1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə62/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

II bosqich - g’oya yaratish. Masala yechimiga oid g‘oyani yaratishning turli
usullari bo‘lib, ular ichida eng samaralisi «aqliy hujum» uslubidir. Bu uslubning 
asosiy tamoyillari quyidagilar:
 turli kasbga mansub 5-10 ta mutaxassislardan iborat guruh ishlaydi; 
 ushbu guruh a‘zolari iloji boricha ruhiy va jismoniy jihatdan o‘zlarini
erkin sezishlari lozim;
 yechimga oid taklif etilayotgan g‘oyalarni tanqid qilish ta‘qiqlanadi.
Boshqalar berayotgan g‘oyani faqatgina rivojlantirish, maqtash mumkin yoki uning 
o‘rniga o‘z g‘oyasini taklif etish lozim;
 har qaysi g‘oya, garchand u g‘aroyib va ma‘qul kelmasligiga qaramay 
«aqliy hujum»ning boshlang‘ich davrida unga baho berilmaydi va hamma fikrlar
yozib boriladi; 
 g‘oya muallifi ko‘rsatilmaydi;
 ish tugagandan so‘ng hamma taklif etilgan g‘oyalar mantiqiy tarzda 
tartibga keltiriladi va ekspertlardan iborat guruhda muhokama etiladi.

III bosqich: yig’ilgan g’oyalarni baholash, maqbul fikrlarni saralash.
Avvaliga har bir g‘oyaning ijobiy tomonini baholab chiqish, so‘ngra uning 
samaradorligini, amalga oshirish imkoniyatini, xarajatli tomonlari va boshqa
o‘lchamlarini aniqlab olish zarur. Shu bilan birga, ushbu g‘oyaning tanlanishi 
oqibatida yuz beradigan xavf baholanar ekan, afsuski ko‘pchilik rahbarlar uchun
ayni mezon yetakchi o‘ringa chiqib qoladi. Bunda taklif etilayotgan g‘oya chetda 
qolib, boshqa yo‘nalish tanlansa, masala yechimi tamoman boshqa tus oladi va
guruh boshi berk ko‘chaga kirib qoladi.


IV bosqich: yangi qarorni rejalashtirish va amalga oshirishdan iboratdir.
Bunda qaysi ish, qanday muddatda va kimning ishtirokida bajarilishi kerak, degan 

savollarga javob olinadi. Qarorni amalga oshirishga jalb etiluvchi ishchi guruhi,


umumiy rejani va unga oid amaliy harakatlarni aniq tasavvur eta olishi lozim.



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə