1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə45/64
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#158967
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v-fayllar.org

5.Boshqarish tamoyillari.
Boshqarish tamoyillari deganda ma‘lum bir ijtimoiy -iqtisodiy sharoitlarda,
boshqaruv amaliyotida ishlatiladigan asosiy qoidalar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi
tartib intizomlar, ahloqiy me‘yorlarni tushunamiz.Boshqarish tamoyillari bir nechta
bo‘lib, ba‘zi birlarini keltirishni o‘zimizga o‘rinli deb bildik.
Ishni reja asosida olib borish tamoyili.Bu tamoyil korxonadan tortib davlat
darajasigacha hamma ishlar reja asosida olib borilishini nazarda tutadi.
Har qanday korxona, tarmoq va vaholanki, eng rivojlangan davlatning ham
imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Bu holat rejalash jara-yonida inobatga olinishi
shart. Rejalangan mablag‘larning rejalanmagan ishlarga yo‘naltirilishi ajratilgan
mablag‘larning samaradorligini pasa-yishiga, chala ishlar, qurilishlarning
ko‘payishiga, ajratilgan kuch va imkoniyatlarni to‘zishiga olib keladi. Ishni reja
asosida olib borish tamoyiliga qat‘iy rioya qilish amaliyotda katta ahamiyatga ega.
Xo‟jalikni samarali va maqbul olib borish tamoyili. Bu tamoyil kerakli
ashyoviy boyliklarni yuqori sifatda ishlab chiqarish, ko‘rsatilgan yuqori sifatli har
qanday xizmatlar uchun qilingan sarf-xarajatlar mi-nimum bo‘lishi to‘g‘risida fikr
yurgizadi.Ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan har bir ishchi (xodim)
daromadining maksimal bo‘lishi tarafdoridir.
Bu esa ishlab chiqarish jarayonida bo‘layotgan sarf-xarajatlarni, chunonchi
ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan chiqindilarni, yonilg‘i, xom ashyo, issiqlik,
elektroenergiya, suv va hokazolarni iqtisod qilishga da‘vat qiladi.


Ishlab chiqarishda bo‘lgan sarf-xarajatlarni kamaytirish ishchi (xodim)
laming oladigan ish xaqini, olinadigan mukofotlarni, ijtimoiy rivojlanish, ishlab
chiqarishni rivojlantirish, fan va texnika yutuqlarmi qo‘llash uchun kerak bo‘lgan
mablagiarni oshirishga olib keladi, ya‘ni korxonaning samaradorligini oshiradi.
Xo‘jalikni maqbul olib borish deganda, ishlab chiqarishda va bosh-qarishda
zamonaviy fan va texnika yutuqlarini qo‘llash ko‘zda tutiladi. Masalan, ishlab
chiqarishda, boshqarishda yangi texnologiyalar, iqti-sodiy-matematik modellashni,
hisoblash texnika vositalarini, avtomat-lashtirilgan ishchi joylarini tatbiq qilish
ko‘zda tutiladi.
Zamonaviy boshliq o‘zining ish jarayonida xo‘jalikni samarali va maqbul
olib borish tamoyiliga amal qilishi kerak.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə