1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Rahbarlik muloqoti bosqichlari tavsifi



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə48/64
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#158967
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v-fayllar.org

2.Rahbarlik muloqoti bosqichlari tavsifi.
Ish yuzasidan amalga oshadigan boshqaruv muloqoti xodim bilan kontakt 
o‘rnatishdan boshlanadi.
Bu bosqichni amalga oshirish jarayoni rahbarning ikki savolga javob 
olishidan iboratdir:
1.Qarshimdagi odam kim?
2.U qanday holatda?
Mana shu ikki savolga olingan javob mazmuni birinchi bosqich qancha 
puxta bajarilganligi haqida dalolat beradi. Rahbar shu ikki savolga batafsil javob
olgan taqdirdagina, u ikkinchi bosqichni amalga oshirishga kirishishi mumkin. 
Javoblar esa rahbar qarshisidagi xodimning muloqotga tayyorligini ifodalashi
lozim. Birinchi bosqichni amalga oshirishda rahbardan kuzatuvchanlik, o‘tkir zehn 


va mazkur odamning xatti-harakatiga qarab, uning ichki holatini aniq bilish
qobiliyati talab etiladi.
Masalan, aloqa o‘rnatish bosqichidagi birinchi savolga javob berar ekan,
rahbar qarshisidagi odam haqida quyidagi bilimlarni bilishi va nazarda tutishi
zarur:

1) yoshi;


2) mutaxassisligi, kasbi;
3) shu tashkilotda necha yildan beri ishlayotganligi;
4) oilaviy ahvoli;
5)qobiliyati (qaysi vazifani yaxshi bajaradi-yu, qaysi birini uddalay
olmaydi);
6) sog‘ligi haqidagi ma‘lumot va h.k.
Ushbu axborotga ega rahbar har qanday topshiriqni xodimga ishonch bilan
topshirishi va ijobiy natija kutishi mumkin.
Yuqoridagi savollarga javob olish uchun rahbar muloqot boshlanishidan
avval suhbatdoshi haqida iloji boricha ko‘proq ma‘lumotga ega bo‘lishi lozim.
Kontakt o‘rnatish bosqichining birinchi savoliga olingan javoblar rahbarni bo‘lajak
muloqotga tayyorlaydi, suhbatdoshning kuchli va zaif tomonlarini avvaldan
tasavvur etishga imkon yaratadi.
Kontakt o‘rnatish bosqichining ikkinchi savoli suhbatdoshning ichki holatini
aniqlash, suhbat chog‘ida uning ichki kechinmalari haqida boxabar bo‘lishni
taqozo etadi.
Qarshimizdagi odamning tashqi qiyofasi – tana holati, yuz mimikasi, qo‘l-
oyoq harakatlari va ovoz intonasiyasi – bularning hammasi insonning hozirgi
holati haqida ma‘lumot beradi va u suhbatning asosiy qismiga o‘tishga tayyormi
yoki yo‘qligi belgisidir. Suhbatdoshning tashqi qiyofasidagi bu ko‘rsatkichlar
odatda muloqotning noverbal, ya‘ni so‘zsiz jihatlarini tashkil etadi va kishining
ichki holati haqida haqqoniy ma‘lumot beradi.
Noverbal signallar, aksariyat hollarda ixtiyoriy boshqarish doirasidan chetda
bo‘lib, odamning haqiqiy his-tuyg‘ulari, niyat va xohishlari ko‘rsatkichi desak,
xato bo‘lmaydi. Masalan, ikki qo‘lni ko‘krak oldida qovushtirib, oyoqlarni tizzaga
ustma-ust qo‘yish yopiq holatni anglatadi va bu holat suhbatdoshning muloqotdan
o‘zini chetga olishi deb talqin etilishi mumkin. Aksincha, qo‘llarning yon atrofda
joylashishi, kaftlarning ochiqligi va oyoqni kerib sal oldinga engashib
turish/o‘tirish suhbatdoshga va muloqot mazmuniga xayrixohlikni anglatadi.
Suhbatdoshning ochiq yoki yopiq tana holati muloqot davomida o‘zgarib
turuvchi ko‘rsatkich bo‘lib, suhbat mazmuni qanday o‘tayotganligiga qarab u bizga
ochiq bo‘lishi, va agarda suhbat unga noqulayliklar tug‘dirganda esa yopiq pozani
egallashi mumkin. Masalan, ikki yaqin do‘st muloqotini kuzatsak, ularning tana
harakatlarida yopiqlik alomatlari deyarli ko‘rinmaydi. Ularning o‘zaro xayrixohlik
holati nafaqat tanasida, balki o‘rtadagi masofaning yaqinligida, o‘zaro suhbatdagi
muloyim tovush intonasiyasida, yuzidagi yengil tabassum ifodasida aks etadi.
Aynan shu ko‘rsatkichlar muloqot jarayonining ijobiy yo‘nalishda o‘tayotganligi
haqidagi asosiy belgilardir. Muloqot vaziyatida bunday belgilarning kuzatilishi,


o‘zaro munosabatning yaxshi o‘rnatilganligini, suhbatning ikkinchi bosqichiga
o‘tish mumkinligidan dalolat beradi.
Biroq, suhbatdoshdan kelayotgan noverbal signallar uning yopiq
holatdaligidan dalolat berib, muloqotning ikkinchi bosqichiga o‘tish imkoniyatini
cheklab qo‘yishi ham mumkin. Bunday vaziyatda rahbar qanday ish tutishi lozim
va qanday harakatni amalga oshirishi mumkin? Zamonaviy psixologiya fani
shunday bilim va ko‘nikmalarni bayon qilishi mumkinki, ularning ayrimlarini
qo‘llash muloqot muhitini ijobiylashtirishga, o‘zaro munosabatlarni yanada
muqobillashtirishga ko‘mak bo‘ladi. Bu boradagi birinchi va joiz qadamlardan biri
– rahbarning tashqi qiyofasi va ichki dunyosida muloqot uchun ijobiy holatning
aks etishidir. O‘zgaga xayrixohlik, samimiy munosabat, uning manfaatlari haqida
qayg‘urish alomatlari o‘z navbatida, xodim shaxsida ham shunday javoblarning
uyg‘onishiga ta‘sir etadi.
Kontakt o‘rnatish bosqichida muloqotning davom etishiga ijobiy xulosa
yakunlanmasa, eng oddiy maslahatlardan biri – xodimni nima bezovta
qilayotganligi va muloqotni davom ettirish qiyinligi sababi haqida ochiq-oydin
so‘rashdir. Ko‘pincha bu uslub kutilgan natijaga olib keladi va hatto xodim o‘zini
bezovta etayotgan ko‘ngilg‘ashligi haqida ochiq-oydin aytmasa-da, har holda
o‘zini tetik tutishga, diqqat-e‘tiborli bo‘lishga undaydi.
O‘zganing muloqotga tayyorligi anglangandan so‘ng, bu jarayonning
ikkinchi bosqichiga o‘tish mumkin. Ikkinchi bosqich – muloqotning asosiy
mazmunini tashkil etib, unda ish yuzasidan ko‘tarilgan masala, muammo
muhokama etiladi. Bu bosqichning muvaffaqiyatli o‘tishi, ma‘lum ma‘noda, rahbar
faolligini, maxsus faoliyat uslublarini qo‘llashni talab qiladi.
Masalani muhokama etishdagi asosiy jihatlardan biri – o‘zganing fikrini
yaxshi tushunish, muammo bo‘yicha o‘zga tomonning fikrini aniq anglashdan
iboratdir. Afsuski, muloqot jarayonida ko‘pincha shunday hollar kuzatiladiki,
muhokama qilinayotgan masala yuzasidan ikkala tomonda turlicha tasavvur paydo
bo‘ladi. Muammo bo‘yicha bunday tasavvurning paydo bo‘lishi, ming afsus, hyech
qachon uning yechimiga olib kelmaydi. Shuning uchun muloqotning bu bosqichida
muhokama etilayotgan masalani bir xil tushunish va hatto bir xil qarashni
shakllantirish tadbirini amalga oshirish zarur.
Ikkinchi bosqichda o‘zgani tushunishning asosiy sharti sifatida tinglash
malakasi namoyon bo‘ladi. Odatda, tinglashning faol va passiv ko‘rinishlari farq
etiladi. Faol tinglash, o‘zga fikrini idrok etish davomida tushunayotganlik
alomatlarini namoyon etishni anglatadi. Bunda suhbatdoshlar masala mohiyatini
aniqlashga oid savollar berishadi, suhbatning asosiy qismi yuzasidan xulosalar
bayon etishadi.
Passiv tinglashda esa boshqa tomonni tushunish borasida tushunish
alomatlari minimal darajada namoyon etiladi. Masalan, oddiygina bosh qimirlatib
tasdiqlash, «hmm», «ahha», «tushunarli» kabi iboralar bilan cheklanish.
Muammoli va qiyin vaziyatdagi muloqot olib borishda iloji boricha faol tinglash
malakasini namoyon etish lozim. Bunday sharoitda passiv tinglash suhbatdoshlar
orasida tushunmovchilikni, o‘zga tomon holati va tasavvuri haqida ma‘lumot
yetishmovchiligini yuzaga keltiradi.


Aniqlanishicha, har bir muloqot vaziyati xususiyatidan kelib chiqqan holda
faol yoki passiv tinglash turlarini qo‘llash mumkin. Lekin nazarda tutilayotgan
muloqot vaziyatida aynan faol tinglash uslubidan foydalangan ma‘qul.
Faol tinglash davomida shaxs faolligining asosiy uch jabhasi namoyon
bo‘ladi. Bular quyidagilar:
ü diqqatning suhbatdoshga yo‘nalganligi – vizual, ya‘ni ko‘z kontakti,
gapiruvchiga hurmat, sabr-toqat, tinglashga tayyorlik;
ü faollik – maqsadga yo‘nalganlik, qayta aloqa, tushunarli bayon etish,
odob-intizom;
ü xayrixohlik – ustunlikka intilmaslik, o‘z hissiyotini nazorat etish,
ma‘lumotni e‘tiroz bildirmay qabul qilish, salbiy hisning yo‘qligi, optimal nutq
tempi.
Muloqotning ikkinchi bosqichidagi asosiy xususiyat – muammo mazmuni
yuzasidan bir xil tasavvurning shakllanishiga va suhbatdoshlarning bir-birini
tushunishiga erishishdir. Ammo, muloqot davomida qator to‘siqlar mavjudki, ular
suhbatdoshdan kelayotgan ma‘lumotni to‘la tushunishga xalaqit beradi. Ma‘lumot
almashuvi bosqichlarini yodda tutish va unga muvofiq keluvchi faol aqliy
harakatni qo‘llash to‘siqlarni muvaffaqiyatli yengib o‘tishni, ma‘lumot
yo‘qolishini iloji boricha kamaytirish imkonini beradi.
Muammo mohiyati aniqlangandan so‘ng, uning yechimini topish lozim.
Shunga binoan, muammoni hal etish maqsadidagi muloqot jarayonining uchinchi
bosqichi – muammo yechimini izlash ham muhim o‘rin tutadi. Bu bosqich haqida
to‘laroq tasavvurga ega bo‘lish maqsadida nizo vaziyatidagi besh xil harakat
uslubini eslashimiz mumkin. Ma‘lumki, nizoli vaziyatda inson besh xil harakat
uslubidan birini tanlashga o‘z moyilligini bildiradi.
Bu harakat uslubi quyidagilar:
1) raqobat – masala aynan rahbar aytganiday hal bo‘lishi kerak;
2) yon berish – rahbar xodim ta‘kidlayotgan yechimni qabul qiladi;
3) kompromiss – masala ikkala tomonni ham qisman qoniqtiradigan yechim
orqali hal etiladi, lekin asosiy manfaatlar qondirilmaydi.
4) masalani muhokama etishdan qochish, ya‘ni turli bahona bilan masalani
hal etuvchi uzil-kesil yechim qabul qilinmaydi;
5) hamkorlik – ikkala tomonni qoniqtiruvchi yechim izlanadi va bu izlanish
davomida rahbar o‘z xodimi manfaati haqida qayg‘uradi, xodim esa rahbar va
tashkilot manfaatini nazarda tutgan holda o‘z muammosi yechimini izlaydi.
Muammoli masala yuzasidan muloqot olib borish xususiyati shundan
iboratki, muloqotda ishtirok etayotgan tomonlarning manfaatini qondiruvchi
yechim topilgan taqdirdagina, bu jarayonni muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin.
Hamkorlikka asoslangan, tomonlar manfaatiga mos keluvchi yechim topilgandan
keyingina qaror qabul qilinadi va muloqot muvaffaqiyatli tarzda ado etildi, deb
hisoblanadi. Suhbat oxirida xulosalar chiqarish, yechimni yana bir bor qayd etish
va qabul qilingan qaror yuzasidan qisqa izoh berib o‘tish mumkin.
Muammoli vaziyatda va mushkul masalani hal qilish chog‘ida muloqot olib
borish bosqichlari tasvirlangan 1-jadvalda har bir bosqichda rahbar tomonidan


bajariladigan zarur harakatlar va ushbu bosqich natijasi haqida tavsiflar keltirilgan.
Bosqichma-bosqich amalga oshiriluvchi muloqotning bu shaklidagi asosiy
shartlardan yana biri shuki, muloqot jarayonida o‘zaro munosabatga oid ijobiy
muhitni saqlab turishga intilish lozim. Kontakt yaxshi o‘rnatilgandan so‘ng, o‘zaro
munosabatlardagi ijobiy muhitni muloqot jarayoni davomida saqlab turishga
intilish lozim. Ushbu maqsadda suhbatdoshning noverbal signallaridan, uning
suhbat jarayoniga bo‘lgan munosabatini uqib olish, va kerak bo‘lsa, mavzudan
ma‘lum me‘yorda cheklanilsa ham, muhitni mo‘tadil tutish haqida qayg‘urish
tavsiya etiladi.


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə