1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


-jadval. Muammoli, qiyin va nizoli vaziyatda muloqot olib borish bosqichlari



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə49/64
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#158967
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v-fayllar.org

1-jadval. Muammoli, qiyin va nizoli vaziyatda muloqot olib borish bosqichlari 


Bosqichlar 

nomi 

Zarur ma‟lumotlar 

Zarur harakatlar 
1-bosqich 
Kontakt
o‘rnatish 
Qarshimdagi
odam kim? 
Yoshi, jinsi, ma‘lumoti, ijtimoiy
mavqyei, oilaviy sharoiti, 
sog‘ligiga shikoyatlari, uddalay
oladigan va uddalay 
olamaydigan vazifalar turkumi
va h.k
Suhbatdosh haqida
ma‘lumot to‘plash 
U qanday
holatda
Tananing ochiq yoki yopiq
holatdaligi, qo‘l va kaftlar holati,
yuz mimikasi ifodasi, bizga
nisbatan tutgan masofasi va shu
masofani o‘zgartirishimizga
bo‘lgan javobi
Kuzatuvchanlik va
xodimga moslasha
oluvchanlik. Empatiya
orqali xodimga
yaqinlashish va uning
holatini his etish
2-bosqich
Masalani
muhokama
qilish
Masala bo‘yicha mavjud
ma‘lumotlarga ega bo‘lish
Faol tinglash,
aniqlashtiruvchi savollar
berish va suhbatdoshi
fikrining asosiy
mazmunini takrorlab
o‘tish
3-bosqich
Yechim
variantlarini
izlash
Suhbatdoshi manfaatini doimo
yodda tutish va imkoniyatlarni
sanab o‘tish
Ikkala tomonni
koniqtiruvchi yechim
variantini izlash
4-bosqich
Qaror qabul
qilish

Hamma mavjud yechimlarni


sanab o‘tish va xodim uchun
maqbulini asoslash
Xodim manfaatiga
yo‘nalganlik


3.Muloqotda idrok jarayoni.


Muloqot jarayonida boshqalarga ta‘sir etish imkoniyati o‘z haqimizda ijobiy
taassurot uyg‘ota olishimizga bog‘liq.
Ijobiy munosabatlar shakllangan sharoitda o‘zgaga ta‘sir etish imkoniyati
katta bo‘lib, o‘zimiz haqimizda ijobiy taassurot uyg‘otish mexanizmlariga taalluqli
fikrlarni bayon etib o‘tish lozim. Psixologiya fanida o‘zgada ijobiy yoki yoqimli
taassurot uyg‘otish simpatiya deb ataladi, salbiy yoki noxush taassurot qoldirish
esa antipatiya deyiladi. Xo‘sh, suhbatdoshda biz haqimizda simpatiya uyg‘onishi
uchun nima qilish kerak? Buning uchun ikki shaxs muloqotga kirishganda ularning
o‘zaro munosabatlaridagi ko‘zga ko‘rinmas ba‘zi bir xususiyatlarni tahlil qilib
o‘tish o‘rinlidir. Aynan shu «mayda» xususiyatlar ko‘p jihatdan o‘zgada simpatiya
uyg‘otish manbaalari bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Mashhur psixolog A.A. Bodalev tanishuv jarayonida o‘zgalar haqida qay
tarzda ma‘lumot olinishini aniqlash borasida maxsus tajribalar o‘tkazgan.
Aniqlanishicha, boshqa odam idrok qilingan paytda birinchi bo‘lib uning
soch turmaklashiga e‘tibor qaratilar ekan. Sochdan keyin e‘tibor insoning ko‘ziga
karatiladi. Ma‘lumki ko‘z, o‘z navbatida, inson haqida juda ko‘p ma‘lumot beradi.
Boshqa tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, inson ko‘z qorachig‘ining me‘yordan
ko‘ra salgina kengayishi o‘zga kimsalarda unga nisbatan jozibadorlik ruhini
uyg‘otadi. Aksincha, ko‘z qorachig‘inig torayishi esa atrofdagilarni o‘zidan jerkish
kuchiga egaligi aniqlangan. Quvnoq va hayotga zavq bilan qaraydigan kimsalar
nafaqat tabassum qiladilar, balki ularning ko‘z qorachig‘i ham noxush his
uyg‘otuvchi kimsalarga nisbatan kengroq bo‘lar ekan. Demak, insonning aynan
yuz ifodasi simpatiya uyg‘otuvchi birlamchi manba hisoblanadi.
Shundan so‘ng insonning tana harakatlari, gavdasini tutishi, yurish turishi
idrok etiladi. O‘ziga va imkoniyatlariga ishongan kimsa doim qaddi-qomati tek
turadi va hatto o‘zidan faxrlanish hissini yog‘dirib turadi.
Navbatdagi e‘tibor qaratiladigan jihat muloqot jarayonidagi kimsaning
shaxsiy xislatlaridir. Bir-birining tashqi qiyofasiga e‘tibor qaratgan suhbatdoshlar
ma‘lum vaqtdan so‘ng «Bu qanday kimsa?», «U qanday xislatlarga ega?» degan
savollarga javob izlay boshlashadi.
Aytib o‘tilgan idrok bosqichlari muloqot jarayonida o‘ziga nisbatan
simpatiya uyg‘otish asoslarini shakllantirish imkonini beradi. Va kezi kelganda
o‘zgalarga nisbatan noo‘rin uyg‘onayotgan birlamchi taassurotlarni yengib o‘tish,
ularning ta‘sirida chalg‘ib qolmaslik uchun ham imkoniyat yaratadi.


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə