1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə6/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Nazorat Savollari :


  1. Jinslarning fizik va mexanik xususiyatlari haqida ayting.



  1. Tog` jinsini massivdan ajratib olish usullarini sanang




  1. Tog` jinslariga ta`sir etuvchi omillar qaysilari?




  1. Kon jinslarining turg`unligi saqlab turuvchi xususiyatlarini ayting.


3-Mavzu : Ochiq kon ishlari va ularga tegishli asosiy belgilar.



Reja :

  1. Karyerning yer yuzasiga ko`ra tuzulishi

  2. Tuzulishiga ko`ra qazilmalar joylashishi

Ochiq kon ishlarini tashkil etish va mexanizatsiyalash vositalari, texnologiyasining zamonaviy rivojlanish darjasida ulami qo’llash imkoniyati qoplovchi tog’ jinslari va foydali qazilmalarning fizik-texnik xususiyatlari bilan ham, kon hududining iqlimiy holatlari bilan ham chegaralanmaydi. Biroq, ochiq usulda qazib olishning iqtisodiy jihatdan muvofiqligini asoslash, kon ishlarini tashkil etish va texnologiya, mexanizatsiyasini tanlash konning joylashish yuzasi relyefi, kon uyumining yyer yuzasiga nisbatan joylashishi, konning tushish burchagi, quvvati, shakli va tuzilishi, kon hududining iqlimiy va gidrogeologik sharoitlari bilan aniqlanadi. Yyer yuzasining relyefi tekis, qiyalikka ega, yuqoriga ko’tarilgan yoki suvliklarga ega bo’lishi mumkin . Bu kon ishlarining yo’nalishini belgilashga. qazish va yuklash uskunasini tanlashga, ochish ishlariga, qoplovchi tog’ jinslarining to’plash joylariga va boshqalarga ta’sir qiladi.









Konlar yuzasining relyef turlari:
a-tekis; b—qiyalik; g-balandlikka ega maydon; d-suvli yuza (qazilma suv ostida joylashgan)
Konning yyer yuzasiga nisbatan joylashuviga ko’ra ular ustki (qoplovchi tog’ jinslarining qalinligi 20-30m gacha), chuqur (qoplovchi tog’ jinslarining qalinligi 40m dan yuqori), baland (joyning eng yuqori nuqtasidan baland) va chuqur-baland bo’ladi. Ustki turdagi konlar har doim ochiq usulda qazib olinadi. Chuqur va baland joylashgan konlami qazib olish texnik-iqtisodiy asoslami talab qiladi. Konlaming nisbatan qalinligida va katta zaxiralarida ularni ochiq usulda qazib olish yyer osti usuliga nisbatan samarali hisoblanadi. Chuqur-baland konlami bir vaqtda yoki navbatma-navbat ochiq va yer osti usulda qazib olish mumkin.
Yotish burchagiga ko’ra konlar nishab, qiya va tik qiya bo’ladi. Nishab konlar deb, yotish burchagi 0-10° bo’lgan konlarga aytiladi. Bunday konlami qazib olishda qoplovchi tog’ jinsini joylashtirish uchun qazib olingan maydonlardan foydalanish imkonini beradi . Qiya konlar deb, yotish burchagi 8-30° bo’lgan konlarga aytiladi. Bunday konlami qazib olgandan key in karyeming borti yotgan tomondan tekislamasdan ham o’z turg’unligini saqlab qoladi (faqatgina osilgan yonlar qazib olinadi). Yon qiya yuzaning turg’un emasligi sababli, qazib olingan maydon qoplovchi tog’ jinslarini joylashtirishga qo’llanilmaydi . Yotish burchagi 30° dan yuqori bo’lgan konlar tik qiya konlar deyiladi. Karyer bortlariga turg’un qiya burchaklami berish maqsadida. yotgan va osilgan yonlardagi tog’ jinslari qazib olinadi.Konning qalinligi uning qazib olish usulini tanlashni belgilab beradi.Konlaming katta, о ’rla, kichik va juda kichik qalinlikdagi turlari mavjud.
Juda kichik qatlamli nishab konlar (2-3m)ni yuklagichlar, shnekli burg’ulash mashinalari va boshqa mashinalar bilan qazib olish maqsadga muvofiq. Kichik qalinlikdagi (4-20m) konlar bitta pog’ona bilan qazib olinadi, o'rtacha qalinlikdagi (15-40m) qazilmalar - ikkita pog’ona bilan va katta qalinlikdagi konlar (40m dan yuqori) - uchta va undan ko’p pog’onalar bilan qazib olinadi.tik qiya konlami qazib olishda, keyingi qatlamni qazib olishni yuqoridagi qatlamni qazib olgandan keyin amalga oshiriladi . O ’rtacha qalinlikdagi (60 -100m) konlami qazib olish uchun navbatdagi qatlamni qazib olishni yuqoridagi qatlamni to’liq qazib olmasdan turib ham amalga oshirish mumkin. Katta qalinlikdagi (100-150m) konni bir vaqtda bir necha qatlamlami qazib olish mumkin. Konlaming tuzilishi karyer maydonining tuzilishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Tuzilishi va o ’lchamlari bo’yicha karyer maydonlari keng, cho ’zilgan va aylanasimon bo’ladi.
Keng karyer maydonlari rejada katta o’lchamda (karyer maydoni rejada 40 km2 gacha bo’ladi) uncha katta bo’lmagan chuqurlikka egaligi bilan xarakterlanadi. (100m gacha). Karyer uzunligi uning kengligiga nisbati 2:1 ko’rinishda bo’ladi.
Cho’zilgan karyer maydonlari yotishi bo’yicha katta o’lchamlarga ega bo’ladi va yotishi bo’yicha qirqimi kichik bo’ladi. Bunday karyerlar qiya va tik qiya qatlamsimon konlar uchun xos. Karyerlar chuqurligi 300m va undan yuqorigacha.).
Tuzilishiga ko’ra qazilmalar oddiy, murakkab va tarqoqlashgan bo’ladi.Oddiy konlar bir turli tuzilishga ega (katta miqyosda qoplovchi tog’ jinsi qatlamlariga va konditsion bo’lmagan aralashmalarga ega bo’lmaydi), bu esa qalinligi bo’yicha oddiyroq bo’lgan yoppasiga qazib olish imkonini beradi.
Murakkab konlar qoplovchi tog’ jinsi qatlamlariga va konditsion bo’lmagan aralashmalarga ega bo’ladi. Bunday konlami selektiv (alohida) usulda qazib olish mumkin.
Tarqoqlashgan konlarda foydali qazilma tanalari qoplovchi tog’ jinsi bilan muayyan ajralishlar bilan joylashmaydi. Bu konlami qazib olish uchun maxsus usullardan foydalaniladi va ekspluatatsion kuzatishlar amalga oshiriladi.
Ochiq kon ishlarini olib borishda iqlimiy omillar katta ta’sir qiladi (yomg’irlar, shamol). Katta miqdorda qor yog’ishi karyer transportining ishini qiyinlashtiradi (shimoliy tumanlar uchun yilda 230-250 kun qor yog’ishi davom etishi mumkin). Past haroratlarda kon mashinalarining metall tuzilmalari nimjon bo’lib qoladi. Bu kon uskunalarining avariyalariga va turib qolishiga olib keladi. Havoning qattiqligi karyer ishining rejimini aniqlab beradi. Havoning qattiqligi 10 dan 30 ballgacha bo’lganda har soatda 10 daqiqalik isinib olish uchun to’xtashlami amalga oshirish ma’qul. Havoning qattiqligi 30 dan 40 ballgacha bo’lganda davriy ishchilaming isinishidan tashqari ish kunining davomiyligi 1 soatga qisqaradi. Havoning qattiqligi >40 ball bo’lganda, odamlaming ochiq havoda ishlashi minimal ko’rsatkichga olib kelinadi.
Yer osti suv tashuvchi gorizontlaming mavjudligi ochiq kon ishlari texnologiyasi va mexanizatsiyalashni tanlashga katta ta’sir qiladi. Nisbatan kam suvli konlarda ochiq kon ishlarini olib borish maqsadga muvofiq.
Suvlilik koeffitsiyenti qazib olinadigan foydali qazilmagan qancha miqdorda suv to’g ’ri kelishini ko’rsatadi. Kuchli suvlangan konlar uchun nisbatan nimjon tog’ jinslari bilan, yuqori filtratsiya koeffitsiyentiga ega holda bu ko’rsatkich 10 м lm ga etadi. Bunday hollarda karyer bortlarining turg’unligini ta’minlash uchun maxsus operatsiyalar amalga oshiriladi.


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə