1-variant Berilgan vaziyat



Yüklə 55,26 Kb.
səhifə14/15
tarix19.05.2023
ölçüsü55,26 Kb.
#111329
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
topshiriq islom bank ishi

Topshiriq mazmuni:Bunday engilliklar nafaqat qarzdor uchun balki qarz beruvchi uchun ham, va umuman olganda (agar qarzdorlar soni biror bir jiddiy sabab tufayli keskin ko’payib ketgan bo’lsa), iqtisodiyot uchun ham manfaatlidir. Garovlarni ommaviy ravishda olib, ularni sotib yuborish bozorlarni izdan chiqarishi va oxir oqibat inqirozga olib kelishi mumkun (1999-2000 yillarda Yaponiyada yuz bergan inqiroz, 2008 yildagi jahon iqtisodiy inqirozi, yoki 2008-2009 yillarda Dubaida yuz bergan inqirozlar bunga misol bo’la oladi).
Garovga qo’yilgan narsalarni sotib yubormaslik, narxlarni birdaniga va to’xtovsiz ravishda tushib ketishining oldini oladi. Bundan tashqari, sabr, hamda qarzdorlarga engillik berish, keyinchalik qarzlarning to’lig’icha qaytarish imkoniyatini oshiradi. Bunday yondoshuv tomonlarning mikro manfaatlari va jamiyatning, qolaversa iqtisodiyotning makro manfaatlariga javob beradi.

Shubhasiz, biznesda bunday insonparvarlik, muvozanat va nochor qarzdorga nisbatan iltifot va xayrixohlik qarz beruvchining manfaatlarini toptamaydi (chunki uning qo’lida garovga qo’yilgan mol-mulk, hamda qarzni to’lig’icha qaytarib olish imkoniyati mavjud). Shu bilan bir qatorda bunday insonparvar munosabat, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muvozanat buzilishining oldini oladi va islom moliyasining haqiqiy ruhini aks ettiradi.


Yuqoridagi holatdan kelib chiqib o’z fikr mulohazalaringizni shakllantiring va misollar tuzing.
23-varinat
Berilgan vaziyat.Islom bankining an’anaviy bankdan farki:
Ikki turdagi bank (ya’ni islom banki va an’anaviy bank) tizimi mavjud bo’lgan bir davlatda bir korxona an’anaviy tijorat bankidan kredit oladi, yarim yildan so’ng esa ushbu korxona islom banki bilan "murobaxa" bitimi imzolaydi. Avvaliga xammasi yaxshi ketayotgandek edi...
Ammo…korxonaning faoliyati yaxshi yurmay qoldi. An’anaviy bank krediti bo’yicha xam, murobaxa bitimi bo’yicha xam to’lov muddatlari etib keldi, korxona esa ularni to’lolmadi. Bu holat korxonani boshqa bir kompaniya sotib olmaguncha (tahminan bir yildan ortiq vaqt) davom etdi.
Mana endi voqeaning eng «qiziq» joyiga keldik: an’anaviy bank, olingan kredit miqdoridan ham katta bo’lgan jarima va penyalarni qo’shib hisobladi (bunda kredit qaytarilmagan har bir kun uchun hisoblangan penya, kredit uchun belgilangan foizdan ancha yuqori bo’ldi).
Murobaha bitimi bo’yicha esa korxona bank bilan tuzgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan, avval boshdan kelishilgan ma’lum bir miqdordagi pulni to’lashi kerak bo’ldi xolos. Bunda, islom banki bir yil kechikkan to’lovlar uchun ham hech qanday jarima yozmadi va to’lov miqdori islomda ribo taqiqlanganligi tufayli o’zgarmas bo’lib qolaverdi.
Korxona rahbariyati an’anaviy tijorat banki tarafidan qo’yilgan jarimalardan karaxt bo’lgan bo’lsa, murobaha bitimi bo’yicha to’lashi kerak mablag’ning xattoki 1$ga ham ko’paymaganidan hayron bo’ldi. Tabiiyki, ular islom bankining bunday munosabatiga qoil qolishdi va minnatdorchilik sifatida murobaha bitimi bo’yicha qarzni birinchi bo’lib yopishdi. Ana’naviy bank bilan esa qo’yilgan jarima va penyalar sababli hosil bo’lgan ulkan qarz masalasida sudlashishni boshlashdi.

Yüklə 55,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə