1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Muloqot – tarbiya vositasi sifatida



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə50/64
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#158967
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v-fayllar.org

4.Muloqot – tarbiya vositasi sifatida.
Muloqot (arabcha so‗z bo‗lib- ―uchrashish, ko‗rishish; qabul qilish 
ma‘nosini anglatadi‖) insonlar o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar va fikr almashuv
shaklining bir turi


1
.

Shunday ekan, inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta‘lim-tarbiya,


turli munosabatlar, axloqiy me‘yorlar, g‗oya va mafkura omillari ta‘sirida yashab
ijtimoiylashadi va barkamol shaxs sifatida shakllanadi va rivojlanadi. Tarixiy
tajriba va amaliy faoliyat shundan dalolat beradiki, insonni jamiyatdan va
shaxslararo bo‗ladigan o‗zaro muloqotidan ajratib qo‗yish uning shaxs sifatida
1
. O‘zek tilining ioxli lg‘ati. 2-tom, Moskva, «Rus tili» nashriyoti, 1981, 636-bet. 


shakllanishiga imkon beradigan ijtimoiy sifat, xususiyat hamda fazilatlardan
mahrum bo‗lishiga olib keladi. Chunki muloqot inson amaliy faoliyatining
moddiy-ma‘naviy shakllarini hamda uning ehtiyojlarini aks ettiradi. ―Hech
kimga sir emaski, deb yozgan edi polyak psixologi E.Meliburd,- shaxslararo
munosabat biz uchun nafas olayotgan havodek zarurdir‖.
Bu xususda fransuz yozuvchisi Antuan de –Sent Ekzyuperining ―Yagona
haqiqiy boylik bu insonlar orasidagi munosabat va muloqot boyligidir‖ degan
fikrlari diqqatga sazovordir.
Shu o‗rinda tarixga bir nazar solib, buyuk yunon mutafakkiri Aristotel
(Arastu)ning muloqot madaniyatiga doir ibratli sifatlarini esga olsak yomon
bo‗lmaydi. U Afinada maktab- Likey tashkil etib, bu maktabni 13 yil boshqargan.
Aristotelning maktabi Likeydagi ta‘lim uslubi va o‗quv texnologiyasi
haqida fikr yuritadigan bo‗lsak, ta‘lim jarayonida ko‗p sonli tinglovchilar orasida
o‗zaro tenglik, bahs-munozara, erkin fikr, o‗zaro hurmat hukm surgan. ya‘ni
muloqot madaniyati, muomala madaniyati, bahs-munozara yuritish madaniyati,
muzokara madaniyati, nihoyatda kuchli, nafis, ehtirosli bo‗lganligidan darak
beradi.
Shu ma‘noda muloqot va muomala madaniyatining tarkibiy qismi nutq
madaniyatidir. Chunki nutq va unda ifodalangan so‗z ohangi kishiga ta‘sir
etuvchi qudratli psixologik (ruhiy) kuchga ega, u nafaqat so‗zning mazmuni, balki
so‗zlovchining aytayotgan fikrini ifoda qilish uslubi bilan ham uning ta‘sir
darajasi va qudrati yanada ortishi mumkin. Masalan ―Salom‖ so‗zining turli
ohangda ifodalanishining 10 dan ziyod shakli, ya‘ni ma‘nosi bor:
1. Salom! – ―Keling‖ degan ma‘noda.
2. Salom! – ―Xo‗sh, xizmat‖ degan ma‘noda.
3. Salom! – ―YAna keldingmi?‖ degan ma‘noda.
4. Salo-o-m! – ―Juda vaqtida kelding‖ degan ma‘noda.
5. Salom?! – ―Men sizni tanimayapman‖ degan ma‘noda.
6. Salom!!! – ―Gap tamom‖ degan ma‘noda.
7. Salom! – ―Ha, ishing tushdimi!‖ degan ma‘noda.
8. Salom! – ―Bir pas kutib turing‖ degan ma‘noda.
9. Salom! – ―Vaqtim yo‗q, ketaver!‖ degan ma‘noda.
10. Salom! – ―Mana ishim bitdi, gapir endi‖ degan ma‘noda va hokazolar.
Shuningdek, ―Ha‖ so‗zini ifodalashning 50 dan ortiq shakli bor bo‗lsa,
―yo‗q‖ so‗zini aytishning ham xuddi shunday ohangdagi ma‘nosi mavjud, ammo
bir, ya‘ni bu so‗zni yozishning faqat bir uslubi bor‖
1
.

Bu fikrning zamirida muloqot madaniyatiga doir juda nozik qochirim


yashiringan. Zotan, kishilar muloqotining asosida so‗z-fikr turar ekan, fikrni
bayon etish ifodasi har bir kishining saviyasi, ma‘naviy dunyosi hamda
madaniyatiga bog‗liq. Falsafa, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlarda keng
qo‗llaniladigan miqdor, sifat, me‘yor tushunchalari insoniy muloqot madaniyati
uchun ham to‗la muofiq keladi, binobarin , muomalada ham me‘yorni bilish
zarur.
1
М.Назаров. Мулоқот маданияти ҳақида. «Мулоқот», 2000 йил 6-сон, 23-бет. 


Muhimi shundaki, muloqot jarayonida kishilar o‗rtasida fikriy
mushtaraklik, o‗zaro ta‘sir hamda axborot almashinuvi yuzaga kelishi bilan
birga, ular ijtimoiy ma‘noda bir-biriga tarbiyaviy ta‘sir ham o‗tkazadilar. Lekin
inson tabiatining shunday murakkb qirralari borki, uni mukammal bilish va
o‗zlashtirib olish mumkin emas. Buyuk mutafakkir Ahmad Donish ta‘biri bilan
aytganda. Olamdagi jonli narsalarda hayvoniy va shaytoniy sifatlar bor. Bu
quvvatlar birlashtirilib «hosil bo‘lgan hamirdan bir jonli narsa yaratilib, uning 


otini inson deb aytganlar, haqiqatdan, – deb davom etadi mutafakkir- inson ulug‘ 

olamdir»

1

. Insonning fazilatlari hamda nuqsoni haqida u shunday yozadi: «Agar 

sen tafakkur daryosiga cho‘msang, etti osmonni xayoling qutichasiga joylaysan: 

agar qahri g‘azabing kelsa, yo‘lbarsni mushukdek ham ko‘rmaysan, agar 

mehribonliging tutar ekan, bechora chumolini kipriging ustida saqlaysan; agar 

sahiyliging jilva qilsa, kiygan to‘ningni muhtojga berib, o‘zing yalang‘och 

qolasan; agar baxilliging tutsa, qumursqa og‘zidagi donni talashasan»

2


Shaxslar orasidagi nutqli va nutqsiz o‗zaro aloqa jarayonidir. Muloqot ikki 
va undan ortiq odamlar o‗rtasida birgalikdagi hayot va faoliyat ehtiyojlaridan kelib
chiquvchi real aloqalar. Muloqot haqida gap ketar ekan, bunda uchta bir-biridan 
alohida o‗z roli va vazifasiga ega bo‗lgan va bir-biriga bog‗liq, bir-birining
ahamiyati va sifat darajasini to‗ldiruvchi tushunchalarning farq etilishi lozim deb 
hisoblaymiz. Bu tushunchalar, muloqot, muomala va munosabat kabilardir.
Muloqotning tarkibiy qismi bo‗lib, uning sifat darajasi, negizi va asosini 

tashkil etadi. Muloqot qatnashuvchilarining shaxsiy xulq-atvorlari, bir-birlariga


bo‗lgan munosabatlarida (ijobiy, salbiy, betaraf va h.k.), ular o‗rtasidagi 
muloqotning yoqimli yoki yoqimsiz (empatiya yoki antipatiya) bo‗lishi
odamlarning o‗zaro muomalalariga bog‗liq bo‗ladi. Muomala muloqotning sifat 
darajasini belgilar ekan, hech qanday ijobiy muloqot muomalasiz bo‗lmaydi.
Shunday ekan, muomala – odamlarning bir-biriga ma‘lumotlarni qanday usullar, 
yo‗llar, his-tuyg‗ular, emotsiyalar bilan etkazishlari, ifodalashlaridir.
Muloqot ishtirokchilari o‗rtasida almashilgan fikr, axborot, voqea, hodisa va 

hokazo kabilarga har bir ishtirokchining yondashishlari, his-tuyg‗ulari va har bir


ma‘lumot, axborot, xulosa va hokazolar haqida fikrlaridir.
Demak, munosabat odamlarning tabiat va tevarak-atrofdagi narsalar, voqealar,
fikrlar, hayotiy, ijtimoiy aloqalar va hokazolarni qanday anglanilganligiga qarab 
paydo bo‗ladigan sub‘ektiv his-tuyg‗ulari va fikrlaridir.


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə