1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə31/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Lug`atlarning metodlari


dict.clear() – lug`atni tozalaysi.
dict.copy() - lug`at nusxasini qaytaradi.
classmethod dict.fromkeys(seq[, value]) – seq dan iborat kalitli va value qiymatli (ko`rsatilmasa None) lug`at yaratadi.
dict.get(key[, default]) – kalitning qiymatini qaytaradi, lekin uni topa olmasa, xatolikni yuzaga keltirmaydi, buning o`rniga defaultni qaytaradi(ko`rsatilmasa None).
dict.items() – juftliklarni qaytaradi (kalit - qiymat).
dict.keys() – lug`atlardagi kalitni qaytaradi.
dict.pop(key[, default]) – kalitni o`chiradi va uning qiymatini qaytaradi. Agar kalit topilmasa, defaultni qaytaradi (ko`rsatilmasa, xatolikni yuzaga keltiradi).
dict.popitem() – kalit-qiymat judtligini lug`atdan o`chiradi va qaytaradi. Agat lug`at bo`sh bo`lsa, KeyError xatoligini qaytaradi. Lug`atlar tartiblanmaganligini esda saqlang.
dict.setdefault(key[, default]) – kalitning qiymatini qaytaradi, aga ru bo`lmasa, xatolikni yuzaga keltirmasdan, default qiymatli (ko`rsatilmasa None) kalitni yaratadi.
dict.update([other]) – otherning tarkibidan kalit-qiymat juftligini qo`shish orqali lug`atni yangilaydi. Mavjud kalitlar qaytadan yoziladi. None ni qaytaradi (yangi lug`at emas!)
dict.values() - lug`atdagi qiymatlarni qaytaradi.

18-bob

To`plamlar(set va frozenset)


Endigi bobda esa biz siz bilan Pyhton dasturlash tilida to`plamlar haqida gaplashamiz. To`plam nima, ular ustida amallar, ularning qo`llanilishiga misollar haqida gaplashamiz.

To`plamlar nima?


Pythonda to`plam – bu takrorlanmaydigan elementlarning tasodifiy tarzda joylashgan konteyneridir.
To`plam yaratamiz:

>>> a = set()
>>> a
set()
>>> a = set('hello')
>>> a
{'h', 'o', 'l', 'e'}
>>> a = {'a', 'b', 'c', 'd'}
>>> a
{'b', 'c', 'a', 'd'}
>>> a = {i ** 2 for i in range(10)} # to`plamlar generatori
>>> a
{0, 1, 4, 81, 64, 9, 16, 49, 25, 36}
>>> a = {} # bunday mumkin emas
>>> type(a)

Misolda ko`rinib turganidek, to`plamlar xuddi lug`atlar kabi literallarga ega bo`lib, lekin, bosh to`plamni literal yordamida yaratib bo`lmas ekan.



>>> words = ['hello', 'daddy', 'hello', 'mum']
>>> set(words)
{'hello', 'daddy', 'mum'}

To`plamlardan takrorlanadigan elementlarni o`chirish uchun foydalanish qulay.


To`plamlar bilan bir qancha amallarni bajarish mumkin. Masalan, birlashtirish, kesishish, va h.k.


• len(s) – to`plamdagi elementlar soni (to`plam o`lchami).
• x in s – x ning s to`plamga tegishliligini aniqlash.
set.isdisjoint(other) – agar set va otherlar umumiy elementlarga ega bo`lmasa rost qiymatga ega bo`ladi.
set == other – setning barcha elementlari otherga tegishli va otherning barcha elementlari setga tegishli
set.issubset(other) yoki set <= other – setning barcha elementlari otherga tegishli.
set.issuperset(other) yoki set >= other - setning barcha elementlari otherga tegishli.
set.union(other, ...) yoki set | other | ... – bir nechta to`plamlarni birlashtirish.
set.intersection(other, ...) yoki set & other & ... - kesishma.
set.difference(other, ...) yoki set - other - ... – otherga tegishli bo`lmagan otherning barcha elementlaridan iborat to`plam.
set.symmetric_difference(other); set ^ other – ikkala to`plamda ham uchramaydigan, lekin to`plamlarning bittasida mavjud bo`lgan elementlardan iborat to`plam.
set.copy() – to`plamning nusxasi.

Bevosita to`plamlarning o`zini o`zgartiruvchi amallar:


set.update(other, ...); set |= other | ... - birlashma.
set.intersection_update(other, ...); set &= other & ... - kesishma.
set.difference_update(other, ...); set -= other | ... - ayirma.
set.symmetric_difference_update(other); set ^= other - ikkala to`plamda ham uchramaydigan, lekin to`plamlarning bittasida mavjud bo`lgan elementlardan iborat to`plam.
set.add(elem) – to`plamga element qo`shadi.
set.remove(elem) – to`plamdan elementni o`chiradi. Agar bunday element bo`lmasa KeyError xatoligi yuzaga keladi.
set.discard(elem) – agar element to`plamda mavjud bo`lsa, uni o`chiradi.
set.pop() – to`plamning birinchi elementini o`chiradi. To`plamlar tartiblanmagan bo`lganligi sababli, qaysi element birinchibo`lishini aytib bo`lmaydi.
set.clear() – to`plamni tozalash.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə