1. “Ta‟lim to„g„risida Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliydasturi”. Ta‟limning uzviyligi va uzluksizligi


Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 327,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix11.06.2023
ölçüsü327,72 Kb.
#116667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. 
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan 
asoslash ma‟lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‟lish qonuniyatlarini 
bilishni taqozo etadi. Bizga ma‟lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‟lib, uning 
umumiy mohiyatini to‟laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. 
Ana shu nuqtai nazardan pedagogika bilan quyidagi fanlar o‟rtasida yaqin aloqadorlik mavjud: 
Falsafa 
– shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‟oya, 
qarash hamda ta‟limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi. 
Etika 
– shaxs ma‟naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va 
ma‟naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‟rin tutuvchi nazariy g‟oyalarni pedagogik 
jarayonga tatbiq etishda alohida o‟rin tutadi. 
Estetika 
– shaxs tomonidan go‟zallikning idrok 
etilishi, uni yaratishga intilishi, shuningdek, estetik didni tarbiyalashda muhim yo‟nalishlarni 
aniqlashga xizmat qiladi. 
Iqtisod
– ta‟lim muassasalarining faoliyatini yo‟lga qo‟yish, o‟quv 
binolarini qurish, ta‟lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va 
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga 
xizmat qiladi. 
Sotsiologiya 
– ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari 
xususida ma‟lumotlarga ega bo‟lish asosida ta‟lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‟zaro 
munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi. 
Fiziologiya 
– o‟quv-tarbiya 
jarayonida bolalarning fiziologik, anotomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‟ich 
asoslarni o‟rganishga yordam beradi. 
Psixologiya
– shaxsda ma‟naviy-axloqiy, ruhiy-
intellektual, 
hissiy-irodaviy 
sifatlarni 
tarkib 
toptirish 
uchun 
zamin 
yaratadi. 

Yüklə 327,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə