1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə54/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Mexanik usulda yumshoq va bo‘shoq kon jinslari ekskavator
yoki boshqa kon qazish mashinalari yordamida bevosita massivdan ajratib olinadi va transport vositalariga yuklanadi.
Gidravlik usul o‘zidan suv yoki suyuq aralashmalami o‘tkazib yuborish qobiliyatiga ega bo‘lgan kon jinslarini qazishga tayyorlashda qo‘llaniladi. Bunda yuqori bosimdagi suv oqimi jins g‘ovaklariga kirib, jins zarrachalarini bir-biriga bog‘lab turgan moddani (sementni) eritib, jinsning qattiqlik darajasini pasaytiradi, ya'ni yumshatadi.
Yarim qoyasimon jinslarni qazishga tayyorlash traktorga o‘matilgan maxsus yumshatish (maydalash) qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Qattiq qoyasimon jinslarni qazishga tayyorlash burg‘ilab-
portlatish usulida bajariladi. Bu usulda maydalangan kon jinslarining o ‘lcham lari tu rlicha b o ‘lishi tufayli qazib yuklovchi va transportlovchi vositalaming parametrlariga mos kelishi talab etiladi.
Jins bo ‘laklarining chiziq bo‘yicha maksim al o ‘lcham i quyidagicha bolishi talab etiladi:

  • bir cho‘michli ekskavatorlar uchun - \тях ^ 0 ,8 (q)1/3;

  • avto va temiryo‘l transporti uchun - 1 ^ ^ 0,5 (Q )1/3;

  • konveyer transporti uchun - 0,5 - 0,1;

  • maydalash uskunasi (tegirmon) uchun - lmax^ 0,75 ; bunda, q - ekskavator cho ‘m ichining hajmi, m 3; Q - avto-

mobil yoki dum pkar (vagon) kuzovi hajmi, m 3; V, - konveyer lentasi kengligi, m; Vq -tcgirm onning qabul qilish panjarasi kengligi, m.
o‘lchamlari talab etilgandan katta bo‘lgan jins bo‘laklari - nogabarit deb yuritiladi va ularni qayta (ikkilamchi) maydalash lozim bo‘ldi.
Karyerlarda kon jinslarini burg‘ilab-portlatish asosida buzishda (maydalashda) turli usullardan foydalaniladi (3-rasm).
Skvajinlar chuqurligi (ls). portlatilayotgan pog‘onaning balandligi (H p), og‘ishburcliagi («) va qo‘shimcha qismi (pog'ona asosidan pastga burg‘ilangan qismi -perebur) miqdori (lq) larni hisobga olgan holda aniqlanadi. Skvajinaning qo'shimcha qismi ^ pog‘ona asosidagi jinslarni sifatli buzilishini ta ’minlash maqsadida buig‘ilanadi. Skvajinaga ixirtlovchi mcxlda zaiyadi joylashtirilgandan so‘ng zaiyad balandligi bilan skvajina og‘zi o‘rtasida qolgan bo'sliliq tiqin bilan to‘ldiriladi.

3-rasm. Jinslarni portlatib buzish usullari: a-ust quyma zaryad; b, d-shurf va shtolnya kamera zaryad; e-qozonsimon zaryad;
d-skvajina zaryadi; 1-zaryad; 2-tiqin.

Skvajinani tiqinlash materiallari sifatida o‘lchami 50 mm gacha bo ‘lgan burg‘ilashdan hosil b o ig an jins zarrachalari, qum , soz tuproqlardan foydalaniladi. Tiqin uzunligi (It) portlash natijasida hosil boig an mahsullar (gazlar) kuchini faqat kon jinslarini buzishga sartlanishini ta ’minlashi kerak. Aks holda. portlash mahsulini bir qismi skvajina og‘zidan atmosferaga chiqib ketadi va jins m assivining buzilishi sifati pasayadi. K aryerlarda burgilanadigan skvajinalar gorizontal. qiya va vertikal boiishi mumkin. Biroq. hozirgi vaqtda karyerlarda asosan vertikal skvajinalardan keng foydalaniladi. Skvajinalarga portlovchi modda zaryadlari sidirg‘asiga yoki uzilma shaklda joylashtirilishi mumkin .Skvajinalar esa portlatilayotgan blokda hir qator va ko‘p qatorda joylashgan bo‘ladi. Agar skvajinalar bir qatorda joylashgan bo Isa, ular orasidagi masofa «а», ko‘p qatorda joylashgan bo‘lsa, har bir qatordagi skvajinalar orasidagi masofa «а» va qatorlar orasidagi masofa «b» ham da qatorlar soni «n» portlovchi modda zaryad- larining parametrlari hisoblanadi (4-rasm). Skvajina markazidan pog'ona ostki qirrasigacha bo‘lgan gorizontal masofa «W» pog‘onaning asosi bo‘yicha qarshilik ko‘rsatish chizig‘i deyiladi.
Burg‘ilab-portlatish ishlari - bu burg`ilash, burg‘ilangan
skvajinalami zaryadlash va zaryadlarni portlatishga oid ishlar majmuyidir. Pog‘onalarda skvajinalar bir, ikki va uch qator burgNlanadi. Burg‘ilash ishlari aylanma yoki aylanma-zarbali stanoklar yordamida bajariladi. Bu stanoklar shnekli va shamshkali turlarga bo‘linadi. SBSh-SBR-125 va SBR-160 rusumli stanoklar bo‘lib, ular diametri 125-160 mm, chuqurligi 25 m gacha bo‘lgan gorizontal, qiya va vertikal skvajinalar burg‘ilashda qoMlaniladi. Sharashkali stanoklar qattiq qoyasimon kon jinslari burg‘ilashda qo‘llaniladi. Uning ishchi organi qattiq qotishmalardan yasalgan tishli sharoshka - dolota bo‘lib, diametri 150-400 mm, chuqurligi 60 m gacha boigan skvajinalami burgllashda qollaniladi.
Hozirgi vaqtda karyerlarda SBSH-200, SBSH-200H, SBSH- 250 M H , SB SH -250 K . SB SH -320 va SBSH -400 rusum li
burg‘ilash stanoklari skvajinalar burgllashda qollanilm oqda.
Portlatish ishlarini olib borishda portlovclii modda sifatida, asosan donador portlovchi moddalar (granulitlar, igdanitlar), ayrim hollarda esa, kukunsim on (am m onitlar, am onallar) portlovchi moddalar ishlatiladi. Zaryadlarni portlatish. asosan detanatsiya piliklari yoki elektrik usulda amalga oshiriladi.
Kon jinslari massivini portlatish asosida buzishda portlovchi m oddalarni yuklash va tushirish, ish joyiga tashib keltirish, zaryadlarni skvajinalarga joylashtirish. skvajinalami tiqinlash ishlari yordamchi jarayonlar hisoblanadi.
Portlovchi moddalarni karyerga tashib keltirish va skvajinalami zaryadlash M 3-3, М 3-4 va boshqa rusumli zaryadlash mashinalari yordamida bajariladi. Bu mashinalaming smenalik unumdorligi 15- 20 t.ni tashkil etadi. Skvajinalami tiqinlash 3S-2 va 3S- IB rusumli mashina-bunker ko‘rinishidagi m ashinalar yordamida amalga oshiriladi. Bu mashinalar tiqin materiallarini karyerga tashib keltirib skvajinalarga to‘kish ishlarini bajaradi va bir smenada 150 tagacha skvajinani tiqinlash quwatiga ega bo ‘ladi. Portlatilgan kon massasi tarkibida m a'lum miqdorda nogabarit bo‘laklar bo‘lishi tabiiydir. Nogabarit bo'laklam i yuklash va transport vositalarining ishchi oiganlari parametrlariga moslash uchun ularni turli usullarda qayta maydalash talab etiladi. Nogabaritlami qayta maydalash jarayoni
- ikkilamchi maydalash deb yuritiladi.
Nogabaritlam i ikkilamchi maydalash portlatish, term ik, elektrotermik va mexanik usullarda amalga oshiriladi. Portlatish usulida nogabarit bo‘laklami ikkilamchi maydalash shpurga joylashtirilgan yoki ustquyma portlovchi modda zaryadlari orqali bajariladi. Ustquyma zaryadlar kichik hajmdagi. oson maydala- nadigan m o‘rt kon jinslarini ikkilamchi maydalashda qo‘llaniladi. Ikkilamchi maydalashning shpurli usulida nogabarit kon jinsiga diametri 25-60 mm, chuqurligi nogabarit qalinligining 0,25-0,5 qismiga teng bo‘lgan shpurlar burghlanadi. Ularga yuqori brizantli portlovchi moddalar zaryadlari joylashtiriladi. Portlash kuchidan aksimal foydalanish maqsadida shpurlar suyuq modda (suv, tuz eritmasi va boshqalar) bilan tiqinlanadi. Shpurlarni suyuq modda bilan tiqinlash portlovchi modda zaryadidan samarali foydalanish bilan bir qatorda, portlatilgan jins boMaklarini atrofga tarqalish (uchib ketishi) radiusi qisqa bo‘lishini ham ta’minlaydi. Nogabaritlami mexanik usulda ikkilamchi maydalash kran yoki ekskavatorga sim arqon orqali osilgan og‘ir jismning erkin tushish kuchi ta ’sirida amalga oshiriladi. Jism shakli shar yoki silindr ko‘rinishida bo‘lib, og‘irligi 1,5-5 tonna bo‘ladi.
Termik va elektrik ikkilamchi maydalash usullari nogabarit bo ‘laklarni reaktiv gorelkalar, elektr yoki boshqa vositalar yordamida qizdirishga asoslanadi. Ochiq kon ishlari amaliyotida bu usullar kam qo‘llaniladi.


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə