1. Menejmentning rivojlanish tarixi va tarixiy shar-sharoitlari


Boshqaruvni ilmiy yondashuvlari va tamoyillari



Yüklə 171,26 Kb.
səhifə8/20
tarix28.09.2023
ölçüsü171,26 Kb.
#124651
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
menejment nazariyasi 3-semestr (2)

5.Boshqaruvni ilmiy yondashuvlari va tamoyillari


Menejmentning samaradorligi ko’proq darajada ilmiy yondashuvlar va tamoyillardan foydalanish bilan belgalanadi. Hozirgi vaqtda amaliyotda menejmentga nisbatan faqat ba’zi bir ilmiy yondashuvlar va tamoyillar qo’llaniladi., bu uni tushunishni “torligi” bilan izohlanadi. Menejment sohasidagi boshqa mashhur mutaxassis A.Fayol 1916 yilda “Umumiy va sanoat boshqaruvi” kitobida tashkilotlardagi boshqaruvchilar ishini shakllantirilgan holda ta’riflashni taklif qilgah' va boshqaruvning 14 tamoyillarini shakllantirgan, boshqaruv vazifalarini hal qilish va menejment vazifalarini bajarishda ularga amal qilish taklif etiladi


Har bir ob’yektni boshqarishning nazariyasi va amaliyoti tahlili R.A.Fatxutdinov bo’yicha menejmentga nisbatan o’z ilmiy yondoshuvlarini qo’llash zarurligini belgilashga imkon beradi Menejmentga nisbatan yondoshuvlar Sotsiolog M.Veber ma’muriy tashkilotlar tomonidan boshqanivning prus tajribasini umumlashtirish asosida universal qoidalar deb ataluvchilami ishlab chiqqan. Uning fikriga ko’ra, boshqanivning bar qanday idoralari ularga amal qilishlari kerak. Boshqaruv tamoyillarini o’rganish keyinchalik bir qator mamlakatimiz va xorij oliudari tomonidan davom ettirilgan.



Nomi

Qisqacha mazmuni

Ma’nmriy
Qayta ishlab chiqaruvchi
Dinamik
Integratsiyali Miqdoriy
Majmuaviy Marketingli
Me’уon уAhloqiy Jarayonli
Tizimli
Vaziyatli Vazifaviy

Ma’muriy yondoshuvda me’yoriy hujjatlardagi menejment tizimining vazifalari, huquqiari, majburiyatlari, elementlari tartibga solinadi
Qayta ishlab chiqaruvchi yondoshuv bozor ehtiyojlarini kamroq xarajatlar bilan qanoatlantirish uchun tovar ishlab chiqarishni doimo qaytadan boshlashga mo’ljallangan
Dinamik yondoshuvda boshqaruv ob’yekti dialektik rivojlanishda, sabab-natija aloqalarida va birgalikdagi tobelikda ko’rib chiqiladi
Integratsiyali yondoshuvda alohida tizimchalar va boshqaruv tizimining elementlari o’rtasida o’zaro aloqa o’matiladi
Miqdoriy yondoshuvning mohiyati matematik, statistik va muxandislik hisoblashlar yordamida miqdoriy baholashdan fbydalanishdan iboratdir
Majmuaviy yondoshuvda menejmentning texnik, iqtisodiy ijtimoiy va boshqa jihatlari hisobga olinadi
Marketing yondoshuvi boshqaruvchi tizimchalarni iste’molchiga qaratishni ko’zda tutadi
Me’yoriy yondoshuvda boshqaruvdagi me’yorlar va normativlar belgilanadi
Ahloqiy yondoshuv xodimga sliaxsiy imkoniyatlarini his qilishga yordam berishdan iboratdir.
Jarayonli yondoshuvda boshqaruv o’zaro bog’liq vazifalaming majmuasi sifatida ko’rib chiqiladi
Tizimli yondoshuvda har qanday tizimga o’zaro bog’liq elementlaming majmuasi sifatida qaraladi
Vaziyatli yondoshuv boshqaruvning har xil usullar qoTlanishi aniq vaziyat bilan belgilanishi nazarda tutiladi
Vazifaviy yondoshuvning mohiyati ehtiyojni qanoat-lashtirish uchun bajarish kerak bo’lgan vazifalaming majmuasi sifatida ko’rib chiqilishida iborat bo’ladi

Boshqaruv tamoyillari boshqanivning erishishga harakat qilishi zarur bo’lgan nazariy idealini aks ettiradilar. Bu tamoyillami amalga oshirilishi boshqanivning barcha bosqichlaridagi samaradorligi va ilmiyligining mezoni bo’ladi.


Boshqaruv tamoyillari cheklovchi shartlar sifatida bo’ladilar. Bundan tashqari, boshqaruv sifatini, ya’rri boshqaruv jarayoni natijalarini baholashda ularga amal qilish zarur. Bu ma’noda boshqaruv idoralari ishining sifati, natijaviyligi baholashning mezonlariga aylanadtlar.
Menement tizimini shakllanishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun ko’rsatib o’tilgan asosiy tamoyillardan tashqari yana qo’shimcha tamoyillarga rioya qilish zarur, ular boshqaruv tizimining barcha tizimchalari uchun umumiy bo’ladilar:

  • boshqaruvni amalga oshirishda ixtisoslashish va universallashishni muvofiq biriktirish (boshqaruv ishlarini bajarishda ixtisoslashish va universalashish o’rtasidagi muvofiq nisbat ta’minlanishi kerak);

  • tashqi muhitga nisbatan barqarorlik (tashkilot makro- yoki mikro- muhi fining ayrim elementlarini o’zgarishida boshqaruv tizimi faoliyat yuritishni davom ettirishi va qo’yilgan maqsadlami bajarishi kerak);

  • boshqaruvning tejamkorligi (boshqaruvni amalga oshirish va maqsadlarga erishish uchun usullar va vositalami tanlashda mehnat, moddiy, vaqt, moliyaviy va boshqa xarajatlami chegaralash zarur);

  • boshqaruvning samaradorligi;

- ♦ boshqaruvning insonparvarligi;

  • ta’sir ko’rsatish usullari va vositalarining boshqaruv ob’yektiga xos bo’lgan qonuniyatlarga mosligi (boshqamvda boshqaruv ob’yektinmg holati va rivojlanishi qonunlarini hisobga olish zarur);

  • vakolatlaming qo’yilgan vazifalarga mosligi (rahbariyat boshqaruv idoralari va xodimlariga o’zlarining oldiga qo’yilgan vazifalami bajarish uchun zarur bo’lgan vakolatlami berishi kerak);

  • istisno qilish (faqat standartlar va qoidalardan kattaroq chetga chiqishlarda nazorat tizimi ishga tushishi kerak);

boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni biriktirish (boshqaruvning har bir aniq tizimida tegishli vazifalari bajarishni markazlashtirish (markazlashtirmaslik) ning muvofiq darajasi bo’lishi kerak.
Boshqaruvning keltirilgan asosiy va qo’shimcha tamoyillari har qanday tizimcha uchun xosdir. Shuning bi lan birga boshqaruv tizimining har bir tizimchasi yana o’ziga xos tizimchalar asosida shakllanishlari va faoliyat yuritishlari kerak. Masalan, quyidagilar xodimlami boshqarishning o’ziga xos tamoyillari bo’ladilar: mehnat taqsimoti, yakka xukmronlik, shaxsiy manfaatlami umumiyga bo’ysunishi va boshqalar.
G’arbda vujudga kelgan boshqaruvga qarashlaming zamonaviy tizimi boshqaruvning quyidagi tizimlariga suyanadi:

  • ishlоvchilarga nisbatan xayrihohlik; '

  • muvaffaqiyatli menejmentning sharti sifatidagi javobgarlik; .

  • firmani gorizontal va vertikal bo’yicha kesib o'tuvchi коmmun i katsiyal ar;

  • finnadagi ishlovchilaming qobiliyatlarini rivojlanishiga ko’maklashuvchi muhit;

  • har bir ishlovchining firrna natijalaridagi ulushli ishtiroki;

  • atrof-muhitdagi o’zgarishlarga o’z vaqtida javob qaytarish;

  • odamiar bilan ishlashda ishdan qanoatlanganlikni ta’minlovchi usullardan foydalanish;

  • ishni muvofiqlashtirishning sharti sifatida menejerlaming ishdagi barcha bosqichlardagi ishtiroki;

  • menejer ishda to’qnash keladigan kishilami eshitishni bilish;

  • biznesningetikasi;

  • xo dimlarni bo s hqarishga jalbqilish;

  • xalollik va odatnlarga ishonch;

  • menejmentning fundamental asoslari: sifat, xarajatlar, servis, yangiliklar, resurslami nazorat qilish, xodimlarga suyanish;

  • shaxsiy ishning sifati va uni doimiy ravishda takomillashtirish.

Boshqaruv nazariyasi bo’yicha asarlarda boshqaruvning 30 dan ortiq tamoyillari keltiriladi. Buning ustiga, ijtimoiy rivojlanishni borishida xo’jalik yuritishning ma’muriy buyruqbozlik tizimini faoliyat yuritishi uchun xos bo’lgan boshqaruvning ba’zi bir tamoyillari o’zlarining dolzarbliklarini yo’qotganlar, masalan o’zgarishlaming keyingi o’n yilliklarda mavjud bo’lgan demokratik markazlashish tamoyili. Shutting bilan bir vaqtda boshqaruvning zamonaviy sharoitlariga adekvat bo’lgan yangi tamoyillari ishlab chiqilmoqda, masalan tashqi muhit omillari ta’siriga barqarorlik tamoyili.



Yüklə 171,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə