1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja


Karyerni quvur va kon lahmlari orqali shamollatish



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə25/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Karyerni quvur va kon lahmlari orqali shamollatish


Karyerni quvur va kon lahmlari bilan sun’iy shamollatishda yer yuzidan karyer bortlari bo‘ylab kerakli gorizontgacha yoki karyer tubigacha quvurlar yotqiziladi yoki yerosti kon lahmlaridan foydalaniladi.
Karyerni havoni haydash usulida («puflama» usulda) sun’iy shamollatishda yer yuzidagi yoki yuqori gorizontdagi toza havo ventilator qurilmalari yordamida quvurlar yoki kon lahmlari orqali karyerga kiritiladi (8.1­ rasm) va bu havo erkin struya ko‘rinishida tarqaladi. Bunda ventilator uskunalari yer yuzida yoki quvurning (lahmning) istalgan joyiga o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Ventilator qurilmasi havoni so‘rish usulida ishlaganda karyerdagi ifloslangan havoni so‘rib olib yuqoriga (yer yuziga) chiqarib tashlaydi. Bunday sun’iy shamollatish usulini «so‘rma» usul deb yuritiladi.
Shamollatishning puflama usulida toza havo bevosita havoning ifloslangan zonasiga yuboriladi, natijada zonani shamollatish tezligi nisbatan yuqori bo‘ladi.
So‘rma shamollatish usulida tarkibida zararli moddalar ko‘p bo‘lgan zonadagi havo so‘rib olinadi va uning o‘rnini yon­atrof uchastkalaridagi toza havo kirib kelib to‘ldiradi. If loslangan zona markaziga (odatda, bu zonada havoni if loslantiruvchi manba – mashinalar ishlaydi) toza havo zonadagi barcha zararli moddalar chiqarib tashlangandan so‘ng kirib keladi. Shu sababli so‘rma usulda




a b

8.1- rasm. Puflash usulida karyerni shamollatish sxemasi:
a va b – mos ravishda quvurlar va kon lahmlari orqali.
shamollatish davomiyligi (vaqti) puflama usuldagiga qaraganda ancha ko‘p bo‘ladi.
So‘rib olingan if loslangan havoni karyerdan tashqariga chiqa­ rib tashlanishi ushbu usulning afzalligi hisoblanadi. Umuman olganda, quvur yoki kon lahmlari orqali karyerni sun’iy shamol­ latish usullarining samaradorligi yuqori bo‘lmaydi. Chunki mav­ jud shamollatish vositalarining quvurlar yerosti kon lahmlari orqali havoni shamollatish zonalariga yetkazib berish imkoniyati chek­ langan bo‘lib, unga ketadigan xarajatlar katta bo‘ladi. Ko‘rilayotgan sun’iy shamollatish usuli kichik if loslangan zonalarni shamollatish­ da samarador bo‘lishi mumkin, agar quvur yoki kon lahmi bevosita shamollatiladigan zonalarga (ish joylariga) yaqin joylashgan bo‘lsa, biroq karyerlarda ish joylari, ular bilan birga shamollatish zonalari ham tez­tez surilib turadi. Bu esa, o‘z navbatida, sun’iy shamollatish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sun’iy shamollatish usulining yuqorida keltirilgan kamchiliklari tufayli ular karyerlarni shamollatishda keng qo‘llanilmaydi. Shu sababli bu shamollatish usulidan ma’lum sharoitlarda, masalan, yerosti lahmlaridan boshqa maqsadlarda (konni suvsizlantirish, kon massasini tashish va b.) foydalanganda yordamchi shamollatish usuli sifatida foydalaniladi.


    1. Yüklə 5,01 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə