1. Menejmentning rivojlanish tarixi va tarixiy shar-sharoitlari


Menejmentning ilmiy maktablari



Yüklə 171,26 Kb.
səhifə2/20
tarix28.09.2023
ölçüsü171,26 Kb.
#124651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
menejment nazariyasi 3-semestr (2)

2.Menejmentning ilmiy maktablari


Boshqaruv fikri g’oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar mavjud bo’lib, ular ba’zida bir birlariga mos kelganlar, ba’zida esa bir birlaridan ancha farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv ob’ektlari bo’lganlar, shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko’proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bog’liq bo’lganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv bo’yicha mutaxassislar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar.


Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyot bilan asoslangan tez o’zgarishlaming maydoniga aylangan va ko’p mamlakatlaming hukumatlari biznesga nisbatan o’z munosabatlarini borgan sari qat’iyroq belgilay boshlaganlar. Bu omillar boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlariga ta’sir ko’rsatganlar. Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Boshqaruv fanini rivojlanishiga katta hissa qo’shgan to’rtta asosiy yondashuvlami ajratish mumkin. Hammadan avval, boshqanivda har bir maktabilarni ajratish nuqtai nazardan yondashuv. U, o’z navbatida boshqaruvni har bir nuqtai nazardan ко’rib chiquvchi quyidagi beshta maktabni oladi: ihniy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, hulq haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul.
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda “Maktabni ilmiy tashkil qilish” nomi bilan keng mashhur bo’lgan bu maktabni vujudga kelishi va rivojlanishi XX asming boshlariga to’g’ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muxandis-tadqiqotchi F.Teylor (1850­1915) turgan, u o’zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish tnuammolarini hal qilgan. Uning ta’limi menejment zamonaviy konsepsiyasining asosiy nazariy maktabi bo’lgan. Bu maktabning ko’zga ko’ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir.
F.Teylor o’z nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblami yozgan. “Kelishuv tizimi” (1895), “Sex menejmenti” (1903), va “Ilmiy menejment tamoyillari” (1911). F.Teylor o’z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qo’shish, “kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi”ni amalga oshirishga harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni jadallashuvini ta’minlovchi usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta sho’baiqish uyg’otgan. F.Teylor ilmiy boshqaruvni muxandislar turi bo’yicha sanoat mehnati sohasiga aylantirishga jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil o’tkazishdan iborat bo’lgan. Ishlab chiqarish tizimida yo’lga qo’yilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil xodim o’zining vazifalari uchun javobgar bo’lishi kerak. Bunda xodimlar turlarini ishlar turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak.
F.Teylor iimiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun barcba xodimlar manfaatlarini ulaming farovonligini o’sishi va xo’jayinlar va ma’muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yo’lga qo’yilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar iimiy menejment tizimi to’liq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar o'rtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlami hal qiladi deb o’ylagan.
Shunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir:

  • ma’muriyat hal qilishi kerak bo’lgan vazifalami belgilash;

  • sub’etivizm va avtoritar usullami iimiy qoidalarga almashtirish;

  • boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish;

  • mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlami tor vazifalami bajarishga yo’naltirish;

  • faoliyatni qaf ian tartibga solish;

  • vazifalami bajarish uchun eng yaxshi, eng to’g’ri bajaradigan xodimlami maqsadga qaratilgan xolda tanlab olish, ulami o’qitish;

  • xo'jalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun iimiy tahlildan foydalanish;

  • ishlami rejalashtirish;

xodimlami rag’batlantirish
Boshqaruvning klassik voki ma’muriy maktabi (1920-1950).
Uni rivojlantirishiga fransuz olimi A.Fayol va nemets sotsiologi M.Veber eng katta ulush qo’shganlar Bu maktabning vakillari tashki lotlaming umumiy ta’riflari va qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvntng ikkita jihatiga daxldor bo’lgan universal tamoyillami yaratishdan iborat bo’lgan. Birinchisi- tashkilotni boshqarishning rasional tizimini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni bo’linmalarga bo*lishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar, Ular moliya, ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblanganlar. Ikkinchi jihat - tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish. YAkkaboshchilik tamoyili bunga misol bo’lib xizmat qilgan, unga коYa odam faqat bitta boshliqdan bo’yruqlar olishi va fakat bitta unga bo’ysunishi kerak.
Boshqaruvdagi msoniy munosabaflar maktabi (1930-1950).
M.Follett (Angliya), E.Meyo va A.Maslou (AQSh) uning eng yirik , obroMi vakillaridir. Bu maktab vakillari, agar rahbarlik o’z xodimlari haqidagi g’ainxoYlikni oshirsa, unda xodimlaming qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikni ko’payishiga olib keladi deb ishonganlar, Ular bevosita boshliqlaming samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishga kengroq imkoniyatlami berishni o’z ichiga oluvchi insoniy munosabatlami boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar. Ahloqiy fanlar voki bixevioristik maktab (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko’zga ко’ringan vakillari “ F.Gersberg, R.Laykert, D. Mak Gregor. Ushbu maktab insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga ko’ra xodimga tashkilotlami boshqarishga nisbatan ahloqiy fanlar konsepsiyalarini qo’llash asosida o’zining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga ko’proq darajada yordam ko’rsatish kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot faoliyati samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini oshirish yo’li bilan oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: ahloq haqidagi fanni to’g’ri qo’llash hamma vaqt, ham alohida xodimning^ ham umuman tashkilotning samaradorligini oshishiga yordam berishi kerak.
Boshqaruv fani maktabi voki miqdoriy usul (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko’zga ko’ringan olimlari R.Akoff, N.Vrner, V. Pore to hamda V.Glushkov va L.Kantoravich (SSSR). Maktab boshqaruvda aniq fanlar - matematika. statistika, muxandislik fanlari ma’lumotlaridan foydalanishga asoslanadi va operatsiyalar va vaziyatlar tnodellari tadqiqotlari natijalarini keng ko’llashni ko’zga tutadi. Atnmo ikkinchi jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan boshqaruvda yetariicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompyuterlami rivojlanishi boshqaruvda ushbu usullami ko’llashga kuchli turtki bo’lgan bo’lsa kerak. Ular о’sib boruvchi murakkablikdagi matematik modellami qurishga imkon berganlar, bu modeliar haqiqatga ko’proq darajada yaqiniashadilar, demak aniqroq bo'ladilar.
Vaziyatli yondashuv (1960 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuvni ishlab chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo’shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va sharoitlarga to’g’ridan-to’g’ri qo’llash imkoniyati paydo bo’lgan. Vaziyatli yondashuvda asosiy tomon vaziyat, ya’ni aniq holatlardan iborat bo’ladi, ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta ta’sir ko’rsatadilar. Ham tashkilotning o’zida, ham atrof muhitda ko’pgina bunday omillar mavjud bo’lganligi sababli, tashkilot faoliyatini boshqarishning yagona ^yaxshi” usuli yo’q bo’ladi. Boshqaruvning vujudga kelgan vaziyatda ko’proq mos keluvchi usuli eng samarali bo’ladi.
M.Follett 20 - yillardayoq “Vaziyat qonuni” haqida gapirgan. Ammo bu yondashuv faqat 60 - yillaming oxirida kerakli darajada ishlab chiqilgan.
Vaziyatli yondashuv buyurilgan tavsiyalaming oddiygina yig’indisi emas, balki, tashkiliy muammolar va ulaming yechimlariga nisbatan fikrlash usulidir. Undan foydalangan holda, rahbarlar aniq vaziyatlarda qaysi usullar tashkiliy maqsadlariga erishishga ko’proq darajada yordam berishini tushunib olishlari mumkin. Shuning uchun tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishish uchun aniq usullar va konsepsiyalami ma’lum vaziyatlar bilan bog’lash zarur.
Vaziyatli yondashuvda e’tibor tashkilotlar va tashkilotlaming оPlanning ichidagi vaziyatli farqlarga qaratiladi. Shu munosabat bilan ahamiyatli o’zgaruvchan vaziyatlar va ulaming tashkilot faoliyati samaradorligiga ta’sirini aniqlash zarur.
Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha).
50-yillaming oxirida boshqaruvda tizimlar nazariyasini qo’llanishi menejmentga boshqaruv fani maktablari va xususan, amerikalik olimlar J .Pol Getti va Piter F. Drukerlaming muhim ulushi boHgan. Bu yondashuv nisbatan yaqindan qo liana boshlaganligi tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga haqiqiy ta’sirini to’liq darajada baholashning iloji yo’q. Shunga qaramasdan bugun uning ta’siri juda katta va bundan keyin ham u o’sib boradi. Tizimli asosda, ehtimol, keiajakda ishlab chiqiladigan yangi bilimlar va nazariyalami sintez qilish mumkin bo Tar.
O’zgaruvchanlar va ulaming tashkilot samaradorligiga ta’sirini aniqlash menejmentga tizimlar nazariyasining mantiqiy davomi bo’lgan tizimli yondashuvning asosiy ulushi bo’ladi.
Rahbarlar tizimlar nazariyasini boshqaruv jarayoniga nisbatan qo’llashlari uchun tashkilotni o’zgaruvchan tizimlar sifatida bilishlari kerak. Ular tashkilotga o’zgarayotgan tashqi muhit sharoitlarida har xil maqsadlarga erishishga mo’ljallangan odamlar, tuzilma, vazifalar, texnologiya kabi o’zaro bog’langan elementlaming majmuasi sifatida qarashlari kerak.

Yüklə 171,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə