladi.
Zararli moddalarni karyerdan chiqarib tashlashni uning bortlari bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilayotgan havo oqimi amalga oshiradi. Bunda oqim yer yuziga yaqinlashib borgan sari uning tarkibidagi zararli moddalar ham ko‘payib boradi. Chunki karyer yuqori po­ g‘onalarida olib borilayotgan kon qazish ishlari havo tarkibiga qo‘shimcha zararli moddalar kiritadi.
Konvektiv sxemada shamollatilganda karyer atmosferasini if­ loslantirishga asosan ichki manbalar ta’siri kuchli bo‘ladi (burg‘i­ lash ishlari, ekskavatorlar ishi, transport harakati va h. k.). Bu manbalarda zararli moddalar konsentratsiyasi shamolga teskari bortga, ayniqsa, havo harakati tezligi kichik bo‘lganda yuqori bo‘ladi. Karyer atmosferasi ifloslanishiga tashqi manbalar ta’sir ko‘rsatmaydi.
Karyer bortlarining sovishi va yer yuzidagi shamol oqimi ener­ giyasining kichik bo‘lishi natijasida karyerda inversion havo oqimi sxemasi hosil bo‘ladi.
Bunday sxema hosil bo‘lishi uchun yer yuzidagi shamol tezligi 0,7–0,8 m/s dan oshmasligi kerak. Chunki shamol oqimining ana shu tezligida uning solishtirma kinetik energiyasi 0,4 J/m3 dan ko‘proq bo‘ladi.
Shamol oqimi energiyasining ko‘payishi atmosferaning termo­ dinamik holatiga ta’sir etadi. Karyerda havoning turbulent alma­ shuvi ko‘payib, havoni sovituvchi manbalar hosil bo‘ladi.
Natijada harorat gradiyenti adiabatik gradiyentga yaqinlashadi. Shunday qilib, karyerda sovuq va ancha og‘ir havo massasining yuqoridan pastga harakatlanishi uchun sharoit yaratiladi. Karyerda havoning inversion harakati faqat uning bortlari havoni sovitishi tufayli emas, ayrim hollarda, karyer ustidan sovuq havo oqib o‘tishi ta’sirida ham hosil bo‘lishi mumkin.
Bunda sovuq havo karyerga bevosita yer yuzidan kirib keladi. Karyer bortlariga yaqin turgan havo qatlamlari tezroq sovib, og‘ir­



Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə