1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja


Plastiklik — kon jinsining kuch ta’sirida batamom buzilmasdan qoldiq deformatsiyalanish xususiyati. Deformatsiyalanuchanlik



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə4/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Plastiklik — kon jinsining kuch ta’sirida batamom buzilmasdan qoldiq deformatsiyalanish xususiyati.
Deformatsiyalanuchanlik — kon jinsiga kuch ta’sir etganda deformatsiyalanib o’zining shaklini va o’lchamlari o’zgartirish xususiyatidir.
Qovushqoqlik — kon jinsining uni bo’laklarga ajratuvchi, uzuvchi kuchlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir. Qovushqoq tog’ jinslari qiyin buzilish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Mo’rtlik — kon jinslarining statik kuch ta’sirida buzilish xususiyatidir. Mo’rt kon jinslari kuch ta’sirida qovushqoq kon jinslariga nisbatan oson buziladilar.
Darzdorlik – turli sabablarga ko’ra hosil bo’lgan va har xil o’lchamlardagi darzlar bo’lib, ular massivni alohida bloklarga ajratadi va bloklar nisbatan yaxlitlikka ega bo’ladi.
Bo’lakdorlik – kon jinslarini massivdan ajratib olinganda, ularning maydalanganlik darajasini tavsiflaydi .
Rudani portlatish asosida massivdan ajratib olinganda ruda bo’laklari A: V: S = 1,5:1: 0,7 nisbatiga ega bo’ladi , bunda A – bo’lak uzunligi, V - bo’lak eni va S - bo’lak balandligi .
Amaliyotda bo’lakdorlik maydalangan ruda tarkibida o’lchami katta bo’lgan bo’laklar mavjudligini foizlarda o’lchanadigan miqdori bilan tavsiflanadi.(O’lchami katta bo’laklar «negabarit» deb ataladi va bunday bo’laklar ularni yuklash mashinalari ishchi organlari, yoki rudani tushirish lahimlari o’lchamlaridan katta bo’ladi).
Jipslashish – maydalangan ruda yoki kon jinslari bo’laklarini vaqt o’tishi bilan bir-biri bilan yopishib, monolit holatiga aylanish xususiyati.
Ko’pchishkoeffitsienti- massivdanajratibolinganruda, ko’miryokikonjinslarininghajminiularningmassivdagihajmidankattabo’lishinitavsiflaydivamaydalangankonjinslarihajminimassivdagihajmigabo’lgannisbatiorqalianiqlanadi.
Zichlik (kg/m3yokit/m3) – tog’ jinsiningtabiiynamligidagimassasininghajmiganisbatiorqalitavsiflanadi.
Kon jinsini zichligi uning nisbiy ( ) va xajmiy og’irligi ( ) bilan xarakterlanadi.
Kon jinsining nisbiy og’irligi g/sm3 formula bilan aniqlanadi. Bu yerda G — kon jinsining ma’lum sharoitdagi og’irligi bo’lsa, V — uning xajmi.
Hajmiy og’irligini aniqlashda G1 — kon jinsining tabiiy holatdagi og’irligi bo’lib, uni shu holdagi hajmi V1 bo’ladi, unda hajmiy og’irligi , g/sm3 bo’ladi.
Kon jinsining g’ovakliligi g’ovaklilik koeffitsienti bilan xarakterlanadi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

bu yerda: — kon jinsining nisbiy og’irligi, g/sm3; —kon jinsining hajmiy og’irligi, g/sm3.
Kon jinsining elektr, tovush va issiqlik o’tkazuvchanligi ma’lum kon jinslari uchun laboratoriyalarda aniqlanib geologiya-qidiruv ishlari va boshqa sohalarda ushbu xususiyatlardan foydalaniladi.
Birikuvchanlik – tog’ jinsi alohida bo’lakchalarining bir-birlari bilan ilashishi bo’lib, ularning bo’linishga qarshiligi bilan tavsiflanadi.
Kon lahimlarini barpo etish va ularni ma’lum davr ichida saqlanib turishiga ta’sir etuvchi kon jinslarining asosiy xossalari: kon massivining turg’unligi (mustahkamligi), kon jinslarining tirnovchanligi (abrazivlik), qattiqligi, pishiqligi, g’ovakdorligi, darzdorligi, qayishqoqligi, oquvchanligi va boshqalar.



Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə