1. “Ta‟lim to„g„risida Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliydasturi”. Ta‟limning uzviyligi va uzluksizligi


 Pedagogika fanining maqsadiga ko„ra tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 327,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix11.06.2023
ölçüsü327,72 Kb.
#116667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3. Pedagogika fanining maqsadiga ko„ra tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi. 
«Pedagogika - tarbiya haqidagi ta‟limot, tarbiyalash san‟ati, tarbiya insonni 
shakllantirishga qaratilgan muayyan tizimli faoliyat hamda ta‟lim-tarbiyaning mazmuni, shakli 
va metodlari haqidagi fan. Pedagogikada ta‟lim va tarbiya jarayonlarining turli jihatlarini 
o„rganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va bo„limlar mavjud. Ular: 
1.Didaktika - bu o„qitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shug„ullanadigan 
soha. Didaktika pedagogikaning ta‟lim jarayonidagi umumiy qonuniyatlarini o„rganuvchi 
qismidir. Didaktika yunoncha so„z bo„lib, «didasko» - o„qitish, «didaskol» - o„rgatuvchi, degan 
so„zlardan kelib chiqqan.
2.Pedagogikada tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmog„i-bunda shaxsning axloqiy sifatlarini 
tarkib toptirish, unda e‟tiqod, dunyoqarash, axloq singari ma‟naviy jihatlarni shakllantirish 
masalalarining yechimi qaraladi. 
3.Pedagogika tarixi - bu jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani va amaliyotining 
jamiyat taraqqiyoti turli davrlarida qanday mazmun-mohiyatga egaligi, ularning qanday shaklda 
ifodalanganligi, qaysi usul, vosita, uslubiyat va shakllardan foydalanib faoliyat ko„rsatganligi, 
qanday natijalarga erishganligi kabi masalalami o„rganadi. 
4.Pedagogikaning maktabshunoslik sohasi - bunda ta‟limtarbiyani tashkil qilish, uyushtirish va 
uni boshqarishga oid bo„lgan tashkiliy-pedagogik qonuniyatlar o„rganiladi va ularga mos 
qonuniyatlar tadqiq etiladi. Mazkur soha bo„yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishda, albatta, 
ta‟lim oluvchilar va tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari e‟tiborga olinadi.
5.Defektologiya - bu jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo„lgan bolalar rivojlanishining 
ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, o„qitish va shakllantirishdagi o„ziga xosliklarni 
hisobga olib ish ko„radigan pedagogika fani tarmog„i. Defektologiya bolaning qanday jismoniy 
nuqsonga egaligiga va ularga beriladigan ta‟lim-tarbiya mazmuniga qarab quyidagi 
yo„nalishlarga bo„linadi: tiflopedagogika; surdopedagogika; oligofrenopedagogika. 
Shu sababli ham pedagogika quyidagicha turlardan iborat: oila pedagogikasi; maktab ta‟limi 
pedagogikasi;- umumiy pedagogika; pedagogika tarixi; maxsus (surdo, tiflo, oligrofreno) 
pedagogika; oliy ta‟lim pedagogikasi; xususiy metodika; qiyosiy pedagogika. 

Yüklə 327,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə