1. Menejmentning rivojlanish tarixi va tarixiy shar-sharoitlari


Menejment va boshqaruv asoslari.menejmentning mohiyati va tizmlari



Yüklə 171,26 Kb.
səhifə7/20
tarix28.09.2023
ölçüsü171,26 Kb.
#124651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
menejment nazariyasi 3-semestr (2)

4.Menejment va boshqaruv asoslari.menejmentning mohiyati va tizmlari


Menejment (ing. management-boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) - bu:ishlab chiqarish, tijoratni boshqarish bo’yicha, maqsadlarni ko’zlovchi amaliy faoliyat;

  • boshqaruv, nazariyasi, fani boshqaruv tamoyillari, usullari, vositalari va shakllarining majmuasi;

  • inamlakatimizning hozirgi zamon amaliyotida korxona, aksiyadorlik jamiyatining rahbarlik qiluvchi tarkibidir.

“Menejment” tushunchasi bizning tunnushimizga mustahkam kirib borgan va o’zbekcha ishga doir faoliyat uchun odatiy bo’lib qolgan. Ammo shuni hisobga olish zarurki, gap yangi falsafa haqida ketmoqda, bunda qadriyatlar va ustivorliklaming yangi tizimiari amalda bo’ladilar.
Shuning munosabati bilan “menejment” atamasining ma’nosi ustida batafsilroq to’xtash darkor. Ba’zi bir mualliflar o’zbekcha “boshqaruv” so’zi va inglizcha “menejment’’ni sinonimlar deb hisoblaydilar Haqiqatda esa ularning mazmuni bir muncha farqlanadi. “Menejment” atamasini qo’llab turib biz xalqaro amaliyotda o’mashib qolgan tendensiyaga rioya qilamiz, unga ko’ra uning ostida hodisalar va jarayonlaming butunlay ma’lum doirasi ko’zda tutiladi. Asli da esa “boshqaruv” atamasi “menejment” atamasining qanoatlantiruvchi o’rinbosari bo’hnaydi, chunki keying! holda gap zamonaviy tashkilot vositasida va doirasida ijtimoiy*iqtisodiy jarayonlami boshqarish haqida ketadi. Bunda ishlab chiqarish yoki tijoratni sanoatlashtirilgan tashkil qilish asosida amalga oshirilgan xo’jalik yuritishning bozor turi menejmentning adekvat iqtisodiy asosi bo’ladi.
Shunday qilib, “menejment” atamasi zamonaviy tashkilotni boshqarishga nisbatan qo’llaniladi, shu vaqtda esa boshqa maqsadlar uchun boshqa atamalar, masalan: government administration - davlat boshqaruv va rublik admiristration - ijtimoiy boshqaruvdan foydalaniladi. Bizning sharoitlarda boning uchun “tashkil qilish”, “tartibga solish”, “boshqarish” va ‘'ma'muriy boshqarish” atamalarini qo’llash kerak. Shutiga qaramasdan davlat, jamoa va boshqa tashkilotlar ham agar o’z maqsadlariga kamroq xarajatlar, faoliyat yuritish va davlat tomonidan tartibga solishning yuqori samaradorligida erishishni istasalar, menejmentning ba’zi bir tamoyillari va usullaridan foydalanishlari zarur.
Yuqorida bayon qilinganlari hisobga olisb bilan ushbu ishda “boshqaruv atamasi shartlilikning ma’lum darajasi bilan “menejment” ma’nosida ham qo’llaniladi.
Menejment tushunchasini belgilash uchun unga kiruvchi ba’zi bir holatlami,hammadan avval maqsadli mazmunni aniqlab olish darker.
Masalan, boshqaruv tizimini barqaror, ishonchli, istiqbolli va samarali faoliyat yuritishning ta-minlovchi boshqaruv nazariyasi, ilmiy yondashuvlar, jarayonlar, tamoyillar va usullami ishlab chiqish menejmentning fan sifatidagi maqsadi bo’ladi.
Shuning bilan bir vaqtda, menejmentning samarali boshqaruv amaliyoti sifatidagi maqsadi tashkilotning yuqori foydaliiigi, raqobatbardoshligi va boshqa maqsadlariga ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonini ratsional tashkil qilish va tashkilotning texnik- texnologik bazasini rivojlantirish yo’li bilan erishishdan iboratdir,
Menejmentning maqsadlari va vazifalari ishlab chiqarish va tijorat qo’lamlarini o’sishi va rivojlanganligi sari uzluksiz ravishda murakkablashadi. Bajarilagan vazifalar va mo’ljallangan maqsadlarga erishilganligi bozorda baholanadi.
Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi va iktisodiy-matematik usullami ishlab chiqilishi vazifalaming ko’pgina sifat yechimlarmi vazifalaming aniq miqdoriy baholari yoki qarorlari bilan to’ldirish yoki almashtirishga imkon bergan, hisoblash texnikasi va kommunikatsiya vos ital arming rivojlanishi esa boshqaruvning samarad or ligi oshi shiga ^ko’maklashgan. Hisoblashlaming ko’p mehnat talab qilishi tufayli Vaqtning haqiqiy yoki yo’l quyiladigan ko’lamlarda hal qilinishi mumkin bo’lmagan ko’pgina masalalar kundalik haqiqat bo’lib qolgan.
Zamonaviy menejmentda vazifalami hal qilishning har xil usullari mavjud: boshqaruv vazifalarini hal qilishning haqiqiy usullari, boshqaruv jarayonlarini modellashtirish, qarorlar qabul qilishni axborotli va texnik ta’minlanishi va boshqalar. O’zbekistonda nazariy va amaliy statistika, masalalar yechish, muxandislik hisoblashlaming iqtisodiy-matematik modellari va h.k, yetarlicha yaxshi ishlab chiqilgan. Axborotlami ishlab chiqish, ishlab chiqarishni boshqarish, qarorlar qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish kamroq rivojlangan. Ammo boshqaruvning samaradorligi nafaqat vazifalami hal qilish usullariga, balki ko'proq darajada xo’jalik yuritish mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solish tizimiga bog’liqdir Shuning uchun xorijda foydalaniladigan boshqaruvning ko’pgina (strategik va operativ) modellarini O’zbekistonda hamma vaqt ham samarali qo’llash munikin emas, bu narsa bozor munosabatlarini pishib yetilishining har xil darajasi bilan izohlanadi.
Menejment usullariga tashkilotlami boshqarishning makroiqtisodiy nuqtai nazaridan qaralsa, shuni sezish mumkinki, boshqaruvning ilg’or usullari amalda bo’lgan va o’zgarib borayotgan xo’jalik mexanizmi doirasida faolroq tadbiq etiladi. Ammo agar menejment masalalarini hal qilishga qaralsa, o’zbek tashkilotlarining xorijiy firmalardan katta farqlarini hisobga olish zarur. Hozircha bizning tashkilotlarimizda boshqaruv apparati asosan ichki vazifalami, ya’ni texnik-iqtisodiy va operativ-kalendar rejalashtirish, moddiy - texnik ta’minot va h.k. vazifalami hal qiladi. Xo’jalik faoliyatining tahlili va fiiksional - qiymat tahlil ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida o’tkaziladi, ammo bunda iste’molchilar hali yetarlicha darajada hisobga olinmaydi.
Shunday qilib, menejment butun tashkilotga singib ketganday bo’ladi va amalda u faoliyatning barcha sohalariga ta’sir ko’rsatadi. Ammo menejment va tashkil qilishning o’zaro hamkorlikning butun turli-tumanligida faoliyatning menejment mazmunini tashkil qiluvchi chegaralarini yetarlicha aniq belgilash, hamda uning asosiy turlarini ajratish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish menejmenti-bu ishlab chiqarilayotgan tovaming aniq bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlashning majmuaviy tizimidir. U o’z ichiga ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmalami qurish, ishlab chiqarishni boshqarishning tashkiliy-huquqiy shakllarini tanlash, hayot tajribasining oldingi bosqichlariga muvofiq tovarlami sotish .va firma xizmatini ko’rsatish masalalarini oladi.
Moliyaviy nieneiment-bu moliyalami boshqarishning barqarorligi; ishonchliligi va samaradorligini ta’minlashning majmuaviy tizimidir. U o’z ichiga moliyaviy ko’rsatkichlarni menejmentga ilmiy yondashuvlar va tamoyillar, daromadlar va xarajatlar balansi, resurslardan foydalanishning samaradorligi ko’rsatkichlari, ishlar va tovarlar rentabelligiga rioya qilish bilan shakllantinsh va rejalashtirishni oladi.
Innovatsion menejment - bu mulk egasi tomonidan innovatsiyaiaming bare ha turlarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalami boshqarishning majmuaviy usuli. U o’z ichiga tashkiliy tuzilmalami qurish, innovatsiyaiammg yo’nalishlarini tanlash, innovatsiyalar, xodimlami boshqarishning har xil jihatlarini muvofiqlashtirishni oladi.
Savdo menejmenri - savdo korxonasi faoliyatining barcha asosiy jihatlarini boshqarish jarayonidan iborat bo’ladi. U aniq savdo korxonasini rivojlantirish masalalari bo’yicha ratsionalroq boshqaruv qarorlarini shakllantinsh, uning faoliyati har xil yo’nalishlarini muvofiqlashtirish va bu faoliyatning yakuniy natijalari yuqori sarharadorligini ta’mini ash ga qaratilgan.
Maxsus menejmentning yuqorida keltirilgan turlaridan tashqari hozirgi vaqtda quyidagi boshqa turlari ham ishlab chiqilmoqda: ijtimoiy soha, bank, soliq, tashkiliy, xalqaro menejment va boshqalar.
Ijtimoiy rivojlanishning davriy xarakteri, inqiroz sharoitlarida qarorlar qabul qilish zaniriyati menejmentning nazariyasi va amaliyotini rivojlanishiga jiddiy motivatsiya bo’lgan. G’arbning ilg’or mamlakatlari tajribasi shuni ko’rsatadiki, menejment oldiga qo’yilgan vazifalami bajarmoqda va uning samaradorligini oshishida juda katta rol ilmiy- texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanishga tegisblidir.
Bunda shuni ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda boshqaruv tizimlarini rivojlantirish markazlari zamonaviy darajada takomillashyapti. Eng rivojlangan mamlakatlar guruhida Yaponiya, Germaniya va Shvetsariya yetakchilik qilmoqda. Boshqaruvning zamonaviy talablariga muvofiq AQSh - 9, Fransiya - 12, Italiya - 14, Buyuk Britaniya - 16 o’rinda turibdi. Keyingi 10-15 yillar ichida iqtisodiyotida keskin ko’tarilish xos bo’lgan mamlakatlar orasida Singapur, Gonkong va Tayvan yetakchilik qilmoqdalar.
Bizning mamlakatimizda ham menejment G’arbdagi firmalarni boshqarishning tamoyillari, usullari, vositalari va shakllari majmuasi sifatida tanilmoqda. Ammo 20 yillar oldin, uning asosiy maqsadlari imperalizmning o’mini mustahkamlash va ijtimoiyistik davlatlarga karshi iqtisodiy kurash olib borish manfaatlari уо’Iida katta foyda olish va ijtimoiyizm mamlakatlaridan mehnat unumdorligi bo’yicha o’zib ketish deb hisoblangan. Bunday qarash ho’jalik yuritishning ma’muriy- buyruqbozlik tizimi doirasiga ma’lum darajada mos kelgan, chunkirejalashtirishning markazlashtirilgan tartibi va bozomi boshqarish tajribasini yo’qligi sharoitlarida bozor mexanimizmi harakatini bizning iqtisodimizga to’liq ko’chirishning iloji bo’lmagan, Shunga qaramasdan, o’sha sharoitlarda ham bizda menejmentning ko’pgina element!aridan foydalanish mumkin bo’lgan.



Yüklə 171,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə