1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə32/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

frozenset


frozensetning setdan birdan-bir farqi – setni o`zgartirish mumkin bo`lsa, frozensetni o`zgartirib bo`lmaydi. Taxminan shunday vaziyatni biz ro`yxatlar va kortejlarda kuzatgan edik.

>>> a = set('qwerty')
>>> b = frozenset('qwerty')
>>> a == b
True
>>> True
True
>>> type(a - b)

>>> type(a | b)

>>> a.add(1)
>>> b.add(1)
Traceback (most recent call last):
File "", line 1, in
AttributeError: 'frozenset' object has no attribute 'add'

19-bob

Funksiyalar va ularning argumentlari.


Ushbu bobda biz funksiyalar haqida so`z yuritamiz. Nomlangan va anonim funksiyalar, def, return va lambda ko`rsatmalari, funksiyaning majburiy va majburiy bo`lmagan argumentlari, ixtiyoriy sondagi argumentli funksiyalar haqida sizga tushuncha berishga harakat qilamiz.

Nomlangan funksiyalar. def instruksiyasi.


Pythonda funksiya bu argumentlarni qabul qilib, qiymatlarni qaytaruvchi ob`yektdir. Odatda funksiyalar def xizmatchi so`zi yordamida aniqlanadi.
Keling, oddiy bir funksiyani aniqlaylik:

def add(x, y):
return x + y

return ko`rsatmasi qiymatni qaytarish kerakligini anglatadi. Bizning misolimizdagi funkaiyamiz x va y larning yig`indisini qaytaradi.


Endi biz unga murojaat qilishimiz mumkin.

>>> add(1, 10)
11
>>> add('abc', 'def')
'abcdef'

Funksiya ixtiyoriy murakkablikda bo`lishi hamda ixtiyoriy tipdagi ob`yektlarni (ro`yxat, kortej va hatto, funksiya!) qaytarishi mumkin.



>>> def newfunc(n):
... def myfunc(x):
... return x + n
... return myfunc
...
>>> new = newfunc(100) # new – bu funksiya
>>> new(200)
300

Funksiya return ko`rsatmasi bilan yakunlanmasligi ham mumkin. Bunday holda funksiya None qiymatni qaytaradi.



>>> def func():
... pass
...
>>> print(func())
None



Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə