1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja


MAVZU : KARYERLARNI MURAKKAB VA SUN`IY SHAMOLLATISH



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə23/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

12 MAVZU : KARYERLARNI MURAKKAB VA SUN`IY SHAMOLLATISH


Karyerdagi havo almashishi ish joylaridagi atmosferaning sani­ tar­gigiyenik holatini ta’minlashga yetarli bo‘lmaganda karyerni sun’iy shamollatishga ehtiyoj tug‘iladi.
Karyerdagi zararli moddalar quyidagi sharoitlarda yig‘iladi:

  • yer yuzidagi shamol energiyasining kamayshi;

  • adiabatik gradiyentdan kam bo‘lgan vertikal harorat gradiyenti hosil bo‘lishi;

  • karyer atmosferasiga zararli moddalar ajralib chiqishi inten­ sivligining oshishi.

Yer yuzidagi shamol oqimi energiyasning kamayishi karyerda zararli moddalar yig‘ilishiga sharoit yaratuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Yer yuzidagi havo oqimi tezligi 2 m/s dan kam bo‘lganda yer yuzidagi havo bilan karyerdagi konvektiv havo almashuvi intensiv­ ligini vertikal harorat gradiyenti belgilaydi.
Karyer chuqurligi bo‘yicha vertikal adiabatik gradiyent 100 m da 1°C ga teng bo‘lsa, karyer atmosferasida havo almashishi sodir bo‘lmaydi. Chunki bunday sharoitda yuqoriga ko‘tariladigan kon­ vektiv havo harakati qo‘zg‘almas holatga tushib qoladi.
Konchilik amaliyotida karyer atmosferasining turg‘un holati vertikal harorat gradiyenti 100 m da G < 1°C bo‘lganda, ya’ni atmo­ sferaning inversion holatida hosil bo‘ladi.
Karyerlarda qo‘llanadigan barcha sun’iy shamollatish usullarini ikki sinfga ajratiladi – tabiiy havo almashuvi intensivligini oshirish (jadallashtirish) va bevosita sun’iy shamollatish usullari.
Karyerlar chuqur gorizontlarini qazib olishda tabiiy havo alma­ shuvini intensivlash zarurati tug‘iladi. Mavjud havo almashuvini
intensivlash usullarining samaradorligi kichik bo‘lib, qo‘llanish sharoitlari ham chegaralangan bo‘ladi.
Karyer havosi tabiiy almashuvini intensivlash samaradorligiga uning joylashgan hududi iqlimi, relyefi, o‘simliklari, shamol yo‘na­ lishi va tezligi, sokin kunlar davri va yog‘inlar miqdori, quyosh radiatsiyasi miqdori kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, quyosh radiatsiyasi miqdori kon jinslari va havo haroratini belgilaydi. Bu esa karyer atmosferasi va undagi havo almashuvining turg‘unligini ta’minlaydi. Quyosh radiatsiyasining ko‘payishi havo almashuvini yaxshilaydi, kamayishi esa, aksincha, havo almashuvini qiyinlashtiradi.
Karyer joylashgan hudud relyefi yer yuzining shaklini tavsiflab, birinchi navbatda, gorizontning tashqi baland­pastliklar bilan to‘­ silganlik darajasini belgilaydi. Gorizontning to‘silganlik darajasi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
a H ,
L
bunda H – karyerning boshlanish (yer yuzi) balandlik belgisidan yuqorida joylashgan to‘siqning yuqori nuqtasi bilan karyer borti yuqori qirrasi o‘rtasidagi vertikal masofa, mo to‘siqning yuqori nuqtasi bilan bort qirrasi o‘rtasida o‘tkazilgan chiziq hosil qilgan Ψ burchak to‘siqning maksimal balandligini tavsiflaydi. Shamol kuchining kamayishi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
r 1 Vk ,
V0
bunda Vk va V0 – mos ravishda karyer ichida va muayyan geografik hududdagi shamol tezligi, m/s. Ifodadan ko‘rinib turibdiki, shamol kuchining kamayishi 1 dan kichik bo‘lar ekan. To‘siq ta’sirida ka­
maygan shamolning karyerdagi harakatlanish tezligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Vk = V0(1 – r), m/s.
Yuqoridagi ifodalar orqali Ψ burchagining turli qiymatlari bo‘­ yicha aniqlangan to‘siq va shamol kuchining kamayish ko‘rsat­ kichlari 8.1­ jadvalda keltirilgan.




Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə