1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə17/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

10-Mavzu :



REJA :

  1. Kapital va kesuvchi transheyalar.

  2. Kapital transheyaning hajmini aniqlash.

  3. Kapital transheyalar tizimi.

Pog’ona shakliga ega bo’lgan qavat ko’rinishidagi tog’ jinsi qatlami p o g ’ona deyiladi . Pog’onani yuqori va pastdan chegaralovchi gorizontal yuza pog’onaning yuqori va pastki maydoni deyiladi.
Yuqori va pastki maydonlar orasidagi vertikal masofa p o g ’ona balandligi deyiladi. Transport yo’llari joylashgan pog’ona maydoni p o g ’onaning transport gorizonti deyiladi. Pog’ona karyerning asosiy texnologik elementlaridan biri hisoblanadi. Qazib olinadigan massivni pog’onalarga bo’lishda kon uskunalarining ishchi parametrlarini, tog’ jinslarining fizik-texnik ko’rsatkichlarini, ulaming yotish holati, konning kon-geologik va iqlimiy sharoitlarini inobatga olish kerak. Ish olib boriladigan pog’onaning aniqlovchi belgisi, bu transport gorizontining joylashuvidir. Har bir pog’ona bitta transport gorizontiga ega. Transport gorizontini pog’ona markazida joylashtirishda pog’ona ikkita: yuqori va quyi pog’onachaga bo’linadi. Pog’onani qazib olishga m o’ljallangan uskunalar joylashgan maydon ishchi maydon deyiladi. Ishchi maydonning kengligi pog’ona balandligidan 2-4 marta katta bo’ladi.


Karyerning ko’ndalang kesimi:
1 - yuqori pog’onaning ishchi maydonchasi; 2 - pastki pog’onaning ishchi maydonchasi; 3 - transport vositalari; hy- pog’ona balandligi; mm pog’ona balandligi
Ish olib borilmaydigan, uncha katta bo’lmagan kenglikdagi berma deyiladi. Qo’llanilishiga ko’ra bermalar himoyalovchi va transport (bog’lovchi) bermalari bo’ladi. Himoyalovchi bermalar karyerning qurilish vaqtida ishchi bo’lmagan bortlarda yoki pog’onadagi ishlar yakunlangandan (pog’onani tugatishda) so’ng qoldiriladi. Bermalar kengligi oraliq bermalar orasidagi vertikal masofa bo’yicha uchdan bir qismidan kam bo’lmagan holatda qabul qilinadi. Bermalar ko’pi bilan har uchta pog’onadan keyin qoldirilishi lozim. Bermalaming kengligi barcha hollarda ulaming mexanik tozalanishini ta’minlashi kerak. Bunday bermalami tozalash uchun buldozerlar, uncha katta bo’lmagan ekskavatorlar, yuklagichlardan foydalaniladi. Transport bermalari karyerning transport aloqalarini o’matishga qo’llaniladi. Transport
bermalarining kengligi transport vositalarining turiga va harakatlanish jadalliligiga ko’ra tanlanadi.
Qazib olingan tomoni bo’yicha pog’onani chegaralovchi qiya yuza p o g ’ona qiyaligi deyiladi. Pog’ona qiyaligining uning yuqori va quyi maydonlari bilan kesishish chizig’i mos ravishda yuqori va pastki brovka deyiladi. Gorizontal maydon va pog’ona qiyaligi bilan hosil bo’ladigan burchak p o g ’ona qiyalik burchagi deyiladi. Pog’ona qiyalik burchagiga ko’ra pog’ona qiyaligi turg’un va noturg’un holatda bo’lishi mumkin. Burchaklar qisqa muddatli va uzoq muddatli turg’un bo’lishi mumkin. Qisqa muddatli burchaklar muayyan vaqt ichida ishlar olib borishni ta’minlaydi (bir necha oy), bu esa ish olib boriladigan (doimiy harakatlanadigan) pog’onalarda xavfsiz ishlar olib borishilishini ta’minlaydi. Uzoq muddatli turg’un bo’lgan pog’ona burchagi karyeming butun ishlash vaqtida pog’onaning xavfsiz ishlashini ta’minlashi kerak (ishchi bo’lmagan pog’onalar).
Qisqa muddatli turg’un bo’lgan pog’ona burchagi muayyan vaqt davomida yemiriladi va shu tog’ jinsi turi va joylashish sharoiti uchun uzoq muddatli turg’unlik holatiga mos keluvchi qiyalik burchagini hosil qiladi. Zichlik, ushlanuvchanlik va tog’ jinslarining ishchi ishqalanishi pog’ona qiyalik burchagini hosil qiluvchi asosiy fizik-texnik xususiyatlardir. Pog’onaning qiyalik burchagi shuningdek uning balandligiga bog’liq. Qisqa muddatli turg’un bo’lgan pog’ona burchagi muayyan vaqt davomida yemiriladi va shu tog’ jinsi turi va joylashish sharoiti uchun uzoq muddatli turg’unlik holatiga mos keluvchi qiyalik burchagini hosil qiladi. Zichlik, ushlanuvchanlik va tog’ jinslarining ishchi ishqalanishi pog’ona qiyalik burchagini hosil qiluvchi asosiy fizik-texnik xususiyatlardir. Pog’onaning qiyalik burchagi shuningdek uning balandligiga bog’liq.
Agar qatlamlanish yuzasi gorizontga nisbatan qandaydir burchak ostida joylashsa, pog’ona qiyaligi turg’unligini oshirish uchun shunday qazilish kerakki, qatlamlanish tekisligi qiyalikning qarama-qarshi tomoniga tushishi lozim. Maydalangan tog’ jinsini qazib olishda pog’ona qiyaligi turg’unligini oshirish uchun, uning burchagi pog’ona tabiiy burchagidan oshmasligi lozim. Tog’ jinslarida suv mavjudligida pog’ona qiyalik burchagi 10-20° ga va undan yuqoriga kamaytirilishi kerak
Pog’onalar qiyalik burchaklarini analitik usulda aniqlashda ulaming turg’unligining zaxirasi qo’llaniladi, bu ushlab turish kuchlarining yuqori qismlaming buzilishga moyil tomonlaming nisbati bilan aniqlanadi (buzilish prizmasi). Turg’unlik zaxira koeffitsiyenti mos ravishda qisqa muddatli (ish olib boriladigan pog’onalar) va uzoq muddatli (ish olib borilmaydigan) turg’unlikka ega pog’onalar uchun 1.1-1.2 va 1.5-2 ni tashkil qiladi.


    1. Yüklə 5,01 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə