1. “Ta‟lim to„g„risida Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliydasturi”. Ta‟limning uzviyligi va uzluksizligi


Shaxsiy rivojlanish jarayoni shaxs shakllanishiga ta‟sir etuvchi omillar



Yüklə 327,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix11.06.2023
ölçüsü327,72 Kb.
#116667
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
6. Shaxsiy rivojlanish jarayoni shaxs shakllanishiga ta‟sir etuvchi omillar. 
Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta‟siri 
o‟rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‟pdan buyon davom etmoqda. XVI asr 
falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning 
roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi 
yana bir ohim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‟lib, uning namoyandalari, ong 
va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‟tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta‟limot 
vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe 
ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy 
o‟zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal 
qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik 
(nasliy) omilga bog‟laydilar. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni 
ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi 
u yashaydigan muhitga bog‟liq deb ko‟rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi 
barcha tashqi ta‟sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‟zi yashaydigan 
ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy muhitning 
rolini hal qiluvchi omil deb hisoblay-dilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, 
taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‟lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit 
(bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham 
birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta‟-sirini aniqlashda ilg‟or pedagogik olimlar, psixolog 
va faylasuflar ta‟limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‟liq bo‟lgan ijtimoiy 
hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma‟naviy boyligi uning 
munosabatlariga bog‟liq, deb hisoblaydilar. Falsafiy-antropologik yondashuv o‟zining 
tadqiqotchilik va tarbiyaviy funktsiyasiga ko‟ra o‟quvchining ma‟naviy dunyosiga 
yo‟naltirilgandir. Ana shu sababli mazkur yondashuv pedagogikadagi mavjud boshqa ilmiy yoki 
gnoseologik yondashuvlardan farqli ravishda muloqot va o‟zaro bir-birini tushunish asosida 
ta‟lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni talab etadi. Mazkur yondashuvning o‟ziga xosligi ta‟lim-
tarbiya jarayonining barcha sub‟ektlariga nafaqat dunyoqarash ko‟rinishida, balki mavjudlik 
usuli tarzida qarashni talab etadi. Mazkur mavjudlik usulini birinchi navbatda borliqni anglab 
etish sifatida tushunish lozim. Ikkinchidan, mazkur mavjudlik usulini uzluksiz ravishda o‟z-o‟zi, 
boshqalar va boshqa madaniyatlar bilan muloqot tarzi sifatida aniqlashtirish maqsadga 
muvofiqdir. Shaxsga ijtimoiy muhitning ta‟siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi. 
Birinchidan, tarbiya ta‟sirida muhit bera olmagan bilim, ma‟lumot egallanadi, mehnat va texnik 
faoliyat bilan bog‟liq ko‟nikma va malakalar hosil bo‟ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‟ma 
kamchiliklar ham o‟zgartirilib, shaxs kamolga etadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning 
salbiy ta‟sirini ham yo‟qotish mumkin. To‟rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni 
belgilaydi. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta‟sir etadi, bu tarbiya doimiy va 
uzluksizdir. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‟ringa ega 
bo‟lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta‟sirida har tomonlama 
rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Zamonaviy pedagogikada shaxs 
shakllanishiga doir to‟rt yondashuv qaror topgan: 1. Biologik yondashuv – inson tabiiy mavjudot 
bo‟lib, uning butun xatti-harakatlari tug‟ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat 
talablariga bo‟ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi. 
2. Ijtimoiy yondashuv – inson biologik mavjudot sifatida tug‟iladi, faqat hayotiy faoliyati 
davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta‟siri ostida ijtimoiylashadi. 
3. Psixologik yondashuv – insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy 
tavsifga ega, insonning yo‟nalganligi – qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi. 
4. Yaxlit yondashuv – shaxs yaxlit tavsifga ega bo‟lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi 
o‟ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta‟sir ko‟rsatadi. SHu bilan birga ijtimoiy hayot 
natijalari – motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‟ynaydi. 



Yüklə 327,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə