|
![](/i/favi32.png) 1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari rejaYechilayotgan masalalar zanjirida asosiy bo‟ginni aniqlay olish tamoyili
|
səhifə | 46/64 | tarix | 24.12.2023 | ölçüsü | 1,41 Mb. | | #158967 |
| 1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v-fayllar.orgYechilayotgan masalalar zanjirida asosiy bo‟ginni aniqlay olish tamoyili.
Zamonaviy boshliq ishlash jarayonida ko‘p va har xil masalalarga (muammolarga)
duch keladi. Agar hamma masalalarni boshliqning o‘zi hal qilmoqchi bo‘lsa, uning
kuchi ham, vaqti ham, imkoniyati ham yetishmaydi. Shuning uchun boshliq
korxona oldida turgan masalalar ichidan eng asosiylari, ya‘ni birinchi navbatda
yechilishi zarur bo‘lganlarini ko‘ra bilish va ajratish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart,
ya‘ni yechiladigan masalalar zanjirida asosiy bo‘g‘inni aniqlay bilishi kerak.
Buning uchun boshliq adabiyot va axborot vositalarida e‘lon qilingan,
korxona yo‘nalishiga oid bo‘lgan materiallarni tahlil qilishi va o‘zida to‘g‘ri xulosa
chiqarishi, fan va texnika yutuqlarini o‘rganib, ularni o‘z korxonasida qo‘llash
yoilarini qidirishi, korxonaning sohasi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan ilg‘or
(raqobatdosh) korxonalarning ishlash usullarini o‘rganishi va iloji boricha
korxonasida o‘rgangan usul va vositalarni qo‘llash va nihoyatda o‘z korxonasining
yutuq va kamchiliklarini tahlil qilib, boshqa raqobatdosh korxonalarning faoliyati
bilan solishtirib chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak.
Bu tadbirlar korxonaning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ilg‘or
(raqobatdosh) korxonalar darajasigacha ko‘tarish imkoniyatini beradi.
Shuning uchun ham bu tamoyilga amal qilish boshqarish ama-liyotida
birinchi navbatda yechiladigan masalalarni aniqlash orqali iqtisodiyotni
(korxonani) samarali boshqarish imkoniyatini beradi.
Qabul qilinadigan qarorlarning ob‟yektivligi va ilmiyligi tamoyili. Ish
faoliyatida rahbar odamda ko‘p masalalar bo‘yicha har xil qarorlar qabul qilishga
to‘g‘ri keladi. Boshqarish sohasida qabul qilingan qarorlardan kelgan foydadan
kimlar manfaatdor bo‘lishiga qarab, ular ob‘yektiv va sub‘yektiv bo‘lishlari
mumkin. Qabul qilingan qarorlar jamoa, ishlab chiqarish va davlatni ko‘zda tutsa
ob‘yektiv, sub‘yektiv, ya‘ni qaror qabul qiluvchi shaxsning manfaatlarini ko‘zda
tutsa sub‘yektiv qarorlar bo‘ladi. Ko‘pincha qabul qilingan qarorlard.
|
|
|