1. “Ta‟lim to„g„risida Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliydasturi”. Ta‟limning uzviyligi va uzluksizligi



Yüklə 327,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix11.06.2023
ölçüsü327,72 Kb.
#116667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Oliy ta‟limdan keyingi ta‟limni
oliy ta‟lim va ilmiy tashkilotlarda 
olish mumkin. Oliy ta‟limdan keyingi ta‟lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya 
qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‟rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda 
tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga 
ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta‟minlaydi. 
Pedagog kadr tavsifnomasi
. Kasbiy-pedagogik faoliyat, o‟qituvchi, murabbiy, ustozning 
ma‟naviy qiyofasi, uning professional va shaxsiy sifatlariga jahonning buyuk allomalari yuqori 
baho berib, unga mas‟uliyatli talablar qo‟yishgan. Ta‟lim sohasiga doir davlat siyosati, Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi ham har tomonlama etuk, yuksak malakali
raqobatbardosh qadrlar, jumladan pedagog qadrlar tayyorlashga erishishdir. Bugungi kunda 
bo‟lajak o‟qituvchi-tarbiyachining shaxsi va kasbiga bir necha talablar qo‟yiladi: insonparvarlik; 
kasbiy bilimdonlik; izlanuvchanlik; chet tillarini bilish; texnika vositalari bilan ishlay olish; 
ta‟lim texnologiyalari va tarbiya texnologiyalarini qo‟llay olish va h.k. O‟qituvchi-tarbiyachining 
ijodiy induvidualligi uning individual xususiyatlari, ya‟ni ilmiy fikrlashning tarkib topganligi, 
ishga ijodiy yondoshishi, o‟z imkoniyatlarini ro‟yobga chiqarishga intilishi va boshqalarning 
rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Bunday o‟qituvchi-tarbichining kasbiy faoliyati uning 
hamkasblarga nisbatan yangicha yondoshuvi hamda vositalarini topish borasida tinmay izlanish 
olib borishida ifodalanadi. Chunki kasbiy zaruriyatga oid sifatlarni hayotiy maqsad sifatida 
rivojlan-tirmasdan turib, yangi texnologiyalarni egallash, o‟z texnologiyalarini qadriyatlar 
yo‟nalishi sifatida ishlab chiqish mumkin emas. Aynan ushbu ikki yo‟nalishni pedagogning 
ijodiy induvidualligini ko‟rsatkichi sifatida qabul qilish mumkin. Bo‟lajak o‟qituvchi-
tarbiyachida o‟z-o‟zini boshqarish, qat‟iylik, jur‟atlilik, qo‟rqmaslik, atrofdagi insonlarga xurmat 
va e‟tiborni, kamchiliklarni his qilgan holda, o‟z imkoniyatlariga ishonish, o‟z-o‟zining 
faoliyatini baholashda xaqqoniylik, kuchli iroda, o‟z kuch-quvvatini yo‟naltira olish faoliyat va 
maqsadni amalga oshirish yo‟lida imkoniyatlarni jamlay olish, belgilangan maqsadni amalga 
oshirishda o‟z faoliyatini boshqarib borish, aqliy faollik va o‟zgaruvchan sharoitlarda o‟z 
axloqini qayta ko‟ra olish, shaxsni harakatga keltiruvchi kuch va ijtimoiy olam bilan o‟z 
imkoniyatlarini qiyoslay olish omili sifatida o‟z-o‟zini xurmat qilish sifatlari rivojlangan bo‟lsa, 
u kasbiy mahorat darajasiga erisha olishi mumkinligi aniqlangan. Pedagogik tajriba tarbiyachi-
o‟qituvchining o‟quv ishlari jarayonida egallaydigan bilim va ko‟nikmalari yig‟indisidir.



Yüklə 327,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə