1. “Ta‟lim to„g„risida Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliydasturi”. Ta‟limning uzviyligi va uzluksizligi



Yüklə 327,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix11.06.2023
ölçüsü327,72 Kb.
#116667
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


1. “Ta‟lim to„g„risida Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliydasturi”. Ta‟limning uzviyligi 
va uzluksizligi. 
Mamlakatimizda Ta‟lim to‟g‟risidagi Qonun dastlab 1992 yilda qabul qilingan bo‟lsa , 1997 yil 
29-avgustda da esa yangi tahrirdagisi qabul qilingan edi. 2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan 
“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonunda ta‟lim sohasida hozirgi davrdagi amalga oshirilgan islohotlar o„z 
aksini topdi. Qonun loyihasini takomillashtirish davomida 238 ta norma va qoida qayta ko„rib 
chiqildi, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qisqartirish imkoniyatidan foydalangan holda 123 
ta norma loyiha tarkibidan chiqarildi hamda 54 ta to„g„ridan-to„g„ri amal qiluvchi modda bilan 
almashtirildi. Shuningdek, ma‟muriy byurokratik mexanizmga doir 7 ta modda butunlay chiqarib 
tashlandi. Mazkur Qonunda ushbu yangi norma va qoidalar o„z aksini topishi natijasida qonun 
11 bob va 75 moddadan iborat tartibda ishlab chiqildi. Ushbu Qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, 
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‟tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat‟i nazar, har kimga ta‟lim 
olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Ma`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va 
«Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi»
(1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi 
tubdan isloh qilina boshlandi. Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh 
qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan 
demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 
asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga 
zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat 
ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir. 

Yüklə 327,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə