1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə59/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

2.Qaror qabul qilish darajalari. 
Qaror qabul qilishning to‘rtta darajasi farqlanib, ularning har biri doirasida 
harakat qilish uchun ma‘lum boshqaruv malakalari talab etiladi.


1-jadval. Qaror qabul qilish darajalari. 


Qaror shakli 

Zarur malakalar 
Birinchi daraja: 


Odatiy, kundalik 
Yo‘riqnoma va qoidalarga so‘zsiz amal qilish, vaziyatni 
to‘g‘ri baholash. Nazoratni tashkil etish.
Ikkinchi daraja: 


Tanlovga asoslangan 
Maqsadlarni o‘rnatish. Rejalashtirish. Ma‘lumotlarni 
tahlil etish
Uchinchi daraja:


Moslashuvchan 
Muammoni 
identifikasiyalash.
Muammoni 
tizimli
ravishda yechish. Ishchi guruhlarni tashkil etish. Mavjud 
xavflarni tahlil etish
To‘rtinchi daraja: 


Innovasion 
Ijodiy boshqarish. Strategik rejalashtirish 


Odatiy qarorlar korxona rejasi bo‘yicha amalga oshuvchi kundalik dastur
asosida qabul qilinadi. Paydo bo‘lgan muammo mavjud yechimlar majmuasi bilan 
qiyoslanadi, ular ichida maqbuli qabul qilinadi va amalga oshiriladi. Tashkilotdagi
odatiy hollarda «mana bunday vaziyatda, mana bunday qilish kerak» qabilida ish 
tutiladi va aynan shu uslub o‘rta va quyi bo‘g‘in menejerlariga xos asosiy qaror
qabul qilish shakliga aylanadi. Bunday vaziyatdagi qiyinchiliklar menejerning 
malakasizligi, mavjud yo‘riqnomalarni yaxshi bilmaslik, vaziyatni noto‘g‘ri
baholash yoki shaxsning jur‘atsizligi asosida kelib chiqishi mumkin. Vaziyatni 
to‘g‘ri idrok etuvchi va maqbul xulosalar chiqaruvchi hamda natijalarni nazorat eta
olish qobiliyatiga ega bo‘lgan menejer ushbu vaziyat uchun uzukka ko‘z 
qo‘ygandek bo‘ladi. Qaror qabul qilishning bu darajasida ijodiy yondoshuv talab
etilmaydi, chunki vaziyat yechimlari avvaldan belgilangandir.



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə