1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə50/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari 
Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‗zlagan 
maqsadlaridan biri — o‗zaro bir-birlariga ta‘sir ko‗rsatish, ya‘ni fikr-g‗oyalariga
ko‗ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‗zgartirish va yaxshi taassurot 
qoldirishdir. Psixologik ta‘sir — bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari,
hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta‘sir ko‗rsata olishdir. 
Hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiquvchi, shaxslararo
muloqot rivojlanishining ko‗p qirrali jarayonidir. Muomala madaniyati quyidagi 
tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
1
Аҳмад Дониш. Наводирул вақое. – Т.: «Фан», 1964, 325-бет. 

2
Ўша жойда, 325-326-бетлар. 





Muloqotning kommunikatsiv tomoni – muloqotlarga kirishuvchilar
o‗rtasidagi ma‘lumot almashinuvi jarayoni. 
Muloqotning perseptiv tomoni – muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini
idrok etishlari va tushunishlari bilan bog‗liq bo‗lgan murakkat psixologik jarayon. 
Muloqotning interaktiv tomoni – muloqotga kirishuvchilarning xulq-
atvoriga ta‘sir. 
Psixologiyada psixologik ta‟sirning asosan uch vositasi farqlanadi:

1.Verbal ta‟sir — bu so‗z va nutqimiz orqali ko‗rsatadigan ta‘sirimizdir.
Bundagi asosiy vositalar so‗zlardir. Ma‘lumki, nutq — bu so‗zlashuv, o‗zaro 
muomala jarayoni bo‗lib, uning vositasi — so‗zlar hisoblanadi. Monologik nutqda
ham, dialogik nutqda ham odam o‗zidagi barcha so‗zlar zahirasidan foydalanib, 
eng ta‘sirchan so‗zlarni topib, sherigiga ta‘sir ko‗rsatishni hohlaydi.

2.Paralingvistik ta‟sir — bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past 
tovushda ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to‗xtashlar, duduqlanish,
yo‗tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. SHunga qarab, 
masalan, do‗stimiz bizga biror narsani va‘da berayotgan bo‗lsa, biz uning qay
darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan 
«Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.

3.Noverbal ta‘sirning ma‘nosi «nutqsiz»dir. Bunga suhbatdoshlarning
fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‗rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), 
qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi
qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi 
muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq
bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki 
daqiqalarida o‗rtog‗ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko‗rganimdan biram
xursandman», desa, ishonasizmi?

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə