1. “Ta‟lim to„g„risida Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliydasturi”. Ta‟limning uzviyligi va uzluksizligi


Ta‟lim turlari quyidagilardan iborat



Yüklə 327,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix11.06.2023
ölçüsü327,72 Kb.
#116667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ta‟lim turlari quyidagilardan iborat: 
maktabgacha ta‟lim va tarbiya; umumiy o‟rta va o‟rta maxsus ta‟lim; professional ta‟lim; oliy 
ta‟lim; oliy ta‟limdan keyingi ta‟lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 
maktabdan tashqari ta‟lim. 
Umumiy o‟rta ta‟lim I–XI sinflarni o‟z ichiga oladi. 
O‟rta maxsus ta‟lim
akademik 
litseylarda 9 yillik tayanch o‟rta ta‟lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi. 
Professional 
ta‟lim 
boshlang‟ich, o‟rta va o‟rta maxsus professional ta‟lim darajalariga ajratiladi. 
Boshlang‟ich professional ta‟lim
kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida 
kunduzgi ta‟lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi. 
O‟rta professional ta‟lim
kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‟lov-shartnoma asosida 
davomiyligi 2 yilgacha bo‟lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta‟lim shakllari bo‟yicha amalga 
oshiriladi. 
O‟rta maxsus professional ta‟lim
texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‟lov-
shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‟lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta‟lim shakllari 
bo‟yicha amalga oshiriladi. 
Oliy ta‟limdan keyingi ta‟limni
oliy ta‟lim va ilmiy tashkilotlarda 
olish mumkin. Oliy ta‟limdan keyingi ta‟lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya 
qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‟rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda 
tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga 
ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta‟minlaydi. 
Ta‟lim olish shakllari:
ishlab 
chiqarishdan ajralgan holda ta‟lim olish (kunduzgi); ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta‟lim 
olish (sirtqi, kechki, masofaviy); dual ta‟lim; oilada ta‟lim olish va mustaqil ta‟lim olish; katta 
yoshdagilarni o‟qitish va ularga ta‟lim berish; inklyuziv ta‟lim; eksternat tartibidagi ta‟lim; 
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash. 
“Ta‟limda uzviylik ikki xil turda qo‟llaniladi. Birinchidan, ta‟lim turlari (bo‟g‟inlari) 
orasidagi uzviylik. Bunda ta‟limning keyingi turi mazmuni avvalgisini qisman takrorlab
mazmun jihatidan uzviy bog‟langan holda uning keyingi ta‟lim turlarida davom etadi. 
Ikkinchidan, o‟quv fanlari orasidagi uzviylik. Bu odatda fanlararo yoki predmetlararo bog‟lanish 
orqali amalga oshiriladi. Uzviylik tushunchasi uzluksiz ta‟lim tizimining har bir turida 
o‟quvchilar bilimi, ko‟nikma va malakalariga qo‟yiladigan talablarni xarakterlaydi. Uzviylik 
o‟quv materialining muayyan ketma-ketlikda, tizimli joylashtirilishi, bilimlarni o‟zlashtirishda 
mavjud bilimlarga tayanish, o‟quv materialining ma‟lum darajada navbatdagi bosqichlarda 
qo‟llanilishi, o‟quv-tarbiya jarayoni bosqichlarining davomiyligini anglatadi.



Yüklə 327,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə