1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Boshqaruv uslublarining kommunikativ imkoniyatlari



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə44/64
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#158967
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v-fayllar.org

4.Boshqaruv uslublarining kommunikativ imkoniyatlari. 
Boshqarishning iqtisodiy usullari—mavjud Goriy) ijtimoiy tizimning
ob‘yektiv iqtisodiy manfaatini ko‘zlagan holda xo‘jalik yuritish usullaridir. Bu
usullar tarkibiga rejalashtirish, narx-navoni shakllantirish va boshqa iqtisodiy
ko‘rsatgichlar kiradi. Amaliyotda xo‘jalik yuritish jarayonida sharoitlar
o‘zgaradi.Sharoitlarning o‘zgarishiga qarab, qo‘yilgan maq-sadni inobatga olgan
holda, xo‘jalikni olib borish mexanizmini, jamiyatdagi mavjud qonunlarni
buzmagan holda, o‘zgartirish kerak.


Iqtisodiy munosabatlar quyidagi manfaatlarni qondirishi kerak: 
1.Jamoatchilik manfaati, (qurilishlar, transport va hokazolar). 
2.Tashkilot
manfaati
(ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
rejasi
va
hokazolar).
3.Shaxsiy manfaat, (malaka oshirish, ish haqi va boshqa daromad-lar). 
Jamiyatdagi ishlatiladigan richaglar uchchala manfaatlar bo‘yicha ijobiy
natijalarga olib kelishi kerak. Lekin, bu narsa doimo kuza-tilavermaydi, ya‘ni 
ba‘zida umumiy ko‘rsatgichlar bajariladiyu, shaxsiy ko‘rsatkichlar to‘la inobatga
olinmaydi.To‘la xo‘jalik hisobida ishlay-digan korxonalarda bu uchchala 
ko‘rsatkich, daromadga bo‘lingan holda inobatga olinishi kerak.Shaxsiy manfaat
juda nozik narsa. Shuning uchun ham har bir ijrochiga rejaviy ko‘rsatkichlar, 
molning narxi, daromad, ashyo sarfi va boshqa qiziqtirilgan ko‘rsatkichlar
bo‘yicha ma‘lumotlar etkazilishi kerak. Shunday bo‘lganda, har bir xodimning 
faolligi, mas‘uliyatligi keskin oshadi.Bu esa ishlab chiqarish hajmining, mol
sifatining, daromadning, ish unumdorligining oshishiga olib keladi.Har bir xodim 
ishning pirovard natijasini oshirishga da‘vat qiluvchi kishiga aylanadi.
Rahbar avtoritar boshqaruv uslubini qo‘llar ekan, u tashkilotning rasmiy 
tizimini ta‘minlashga asosiy e‘tiborini qaratadi. Bu uslubda ma‘lumot faqat
vertikal yo‘llar orqali keladi, xodimning mas‘uliyat chegarasi aniq bo‘lib, har 


qanday xato qattiq jazolanadi, shaxsiy munosabatlar iloji boricha rasmiy tus oladi
va hissiyotga o‘rin qolmaydi.
Demokratik boshqaruv uslubida jamoadagi do‘stona munosabatlar
rivojlanadi, rahbar guruh faolligi tarafdori, rasmiy tizimda shaxsiy manfaatlar xam
nazarda tutilib, muloqot yuritishga keng yo‘l ochib beriladi.
Liberal boshqaruv uslubida esa rahbar jamoadagi norasmiy tizimni
rivojlantiradi va muvaffaqiyatga erishishda rasmiy, ma‘muriy shakldan ko‘ra
jamoaning
norasmiy
munosabatlari ustun qo‘yiladi. Tashkilotda yangi
kommunikasiya tarmoqlari yaratilishiga keng yo‘l ochiladi va hatto bunday
tashabbus ijobiy baholanadi. Xodimlar ish me‘yorini o‘zlari o‘rnatishadi va uning
bajarilgani uchun o‘zlari mas‘uldirlar. Xodimlar o‘rtasida hamkorlik munosabati
ustun turadi. Jamoa tavakkalga mushohada bilan bemalol boradi, har qanday qiyin
vazifani ham yengil bajaradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan uch xil boshqaruv uslubi jamoada turlicha muhitni
yaratadi. Avtoritar rahbarlik uslubida guruhda hokimlikka intilish namoyon
bo‘ladi, mansabga ruju qo‘yiladi, demokratik uslubli jamoada xodim uni tan
olishlarini, hurmat va obro‘ qozonishni istaydi va nihoyat, liberal uslubli jamoada
muvaffaqiyatga erishish istagi ustun bo‘ladi.
Sanab o‘tilgan rahbarlik uslublari jamoadagi mehnat samarasi uchun turlicha
asos yaratadi. Avtoritar uslub ta‘siridagi jamoa doimo «tepadan» ko‘rsatma kutib
yashaydi va tashabbus ko‘rsatolmaydi. Shuning uchun bunday guruh samarasi ham
sust. Guruh a‘zolarida ishdan ham, o‘zaro munosabatlardan ham qoniqish past
darajada.
Demokratik rahbarlikka asoslangan jamoaning ish unumi o‘rta, ixtiro va
tashabbuslar soni ham o‘rta me‘yorda, guruh a‘zolari ishdan va o‘zaro
munosabatdan qoniqqan.
Liberal tamoyilga asoslangan jamoda esa unumdorlik yuqori, mehnatdan va
o‘zaro munosabatdan qoniqish baland, xodimlar o‘zaro hamkorlikka boradi va
yordam ko‘rsatishga doimo tayyor.
Ishlab chiqarish sohasidagi ba‘zi tadqiqotlar natijasida boshqaruv uslubi va
guruh samaradorligi o‘rtasida ham aloqa aniqlandi. Bunga binoan, avtoritarlik va
demokratik boshqaruv uslubi guruh faoliyatining deyarli bir xil samarasini
ta‘minlaydi, ammo guruh a‘zolari demokratik uslub qo‘llanganda ishdan ko‘proq
qoniqadilar. Agar xodimning ishdan qoniqishi motivasiya omili sifatida qaralsa, bu
juda ahamiyatli mezon ekanligi ko‘zga tashlanadi.
Ko‘p adabiyotlarda an‘anaviy uch rahbarlik uslubiga baho berishda liberal
uslub eng samarasiz yoki boshqaruv maqsadlaridan uzoq turuvchi vosit a deb, ta‘rif
beriladi. Ammo bunday fikrga jiddiy e‘tirozlar bildirish mumkin. Tajriba va
kuzatishlarning ko‘rsatishicha, liberal boshqaruv uslubi ayrim hollarda samarali


natijaga olib keluvchi vositaga aylanishi mumkin. Agar rahbar ataylab va ongli
ravishda liberal uslubni tanlasa, ongli ravishda xodimga mas‘uliyatni o‘ziga olish
imkonini bersa, bu xodim xulqini jamoa orqali boshqarish kabi yuksak mahorat
belgisi bo‘lishi mumkin. Agar o‘xshatish qilsak, avtoritar boshqaruvda rahbar faqat
o‘z o‘rinbosarlari bilan muloqotda bo‘ladi va ma‘muriy choralar bilan cheklanib
qoladi, demokratik boshqarishda rahbarning jamoa bilan bevosita munosabat
o‘rnatishi kuzatiladi. Liberal uslub esa xodimni, jamoani jonlantirish orqali
boshqarish demakdir. Liberal uslubda xodim rahbar ketidan emas, balki jamoa
orqasidan boradi va guruhga mos kelishga intiladi.
Jamoa faolligi korxona maqsadlariga mos ravishda borayotgan sharoitda,
mas‘uliyatni o‘ziga olib tashabbus ko‘rsatayotgan paytda guruh faoliyatiga
aralashmaslik va xodimni guruh hayoti og‘ushiga kiritib qo‘yish, balki eng maqbul
boshqaruv bo‘lib hisoblanadi. Ongli ravishda olib borilgan liberal boshqaruv uslubi
o‘ta murakkab bo‘lib, bu jarayonda rahbar maqbul yo‘l tanlanishida barcha
faollikni jamoaga topshiradi, rahbarning vazifasi to‘g‘ri maqsadni ko‘rsatib berishi
emas, balki shu maqsad guruh tomonidan tanlanishi uchun sharoit yaratishdan
iborat bo‘ladi.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə