1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə53/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

3.Muzokara olib borish bosqichlari. 
Muzokaraning samarali o‘tishi ko‘p jihatdan amalga oshirilgan tayyorgarlik 
jarayonining puxtaligiga bog‘liq. Bu xususida tadqiqotchi R.I.Mokshanov quyidagi
tadbirlarni amalga oshirish dasturini taklif etadi: 
1.Muzokara maqsadini aniq ifodalay bilish.
2.Ushbu maqsadga erishishga yordam beruvchi vazifalarni aniqlash (ya‘ni 
maqsadga erishish yo‘lida qanday qadamlarni bosib o‘tish lozim).
3.Muzokaralarning tashkiliy qismini aniqlashtirish: 
 o‘tkazish muddati
 o‘tkazish joyi 
 joyni tayyorlash
 muzokara jarayoni uchun xavflarni bartaraf etish 
 delegasiya tarkibi
 muzokaralarni moliyalashtirish manbaalari 
 muzokara ishtirokchilariga sarf-harajatlar (kanselyariya anjomlari, video
va audio moslamalar mavjudligi, tarnsport, aloqa, oziq-ovqat ta‘minoti, tanaffus va 
kofe-breyklar)
 o‘zga tomon delegasiyasini kutib olish va joylashtirish 
 madaniy dam olish dasturini ishlab chiqish
 sovg‘a-salom va yodgorliklar 
 yakuniy ziyofat
 delegasiyalarni kuzatish. 
4. Muzokara asosidagi manfaatning turli darajalarini bilish.
5. O‘zga tomonning manfaatlarini iloji boricha batafsil tasavvur etish. 
6. Muzokaraning quyidagi jihatlari bo‘yicha ma‘lumot to‘plashga erishish:
 muhokama masalasining tarixi, xozirgi holati va ko‘rsatkichlari; 
 muzokarada ishtirok etuvchi delegasiya vakillari haqida ma‘lumot (yoshi,
kasbi, shu sohadagi tajribasi, qiziqishlari, xarakter xislatlari, ularning sheriklari 
kimlaru, raqiblari kimlar, ular orasida ikkilanuvchilar bormi va x.k.).
7.Iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, psixologik sohalarda maslahatchilarga bo‘lgan 
ehtiyojni aniqlash.
8.Muzokara jarayonining umumiy strategiyasini aniqlash. 
9.Vaziyatga qarab qanday harakatni amalga oshirish taktikasini belgilash.
10.Muhokama etilajak muammoning mavjud yechimlarini aniqlab qo‘yish.

11.Agar muzokara uzilsa, qay tarzda maqsadga erishish yo‘lini belgilash.


12.Muzokaralar o‘tayotgani va natija haqidagi ma‘lumotlarni qay tarzda 
yoritish masalasini o‘ylab qo‘yish (masalan, ommaviy axborot vositalarida).
Ko‘rinib turganidek, muzokaraga tayyorlanish bu jarayonni boshidan 
oxirigacha puxta rejalashtirish demakdir. Muzokarani tadqiq etish sohasidagi
ko‘pgina olimlar fikricha, uchrashuv natijasi, maqsadga erishishning asosiy sharti 
muzokara olib boruvchi shaxsning psixologik jihatlariga kelib taqaladi.
Bu jihatlar qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: muzokara olib 
boruvchining maqsadni aniq bilishi va unga intilishi, ko‘p sohalarda parallel tarzda
fikrlashiga qaramay maqsadni ko‘zdan yo‘qotmaslik, qay vaziyatda va vaqtda 
qancha ma‘lumot berishni bilish, o‘z nufuzi va mavqyeiga oid hissiyotning
ijobiyligi, muzokara vaziyatida diqqatni jamlash va bir nechta yo‘nalishga diqqatni 
jalb etish kabi qator psixologik omillar muzokara olib boruvchi shaxsning o‘ta
qiyin vaziyatda to‘g‘ri yo‘l topa olishi uchun asosiy shartlardir.
Samarali muzokarani amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri –muzokara
guruhidir. Oqilona tashkil etilgan muzokarada kamida uch kishi qatnashishi o‘rinli. 
Muzokaradagi birinchi shaxs rahbar bo‘lib, suhbat davomida asosiy faoliyatni o‘z
qo‘liga oladi. Ikkinchi ishtirokchi esa o‘zga tomon vakillarining psixologik holatini 
talqin qiladi, ularning manfaatlarini o‘rganadi, ular nimani ta‘kidlashyapti-yu,
nimada o‘z so‘zlariga qarshi chiqishayotganini aniqlaydi va x.k. 
Umuman olganda, kuzatuvchilik vazifasini o‘tayotgan xodimning vazifasi
o‘zga tomon vakillarining qanchalik samimiyligi darajasini aniqlashdan iborat. 
Kuzatuvchi bergan ma‘lumotlar nafaqat o‘zga tomon, balki rahbarning aniq-noaniq
harakatlari borasida ham bo‘lishi maqsadga muvofiq, ya‘ni rahbar kuzatuvchidan 
o‘z xatti-harakati o‘rinliligi yoki asosiy maqsadga zid borayotgani haqida
ma‘lumot olib turadi. Guruh rahbari oradagi tanaffusdan foydalanib kuzatuvchidan 
ma‘lumot oladi va muzokara jarayonini o‘zgartirish yoki takomillashtirish uchun
asos yaratadi.
Guruhning uchinchi a‘zosi esa muzokara jarayonidagi ahamiyatli qismlarni
yozma qayd etadi, protokol olib boradi. Ikki yordamchi bergan ma‘lumot asosida 
rahbar eng maqbul qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma‘lumki, har qanday muzokara tanishish, kontakt o‘rnatishdan boshlanadi. 
Muzokara jarayonining boshlanishidayoq o‘rnatilgan hissiy muhit ko‘p jihatdan
uning keyingi bosqichlarida o‘z aksini topadi va har bir tomon ushbu muhitni 
ijobiylashtirishga alohida e‘tibor berishi lozim. Axir, muzokaraning buzilishi
ko‘rsatkichlaridan biri ayni shu muhitning sovuqlashuvi bilan ifodalanadi.
Muzokara qiyin o‘tayotgan vaziyatdagi asosiy shartlardan biri – keyingi
uchrashuv uchun ham «oq yo‘l» qoldirishdir. hatto o‘ylangan natijaga erishilmagan 
taqdirda ham, bizdan keyingi delegasiya muzokara olib borishi uchun imkoniyat
qoldirishimiz zarur. Muzokarlarni ta‘minlovchi muhit haqida o‘ylar ekanmiz, 
o‘zga tomon vakillariga xos bo‘lgan xususiyatlar haqida iloji boricha to‘la
ma‘lumotga ega bo‘lish lozim. 
Ma‘lumki, turli millat yoki jins, yoki yosh vakillari o‘ziga xos xususiyatga
ega bo‘lib, bu xususiyatlarni muzokara oldidan bir bor qayd etish suhbatni 
ko‘zlangan maromda olib borish imkonini beradi. hozirga kelib, xalqaro


munosabatlar mavzusiga tegishli adabiyotlarda turli xalqlarga xos bo‘lgan milliy


psixologik xususiyatlar haqida ko‘plab ma‘lumotlar yozilgan. Bunday manbaalar 
bilan tanishish, yoki o‘zga guruhga oid yosh, jins, kasb mavzusidagi psixologik
bilimlarni qayd etish muzokara boshlanishi chog‘idayok ijobiy muhitni yaratishga 
katta ko‘mak bo‘ladi.
Uchrashuv natijalari ko‘pincha suhbat olib borish uslubiga va muzokaralar 
qurishning metodologik asosiga bog‘liq. Psixologik nuqtai nazardan, anchagina
malakali tartibda o‘tadigan muzokara turi «maqsadga yo‘nalgan muzokara» deb, 
ataladi. Bunday muzokaraning asosiy mohiyati –ob‘yektiv me‘yorlarga asoslangan
qaror topish maqsadida suhbat uchun maqbul sosial-psixologik sharoitlarni 
yaratishdan iboratdir.
Bunda, ob‘yektiv me‘yorlar sifatida yo‘riqnomalar, huquqiy qonunlar va 
imzolangan shartnomalar ishtirok etadi. Muzokara olib borishning bu turi ish
mohiyatiga qat‘iy yondoshish va uchrashuv ishtirokchilariga nisbatan esa iltifotli 
munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi. Maqsadga yo‘nalgan muzokaralar qo‘yilgan
maqsadlarga erishish va shu bilan birga insoniy munosabatlarni saqlab qolish 
imkonini beradi.
Maqsadga yo‘nalgan muzokaradagi asosiy tamoyillardan biri –tomonlarning 
muammoga qarashi, masalaga bo‘lgan munosabati yuzasidan baxs olib borilmaydi,
balki tomonlarning muammoda ifodalangan manfaatini aniqlash va uni qondirish 
yo‘l-yo‘rig‘ini izlashdan iboratdir. Muzokara jarayonida asosiy diqqat-e‘tibor
nizodagi tomonlar pozisiyasiga emas, balki bahs predmetiga qaratiladi. Bahs 
predmeti, uni hal etish asosiy va yagona masaladir. Muzokara uch natijaga
erishilganda muvaffaqiyatli deb hisoblanishi mumkin:
1) oqilona kelishuv;
2) vaqtni tejash; 
3) tomonlar o‘rtasidagi munosabatning yaxshilanishi (hyech bo‘lmaganda
yomonlashmasligi).
O‘zga tomonning qarashini, ularning fikrlash uslubi va masalaga munosabati
ustida bahs olib borish o‘zganing e‘tiqodi va nafsoniyatiga putur yetkazish bilan 
barobardir, bunday vaziyatda esa muzokaraning uzilishi muqarrardir. Demak,
muzokara qarashlar o‘rtasidagi kelishmovchilikni emas, balki turli manfaatlar 
o‘rtasidagi kelishmovchilikni hal etishdan iboratdir. Muzokara olib borar ekanmiz,
muammoni muhokama etishda qat‘iy turishimiz va ishtirokchilar bilan 
munosabtlarda esa yumshoq bo‘lishimiz kerak.
Muzokara tashkil etilishida uchrashuv kimning hududida o‘tishiga katta 
e‘tibor beriladi. Mehmonni kutib oluvchi tomon qator shartlarni amalga oshirish
bilan birga, o‘z xududida ma‘lum imtiyoz va qulayliklarga ham ega bo‘ladi. 
Shuning uchun ham, xuddi sport musobakasi kabi o‘z hududida o‘tayotgan
uchrashuvdan rahbar maqsadga erishish yo‘lida iloji boricha ko‘proq foydalanib 
qolishi lozim. o‘zga tomon hududida muzokara olib borishning ham o‘z
xususiyatlari bor. Bu esa avvalambor, mexmonlik mavqyeidan foydalanish va hatto 
natijasi qoniqarsiz bo‘layotganda muzokarani yanada uzoqroq muddatga cho‘zish
imkoniyatidir.

Yuqorida aytilganidek, muzokaralar davomida nafaqat masala hal etiladi,


balki bo‘lajak munosabatlarni takomillashtirish uchun poydevor ham quriladi. Shu 
munosabat bilan muzokara jarayonidagi ikki asosiy jihatni ajratib olgan ma‘qul:
1.Muhokama predmeti. 
2.Insoniy munosabatlar tahlili.
Bu ikki jihat o‘zaro munosabatda ikki tamoyilga rioya qilishni nazarda 
tutadi. Birinchidan, muhokamaga qo‘yilgan masalada yutkazib qo‘ymaslik lozim,
ikkinchidan o‘rtadagi insoniy munosabatlar buzilib qolmay, balki yaxshilansin.
Muzokara davomida insoniy munosabatni rivojlantirish hisobiga muhokama
predmeti yuzasidan yutuqni qo‘lga kiritish mumkin. Masalan, jangari filmlarda 
ko‘plab namoyish etiluvchi lavhalardan biri – yaxshi va yomon polisiyachilar
xulqidir. Yomon polisiyachi shubha ostidagi kimsaga avvaldanoq qo‘pol 
munosabatda bo‘ladi va o‘rtadagi munosabatni nizo darajasiga olib keladi, ikkinchi
polisiyachi esa shubhali odamga o‘ta ijobiy va olijanob munosabatda bo‘ladi. 
Natijada yaxshi polisiyachi jinoyat yuzasidan yashirilgan ma‘lumotni «xamirdan
qil sug‘urganday» tortib oladi. Ikki qarama-qarshi hissiy munosabatga asoslangan 
taktika tergov jarayoni negizini oshkora etishga yordam beradi.
Muzokara o‘tishidagi asosiy bosqichlardan biri – yechim talab etayotgan 
masalani muhokama qilish jarayoni bo‘lib, bunda ushbu masala yuzasidan
tomonlarning fikrini aniqlashga e‘tibor qaratiladi. Bu bosqichda tomonlarning 
masala yuzasidan fikri aniq tasavvur etilishi lozim.
Muzokara ishtirokchisidan bu bosqichda talab qilinuvchi malaka - o‘z fikrini 
aniq, ravon bayon etishdir. O‘z navbatida, boshqa tomonning mulohazasini butkul
tushunish uchun aniqlashtiruvchi savollar berish o‘rinlidir.
Muammoni hal etishga oid yechimlardagi farq va ziddiyatlarni hisobga
olgan holda, odatda kompromistik yoki ikkala tomonning manfaatini qondiruvchi 
qarorga kelinadi. Bordiyu muammo yechimini ishlab chiqish bosqichi haddan
tashqari ko‘p vaqt talab qilsa, muzokara jarayonida qisqa tanaffus e‘lon qilish 
o‘rinlidir.
Muammo yechimi ikkala tomonni qoniqtirishi juda qiyin. Shu maqsadda 
muzokara davomida bir necha yechimlar ustida bosh qotirish maqsadga muvofiq.
Har safar u yoki bu yechim ustida to‘xtalar ekanmiz, unga ta‘sir etuvchi omillarni 
aniqlab olishimiz va to‘xtamga kelishimizga salbiy ta‘sir etuvchi kuchlarni bartaraf
etish imkoniyatini izlab topishimizni ham taqozo qiladi. Mana shu kuchlar ichida 
psixologik mazmunga egalari ustida biroz to‘xtalib o‘tishni lozim topamiz.


Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə