1-variant Berilgan vaziyat


-variant Berilgan vaziyat



Yüklə 55,26 Kb.
səhifə11/15
tarix19.05.2023
ölçüsü55,26 Kb.
#111329
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
topshiriq islom bank ishi

16-variant
Berilgan vaziyat.Bir shaxs bankdan 7% lik kredit asosida 5 yil muddatga mashina olish uchun kredit olgan. Bank mashinani sotishga taqiq qo’ygan. Lekin mashinani kreditga olgan odamga naqd pul kerak, shuning uchun u mashinani boshqa bir shaxsga: "shu mashina uchun 2700$ birinchi to’lov sifatida bersangiz, qolgan 48 mln ni 5 yilda bankka meni nomimdan to’laysiz, lekin mashinani sotolmaysiz, sizga faqat mashina haydash huquqini beramiz" deyapti. Shu holatda mashinaga 2700$ berib qolgan qarzni to’lashga rozi bo’lib mashinani olsa 7% kredit (pulga pul ribo) ga sherik bo’lib riboni sodir etgan bo’lib qolmaydimi?
Topshiriq mazmuni:Shunday vaziyatlarda islom bankida qanday yo’l tutiladi? Ananaviy bank usuli bilan taqqoslagan holda xulosalar shakllantiring.
17-variant
Berilgan vaziyat.Savdo-sotiq va hamkorlikka oid ba’zi masalalar. Murobaha yoki lizing kabi savdo shartnomalari, hamda mudoraba, mushoraka kabi investitsiya shartnomalari o’rtasidagi asosiy farqlardan biri, ko’rsatilgan oldi-sotdi shartnomalarida sotuvchi shartnoma tuzish vaqtida mahsulot narxini va o’z ustamasini (foydasini) bilishi zarur (bu nasiya savdomi yoki naqdmi farqi yo’q).
Investitsiya shartnomalarida esa tomonlar shartnoma tuzish paytida moliyaviy natija qanday bo’lishini aniq bilishmaydi (hisob kitob asosida taxmin qilishadi xolos). Har qanday moliyaviy natija investitsiya shartnomasi to’liq yakuniga etmagunga qadar vaqtincha (oraliq) natija hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham, investitsiya loyihalariga tikilgan sarmoya saqlanib turgan bo’lsagina hamkorlar foydani taqsimlashi mumkin deyiladi islom huquqshunosligida.
Topshiriq mazmuni:Ikki sherik loyihaga $1000 kiritdi. Birinchi yil $400 zarar ko’rildi. Ikkinchi yil $150 foyda ko’rildi, lekin tomonlar bu $150 ni taqsimlasha olmaydi, chunki o’rtadagi mablag’ (1000-400+150=$750) tikilgan mablag’ga ($1000) etmagan. Uchinchi yil $200 foyda ko’rildi. Foyda yana taqsimlanilmaydi chunki bu holatda ham tikilgan sarmoya hali tiklanmadi(1000-400+150+200=950). To’rtinchi yil $250 foyda ko’rildi. Bu holatda tikilgan sarmoya $200 foyda keltirdi (950+250-1000=$200) va shu $200 tomonlar o’rtasida foyda sifatida taqsimlanishi mumkin.Fiqhda foyda taqsimotining ushbu usuli “tandid al-haqiqiy” deb ataladi.
Yuqorida berilgan masaladan foydalangan holda ushbu “tandid al-haqiqiy” usulni tushuntirib bering.

Yüklə 55,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə