1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Muloqotning qanday kechishi va kimning ko„proq ta‟sirga ega bo„lishi



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə51/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Muloqotning qanday kechishi va kimning ko„proq ta‟sirga ega bo„lishi 

sheriklarning rollariga ham bog„liq: 

Ta’sirning tashabbuskori — bu shunday sherikki, unda ataylab ta‘sir
ko‗rsatish maqsadi bo‗ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha 
yuqorida ta‘kidlangan vositalardan foydalanadi. Agar boshliq ishi tushib, biror
xodimni xonasiga taklif etsa, u o‗rnidan turib kutib oladi, iltifot ko‗rsatadi, hol-
ahvolni ham quyuqroq so‗raydi va so‗ngra gapning asosiy qismiga o‗tadi.

Ta’sirning adresati — ta‘sir yo‗naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning
suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo‗lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo‗lsa, u 
tashabbusni o‗z qo‗liga olishi va ta‘sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin
bo‗ladi. 
Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi «YAxshi suhbatdosh — 

yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir»


deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‗lishini nazarda 
tutgan edi.

Nemis faylasufi A.Shopengauer «Odamlarni o‗zingiz to‗g‗ringizda yaxshi


fikrga ega bo‗lishlarini hohlasangiz, ularni tinglang» deb yozgan ekan.



Nutq – bu og‗zaki kommunikatsiya, ya‘ni til yordamida muloqot o‗rnatish
jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron–bir mazmunni anglatadigan so‗zlar 
og‗zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. So‗zlar eshittirilib yoki ovoz
chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‗yilishi yoki kar–soqov kishilarda ma‘lum bir 
mazmunga ega bo‗lgan imo–ishoralar vositasida almashtirilishi mumkin.

Quyidagi nutq turlari farq qilinadi: 
Yozma va og‗zaki nutq. O‗z navbatida og‗zaki nutq diologik va monologik 
nutqlarga bo‗linadi. Og‗zaki nutqning eng sodda turi diolog, ya‘ni biror narsani
muhokama qilayotgan suhbatdoshlar nutqidir. Og‗zaki nutqning ikkinchi turi 


monolog nutq bo‗lib, uni bir kishi boshqasiga yoki uni tinglayotgan ko‗plab
kishilarga qarata gapiradi. Bunga o‗qituvchining hikoyasi, o‗quvchining 
kenggaytirilgan javobi, ma‘ruza va shu kabilar kiradi.
Dialog nutqda til qoidalariga unchalik rioya qilinmasa ham suhbatdoshlar 
bir–birlarini tushunaveradilar.



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə