1. “Ta‟lim to„g„risida Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliydasturi”. Ta‟limning uzviyligi va uzluksizligi



Yüklə 327,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix11.06.2023
ölçüsü327,72 Kb.
#116667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Madaniyatshunoslik
– o‟quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma‟naviy 
madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini 
tarkib toptirish uchun xizmat qiladi. 


4. Yosh bosqichlari. Shaxs haqida tushuncha. 
Muayyan bir yosh davriga xos bo‟lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik 
xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda 
ta‟lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta‟siri kuchli bo‟ladi. 
Yosh davrlari shartli ravishda guruhlanadi. Unda muayyan yosh davrining guruhlanishi bolaning 
rivojlanish xususiyatlardagi o'zgarishlarga qarab ajratiladi. Bolaning jismoniy va psixik 
kamoloti quyidagi davrlarga bo‟linadi: 
1. Go‟daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo‟lgan davr. 
2. Bog‟chagacha bo‟lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. 
3. Maktabgacha bo‟lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
4. Kichik maktab yoshidagi o‟quvchilar (bolalar) –7 yoshdan 11-12 yoshgacha. 
5. O‟rta va kata maktab yoshidagi o‟quvchilar (o‟smirlar, ilk o‟spirinlar) – 12-17 yosh. 
Go„daklikdavri. Yangi tug'ilgan bolada barcha sezgi turlari mavjnd bo„ladi. Ushbu sezgilar 
murakkab bo„lmay, oddiy holatdadir. Chaqaloq bir holat faol bo„lib, bu faollik, avvalo, qo„l va 
oyoqlarning refleks yo„li bilan harakatlanib turishida ko„rinadi. Xuddi shunday reflektor 
harakatchanlik bolaning chinqiriqlarida ham namoyon bo„ladi. Bolada vujudga keladigan shartli 
reflekslar 5-6 haftalarda yaqqol namoyon bo„la boshlaydi.
Maktabgacha tarbiya davri. Ushbu yoshdagi bolaning emoisionalligi (hissiy beriluvchanligi) 
uning faolligida, harakatchanligida ko„rinadi. Bu yosh davrida bolalar hayotida o„yin o„ziga xos 
o„rin tutadi, o„yinlar, asosan, katta yoshdagi kishilar yoki bolalarning harakatlariga nisbatan 
taqliddan iborat bo„ladi. Bolani o„yinning mazmunidan ko„ra o„ynalayotgan buyumlar 
(o„yinchoq va qo„g„irchoqlar) hamda o„zining harakatlari ko„proq zavqlantiradi.
Kichik maktab yoshi. 7 yoshga to„lgan bola (ushbu yosh qator mutafakkirlar tomonidan dastlabki 
«yetuklik yoshi» sifatida e‟tirof etilgan) jismoniy va ruhiy xususiyatlarga ko„ra maktabga, ta‟lim 
olishga to„la tayyor bo„ladi.
Dunyoga kelgan go„dak ma'lum yoshga qadar individ hisoblanadi. «Individ» lotincha 
«individium» so'zidan kelib chiqqan bo„lib, «bo„linmas», «alohida», «yagona» ma‟nolarini 
anglatadi. Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir. Shaxsning shakllanishida 
harakat o„ziga xos omil sanaladi. Go„dakda nutqning hosil bo'lishi, shuningdek, uning tomonidan 
tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo„la boshlashi va albatta, ijtimoiy 
munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro„y berishi shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi 
hisoblanadi. 
Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a‟zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga 
aylanmog„i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o„z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi 
lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo„ladi. U o„zining xususiyati, qiziqishi, 
qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan 
boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o„ziga xos xususiyatlari bo„lib, mazkur xususiyatlar 
rivojlanib, m a‟lum bir bosqichga yetsagina, u kamol topgan shaxs sifatida namoyon bo„ladi. 
Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida qaror topadi. Shaxsning rivojlanishi, avvalo, uning 
shaxsiy xislatlarining shakllanishidan boshlanadi. Rivojlanish - shaxsning jismoniy, aqliy va 
boshqa xislatlarning takomillashuvini namoyon etadigan jarayon bo'lib. bunday xislatlar tug„ma, 
ba‟zilari keyinchalik erishilgan bo„ladi. Odam biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va 
ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita bo„ysinadi. Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti 
va obyekti, ta‟lim sohasidagi xizmatlarning iste‟molchisi va ularni amalga oshiruvchisi. Demak, 
shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo„lib, ongli faoliyat bilan shug„ullanuvchi ijtimoiy 
mavjudot sifatida jamiyatda o„z o„rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug„ma va hosil 
qilingan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xattiharakatlarning miqdoriy 
va sifat o„zgarishi jarayonidir. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning har 
tomonlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy 
qonuniyatlarini, unga ta‟sir etadigan omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni 
aniqlashi kerak. 

Yüklə 327,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə